O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
01.02.2018

OZBEKISTONNING INNOVATSION TARAQQIYOT DASTURI

Qalandar ABDURAHMONOV, Akademik:

— Mamlakatimizda hozirgi vaqtda deyarli har kuni ulkan yangilik va o‘zgarishlar sodir bolmoqda. Bu, oz navbatida, taraqqiyotimiz sur’atlari naqadar tezlashib, ularning natijadorligi ortib borayotganini korsatadi. Eng muhimi, bunday keng kolamli islohot va yangilanishlar aniq maqsadga mamlakatimiz rivojini yangi bosqichga olib chiqish, xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgani bilan beqiyos ahamiyatga egadir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2018 yil mamlakatimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili, deb elon qilindi hamda bu boradagi strategik maqsad va vazifalar aniq belgilab olindi. Davlatimiz rahbarining shu yil 22 yanvarda qabul qilingan ?017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga doir Davlat dasturi togrisidagi farmoni bilan 2018 yilga moljallangan davlat dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dasturning mano-mazmuni bilan tanishar ekanmiz, avvalo u hayotimizning barcha sohalarini yangi goyalar, tub demokratik ozgarishlar asosida yangi bosqichga kotarishga qaratilgan, tom manoda innovatsion taraqqiyot dasturi ekaniga ishonch hosil qilamiz. Aholi ortasida keng muhokama qilinib, ulardan tushgan 4 ming 400 taklif va mulohazalar asosida qayta ishlanib, takomillashtirilgan mazkur dastur 5 bolimdan iborat. Yil davomida dastur doirasida 37 qonun, 142 normativ-huquqiy hujjat qabul qilish, turli sohalarni qamrab oladigan 52 amaliy chora-tadbirni amalga oshirish kozda tutilmoqda.

Ana shu chora-tadbirlar yurtimizda yashayotgan oddiy insonlar, tadbirkorlar, boshqa soha vakillari uchun shu qadar ulkan ahamiyatga egaki, ularni tom manoda tarixiy ahamiyatga ega ozgarishlar, deyish mumkin. Masalan, vaqtincha yoki doimiy propiskasi bolmagan yoxud turarjoyi boyicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga olishga oid taqiq bekor qilinishi kozda tutilayotgani bu qancha-qancha odamlar, ayniqsa, yoshlarning yurak dardi, orzusi edi. Ushbu norma fuqarolarimizga mamlakatimizning istalgan hududida, ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishga joylashishda hech qanday cheklovlarsiz oz salohiyatini royobga chiqarish imkonini berishi farmon sharhida alohida takidlangan.

Aytish kerakki, bunday ozgarish ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-manaviy jihatdan har bir vatandoshimizga juda katta imkoniyatlar beradi.

Birinchidan, mamlakatimizning butun hududi boylab ishchi kuchining erkin harakatlanishi, mehnat bozorida barcha fuqarolarimiz uchun teng imkoniyatlar taminlanib, ularning qayerdan kelgani va qayerda hisobda turishi emas, balki professional malakasi, mehnatga layoqati, ish tajribasi kabi muhim korsatkichlar yetakchi oringa chiqadi.

Yashirishning hojati yoq, ilgari ana shunday erkin harakatlanish imkoniyatining yoqligi tufayli istedodli, bilimli va malakali kadrlar viloyatlarda, qishloqlarda qolib ketar edi. Ular poytaxtga kelib, bu yerdagi mehnatga, professional malaka va tajribaga yuksak talablar qoyiladigan va shunga yarasha ish, faoliyat taklif etiladigan muhitda ozini namoyon qila olmas, zamonaviy kadr sifatida shakllana olmas edi. Albatta, zamonaviy kadr, oz ishining haqiqiy ustasi, professional kasb egasi bolmasdan turib yetuk shaxs bolishi, hayotda oz ornini topishi qiyin. Bu isbot talab qilmaydigan haqiqat.

Ikkinchidan, shaxsning yashash va mehnat qilish imkoniyatlari faqat malum bir hudud doirasida cheklab qoyilishi yurtdoshlarimizning viloyatdan poytaxtga kelganida ozini tolaqonli erkin fuqaro deb his etishiga xalaqit berar edi. Erkin va ozod hayotning eng muhim sharti bolgan mamlakatimizning xohlagan hududiga borib erkin ishlash va yashash huquqini amalga oshirish imkoniyatlari cheklangan edi. Shu manoda, Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida amalga oshirishga doir Davlat dasturida belgilangan mazkur ozgarishlar har bir fuqaro hayotida, hech shubhasiz, yangi davrni boshlab beradi. Fuqarolar hayotidagi yangi davr bu butun mamlakat hayotidagi yangi davr ekanini tushunish albatta qiyin emas.

