O'zb  
 
01.02.2018

DEPUTATLARNING SOROVI XALQ SOROVI

ayrim mutasaddilar bu haqiqatni tushunib yetishi qiyin bo‘lyapti

Abdulhamid NURMATOV, Ozbekiston XDP Andijon viloyat kengashi raisi, viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari:

— Siyosiy partiyaning asosiy kuchi mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlaridir. Ular faoliyatini kuchaytirish hududlardagi ijtimoiy masalalarni kompleks organish va hal etish, mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, hududiy dasturlarning bajarilishi hamda byudjetdan ijtimoiy sohaga ajratiladigan mablaglardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlami manfaati bilan bevosita bogliq.

Qonunchiligimizda deputat muayyan masalada mutasaddi tashkilotlarga sorov yuborish, ijro hokimiyati faoliyati ustidan nazorat ornatish, aniqlangan masalani xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyasida korib chiqish uchun taklif kiritish va boshqa huquqlarga ega ekani belgilangan. Togri, berilgan huquq va vakolatlar keng, lekin ulardan samarali foydalanish oziga xos murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki bu faqat deputat faolligi yoki partiya tashkilotining intilishiga bogliq emas.

Misol uchun, deputat qandaydir masala yuzasidan nazorat ornatdi, uning kelib chiqish sabablarini organdi, deylik. Shundan song muammoga bevosita aloqador va masul bolgan tegishli tashkilotlarga sorov yuboradi. Bu bilan albatta masala hal bolib qolmaydi. Sorov yuborish natijasida masala bosqichma-bosqich hal bolsa koshkiydi, mutasaddi tashkilot rahbarining deputat yuborgan sorovga javobi ustidan ham deputatlik nazoratini ornatish talab etiladi. Bu ozing yuborgan sorovning ortidan ozing yugurib yuraver, deyish bilan barobar.

Haligacha ayrim mutasaddi tashkilotlar deputat soroviga vaqtida javob bermayapti. Javob bergan taqdirda ham, boldi, deputatning soroviga javobni berdik, masala yechildi qabilida ish korilmoqda. Menimcha, bu borada kerakli tushuntirish-targibot tadbirlarini tashkil etib borish maqsadga muvofiq boladi.

Hududiy dasturlar ijrosini sessiyalarda muhokama qilish boyicha partiya guruhlarining tashabbuslari ayrim joylarda beetibor qoldirilyapti. Bu esa partiya guruhlarining ijtimoiy masalalarni hal qilishdagi ishtiroki va deputatlik nazorati kuchayishiga salbiy tasir korsatmoqda.

Demak, avvalo, mahalliy ijro hokimiyati tuzilmalari va mutasaddi rahbarlarning deputatlar oldidagi masuliyatini oshirish lozim. Deputatlarning qonuniy sorovlariga loqayd munosabatda bolgan mansabdorlarga nisbatan albatta qonuniy choralar korish kerak.

Ayni kunlarda xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashida partiyamizdan saylangan 13, shahar va tuman Kengashlarida esa 148 nafar deputat faoliyat korsatmoqda. Aytish kerakki, hokimiyat vakillik organlaridagi deputatlarimiz partiyamiz dasturiy maqsadlari hamda vazifalarini amalga oshirishda faollik va tashabbuskorlik korsatishmoqda.

Masalan, 2017 yilda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashidagi partiyamiz deputatlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga 705 ta deputatlik sorovi bilan chiqishgan. Natijada yuborilgan sorovlarning 512 tasiga ijobiy javob olinib, elektorat manfaatlariga daxldor katta-kichik muammolarni joylarda hal etishga erishildi. Qolgan masalalar deputatlarimizning nazoratida.

Misol uchun, Andijon shahridagi «X-OYGUL» masuliyati cheklangan jamiyati bir necha bor murojaat qilishiga qaramasdan tabiiy gaz tarmogiga ulanmagan. Natijada ushbu muammo tadbirkor qol-oyogiga kishan bolib, u oz faoliyatini boshlay olmayotgan edi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi ushbu masalani atroflicha organib, Vodiygaztaminot unitar korxonasi Andijon shahar filiali rahbari nomiga deputatlik sorovi kiritdik. Ushbu masala qatiy nazoratga olindi. Bugunga kelib korxona gaz tarmogiga ulandi hamda oz faoliyatini boshladi. Eng asosiysi, birgina shu muammoning hal etilishi 173 yangi ish orni yaratish imkonini berdi.

Aholining muammolarini organishda joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oltinkol tumanidagi qabullar davomida tumandagi 14-umumtalim maktabi holati, u yerdagi talim-tarbiya sifati organildi. Natijada maktabning informatika xonasida birorta komputer yoqligi aniqlandi.

Tasavvur qiling, maktabda komputer bolmasa, oquvchi informatsion texnologiyalarni, komputer savodxonligini qayerdan organadi?.. Partiyamiz guruhi tomonidan deputatlik sorovi tayyorlanib, viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligiga yuborildi. Biz kiritgan sorovga hadeganda javob bolavermadi. Shundan song ozimiz yuborgan sorovning ijrosi boyicha deputatlik nazoratini ornatdik va oradan ikki oy otgach, maktabning informatika xonasi yangi komputerlar bilan jihozlandi.

Andijon shahrining Paxtakor mahallasi, Mevazor, Paxtakor hamda A.Yuldashev nomli kochalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarining murojaati Andijon shahar Kengashi deputati I.Aminov tomonidan organib chiqildi. Mahalla aholisi kochaning ozboshimchalik bilan tosib olingani sababli 2 kilometr masofa orniga on kilometrdan koproq yolni aylanib otishiga togri kelgan. Tegishli tashkilot rahbarlarining ushbu masalaga befarqligi odamlarning yillar davomida qiynalishiga sabab bolgan. Ushbu holat yuzasidan deputat Andijon shahar hokimi nomiga sorov yubordi.

Hokimiyat vakillari tezda holatni organib chiqdi. Haqiqatda kocha noqonuniy ravishda tosib olingani aniqlandi va tegishli choralar korildi. Kochaning ochilishidan tez tibbiy yordam, yonginga qarshi kurashish xizmati xodimlari hamda shaxsiy transport vositalari egalari ham minnatdor boldilar. Bu kabi misollarni koplab keltirish mumkin.

Ammo afsuski, ayrim rahbarlar deputat xalqning vakili ekani, u kopchilikning manfaatini oylab murojaat qilishini tushuna olmayaptilar. Natijada yuborilgan sorovlarda kotarilgan muammolar hal etilmasdan, aholining haqli etiroziga sabab bolmoqda, bu vazifasini bajarishga harakat qilayotgan deputatlarning obrosiga salbiy tasir etmoqda. Ushbu masalada qonunchilikda yol-yoriqlar belgilab berilgan bolsada, deputatlarimiz ulardan foydalanishga shoshmayaptilar. Masalan, qonunga muvofiq, deputatlik soroviga belgilangan muddat va tartibda javob bermagan mansabdor shaxsni deputatlik guruhi yoki doimiy komissiya yigilishida ham muhokama qilish mumkin, lekin amaliyotda ushbu tartib negadir qollanilmayapti.

Prezidentimiz Deputatga bepisandlik xalqqa bepisandlik deb baholanishi shart. Xalqni hurmat qilmagan, deputatlik vakolatini amalga oshirishga tosqinlik qilgan har qanday mansabdor shaxs qonun oldida javob beradi, degan edi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham ushbu masalaga alohida toxtalib otdi. Xususan, joylardagi xalq deputatlari Kengashlarining roli va vakolatini kuchaytirish masalasi haqida gapirib, hozirgi kunda mahalliy hokimliklar ayni paytda ham ijro etuvchi, ham vakillik organi rahbari hisoblanishi, yani Kengashlarga ham ozlari rahbarlik qilishi, bu oz navbatida ularning faoliyatini samarali nazorat qilishga tosqinlik qilayotgani takidlandi. Shundan kelib chiqib, joriy yilga moljallangan Davlat dasturida xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishni kuchaytirish bilan bogliq vazifalar belgilandi.

Murojaatning katta-kichigi bolmaydi, kelib chiqish sababi topilsa, har qanday muammoga albatta yechim topiladi. Faqat astoydil harakat va masuliyat bolsa, bas. Ayni shu masuliyatni anglash esa ozimizga bogliq.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: