O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
22.02.2018

YANGI QADAMLAR, YANGI MARRALAR

Robiya KAZIMOVA, O‘zXDP Buxoro viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi:

— Prezidentimizning 16-17 fevral kunlari viloyatimizga amalga oshirgan tashrifi barchaga kotarinki kayfiyat bagishladi, buxoroliklarni yangi manzillar sari yanada ruhlantirdi.

Aytish kerakki, viloyatimizda har bir sohada ozgarishlar kozga tashlanyapti. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilyapti. Mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmi oshyapti. Transport va servis infratuzilmasi rivojlantirilmoqda, sayyohlar oqimi kopaygani sezilmoqda. Qishloq xojaligida foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solinmoqda, yangi uy-joylar, ijtimoiy obektlar qurilyapti.

Gijduvon tumanida tut bargidan choy tayyorlash loyihasi kopchilikda katta qiziqish uygotdi. Mazkur choy tarkibida kofein va tanin moddasi yoqligi ahamiyatli ekani aytilyapti. Davlatimiz rahbari bu eng samarali loyihalardan biri bolishini, yangi ishlab chiqariladigan choyning noyobligi va inson salomatligi uchun goyat foydali ekanini takidladi.

Loyiha boyicha ishlar boshlab yuborilgan. Mahsulot 2019 yildan eksportga chiqarilishi moljallanmoqda.

Sistanxe va isiriq yetishtirilishi viloyatimizda oziga xos yangilik boldi. Sistanxe osimligining ildizi dorivor hisoblanib, xavfli osma kasalliklarining oldini oladi. Shamollashni ketkizish, immunitetni oshirish xususiyatlariga ega. Bu osimlikdan tayyorlanadigan tibbiy ichimlik, ayniqsa, ayollarimizning sogligi uchun foydali ekan. Yaponiyalik olimlarning takidlashicha, u jenshendan besh barobar samarali hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Qozogiston Markaziy Osiyoda ushbu osimlikni eksport qiluvchi yagona davlat bolib, yiliga xorijga 100-150 tonnagacha mahsulot sotadi. Umuman, bu ancha serdaromad ish. Yangi loyihaga kora, 3 ming gektar yerda shunday osimlik yetishtirish va qayta ishlashni yolga qoyish rejalashtirilgan. Natijada 400 kishining bandligi taminlanadi.

Real hayotga togri keladigan yangi loyihalar amalga oshishiga komaklashish deputatlar, partiyamiz faollariga ham qator vazifalar yuklaydi. «Ozbekiston XDPning eng faol ayoli», Yosh siyosatchi korik-tanlovlari orqali xotin-qizlar hamda yoshlarni yangi loyihalar yaratishga ragbatlantirish ishlarini yanada kuchaytirishga alohida etibor qaratamiz.

Masalan, bu yil Ozbekiston XDPning eng faol ayoli korik-tanlovining viloyat bosqichi golibi qorakol qoyi junini qayta ishlash orqali paypoqlar tayyorlash loyihasini taqdim etdi. Dunyoda tabiiy mahsulotlarga talab yuqori. Demak, ishlab chiqarilishi kozda tutilgan tovar nafaqat ichki bozorimizda, balki xorijda ham oz xaridorlariga ega boladi.

Yosh siyosatchi 2017 korik-tanlovi golibining turizm sohasini rivojlantirishga oid loyihasi ham hayotga tatbiq etilmoqda. Unga kora, yosh memorlarni oqitish yolga qoyildi. Usta memorlar ustoz-shogird ananasi asosida yoshlarga oz hunari sirlarini orgatishmoqda. Koshinsozlik, ganj va yogoch oymakorligi, umuman, 10 yonalishda usta-memorlar tayyorlanadi. Natijada Buxorodagi qadimiy imoratlarni ozimizning yosh ustalar tamirlashi bilan bogliq imkoniyatlar oshiriladi.

Viloyatda turizmni rivojlantirish, yangi innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish, aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash boyicha ozimizning dasturimizni belgilab olib, uni amalga oshirishga kirishdik.

Shu orinda biz buxoroliklarni, juda sevintirayotgan reja haqida alohida aytmasam, bolmaydi. Bu Buxoro viloyatida ichimlik suvi taminoti tizimini rivojlantirish rejasi. Nasib qilsa, 2019 yildan viloyatimizning asosiy qismi ichimlik suvi bilan taminlanadi. Hozirgi korsatkich 51 foiz, xolos. Davlatimiz rahbari suv masalasi bilan bogliq loyihalarni imkon qadar qisqa muddatlarda, lekin sifatli bajarish kerakligini uqtirdi.

Bugun viloyatimizda amalga oshirilayotgan bu islohotlar odamlarni nihoyatda mamnun etmoqda.

Zilola UBAYDULLAYEVA

yozib oldi.



DB query error.
Please try later.