Dasturning uchinchi yonalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qollab-quvvatlashga bagishlangan bolimda belgilangan chora-tadbirlar zamonga hamohangligi, mano-mazmuni, kolami va miqyosi bilan kishini yanada hayratga soladi. Men iqtisodchi olim sifatida uzoq yillardan buyon iqtisodiyot ilmi bilan shugullanib, bu sohadagi yangiliklarni kuzatib, tahlil qilib kelaman. Prezidentimizning mazkur farmoni va Dasturning mano-mazmuni bilan tanishib chiqqach, ozimizda, xorijda nashr etilgan qomusiy kitoblarni bir-bir varaqlab, Internet malumotlaridan foydalanib, kopgina tushuncha, atama va iboralar boyicha oz bilim va tasavvurlarimni yangilash, toldirishga togri keldi. Chunki bu noyob tarixiy hujjatlar farmon va Dasturda zamonaviy iqtisodiyotga xos eng songgi yangiliklar, innovatsion hodisa va jarayonlar har tomonlama hisobga olingan. Bularning barchasi bizdan ularning mohiyatiga chuqur kirib borish uchun oz bilim va tasavvurimizni muttasil oshirib borishni talab etadi.

Dasturda oz aksini topgan venchur fondlar, venchur moliyalashtirish, startap loyihalar, raqamli banking, internet banking kabi iboralar izohi mustaqillik yillarida chop etilgan Ozbekiston milliy ensiklopediyasida ham, bundan 10-15 yillar oldin Rossiyada chiqarilgan Novy ensiklopedicheskiy slovar kabi nufuzli nashrlarda ham uchramaydi. Bu mamlakatimiz oz taraqqiyotida qanchalik shiddat bilan ilgarilab borayotganidan dalolat beradi. Yani bundan 10-15 yil oldingi tasavvur va qarashlar, ular haqidagi manbalar ham bugungi zamon, taraqqiyot talablariga javob berolmasdan qolmoqda. Buni inkor etib bolmaydi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda turli jabhalarda faol qollanayotgan, biz uchun mutlaqo yangi ijtimoiy hodisa bolgan innovatsion taraqqiyot bilan bogliq yangi-yangi tushunchalar, ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar hayotimizga jadal kirib kelmoqda. Venchur fondlar ham shular jumlasidandir. Bunda tadbirkorlar, biznes tuzilmalari hissadorlik asosida, tavakkal qilib istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda oz mablaglari bilan ishtirok etadi. Startap loyihalarda esa yaxshi biznes goyani amalga oshirishni boshlash uchun boshqalarni jalb etish, qiziqtirish muhim orin tutadi. Dasturda ana shunday innovatsion yangiliklarni amalga oshirish boyicha ragbatlantiruvchi mexanizmlar, soliq imtiyozlari joriy etish kozda tutilayotgani iqtisodiyotimizda ilgor goyalar, smart texnologiyalar va nau-xaularga asoslangan innovatsion taraqqiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich otish imkonini beradi.

Malumki, hozirgi taraqqiyot davrida tadbirkorlik va turizm sohasi iqtisodiyotning eng muhim va istiqbolli tarmoqlariga aylanib bormoqda. Prezidentimiz farmoni asosida tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xojalik faoliyatini tekshirish boyicha ikki yil muddatga moratoriy elon qilingani bu ham inqilobiy bir ozgarishdir.

Shu vaqtga qadar tadbirkorlar oz ishini qanday rivojlantirish, qanday yangiliklarni joriy etish, jamiyatga qanday foyda keltirish kabi eng muhim masalalar bilan shugullanmasdan, ularning asosiy vaqti, asabi va kuch-gayrati boshqa narsalarga ketardi. Ular turli nazorat va tekshiruvchi organlarga hisobot berish, bu tuzilmalar vakillari koziga yomon korinmaslikka bor kuchini sarflar, ana shunday ishlar, sansalorliklar tufayli ovorayu sarson bolib holdan toyar, oz ishiga havasi va ishtiyoqi sonar edi. Ana endi biznes tuzilmalar oz faoliyatini qanday qilib innovatsion asosda tashkil etish, rivojlantirish, ilm-fan yutuqlarini joriy qilib, oz mahsuloti, xizmatlari sifatini oshirish haqida oylash, ortiqcha mablagini shunday maqsadlarga sarflash boyicha juda katta imkoniyatlarga ega bolmoqda.

Umuman, dasturning qaysi bir yonalishi yoki bandini olib qaramaylik, ularning barchasida zamonaviy innovatsion yangilik va texnologiyalarni qollash bosh goya bolib turganini koramiz. Dastur doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 13,5 trillion som va 1,3 milliard AQSh dollari yonaltirish nazarda tutilmoqda. Yani shuncha mablag yorug kelajagimiz bolgan innovatsion rivojlanish uchun sarflanmoqda.

Dunyo iqtisodchilarining Eng yaxshi sarmoya kelajakka qoyilgan sarmoya degan, amalda koplab misollarda oz tasdigini topib kelayotgan hikmatli sozi bor. Bugungi kunda mamlakatimiz shunday keng kolamli dastur asosida butun kuch va imkoniyatlarini buyuk kelajagimiz yolida safarbar etayotgan ekan, bu jarayonda faol ishtirok etish, innovatsion fikrlash, innovatsion tashabbus va harakatlar bilan uni yanada mazmunli qilish va toliq amalga oshirish uchun munosib hissa qoshish barchamizning fuqarolik burchimizdir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: