O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
18.01.2018

MAXSUS MAKTAB-INTERNATDAGI SHAROITDAN KONGIL TOLADIMI?

Mamlakatimizda yosh avlodning zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar o‘rganishi uchun barcha sharoit yaratib berilmoqda. Shahar va qishloqlarda har tomonlama qulay talim muassasalari bunyod etilib, mavjudlari tegishli dasturlar asosida kapital va joriy tamirlanayotir. Oquv va laboratoriya qurollari, komputer va mebel jihozlari bilan taminlash ham muammo emas. Gap ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, oqish sifati va samaradorligini oshirishda.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 63-maxsus yordamchi maktab-internatida ham bolalar uchun davlatimiz tomonidan zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Viloyat xalq talimi boshqarmasiga qarashli ushbu talim muassasasida bugungi kunda 297 nafar oquvchi tahsil olayotir. Ularga 106 nafar oqituvchi va tarbiyachi saboq beradi.

Muassasa rahbari M.Saidmurodovning aytishicha, dastur asosida 2013 yilda maktab yotoqxonasi tamirlanib, oquvchilar uchun zamonaviy qulayliklar yaratilgan. Tabiiy gaz va komir bilan isitishga moljallangan qozonxona ornatilgan. Gaz bosimi pasayganda komirdan foydalanilar ekan. Otgan yili esa 1 milliard 200 million som mablag sarflanib, oquv binosi va sport zali kapital tamirlangan. Bino isitish tizimi yangilangan. Joriy mavsum uchun maktabga 69 tonna komir ajratilgan. Lekin ayrim sinflarda oqituvchi va oquvchilar paltoda otirgani binoning yetarli darajada isitilmayotganini korsatadi.

Maktab hovlisida tashkil etilgan ikkita issiqxonada bugungi kunda kokat va limon parvarishlanayotgani etiborga loyiq, albatta. Ammo ana shu katta hovlidagi bolalar maydonchalari va sport maydonlarining qarovsizligi, manan eskirgan qurilmalardan foydalanilayotgani tushunarsiz. Yotoqxona binosi oldidagi bolalar maydonchasidagi otirgich va oyin qurilmalari allaqachon yaroqsiz holga kelib qolgan. Yolaklar chetidagi panjaralarga bolalarning yuvilgan kiyim-kechaklari ilib qoyilganini korib, nahotki muassasada kirxona bolmasa, degan savol otdi konglimizdan. Kirxona bor ekan, buning ustiga zamonaviy yuvish, quritish, dazmollash uskunalari ham ornatilgan. Shunday imkoniyat bolaturib, nega kir tashqarida quritilmoqda, degan savolimizga kirxona bekalari «bu tarbiyachilarning ishi-da» deb javob berishdi.

Hovlidagi hojatxona antisanitariya holatida bolishi barobarida, bolalarning yuz-qol yuvishiga moljallangan vositalar ham otgan asrdan meros qolgan eskicha usulda — suv quvuri bir necha joyidan teshib qoyilgan, xolos. Eng yomoni, maktab hududidagi nechta suv jomragini korgan bolsak, barchasidan toza ichimlik suvi oqib yotgan edi. Maktab uchun alohida artezian qudugi mavjud va ichimlik suvidan muammo yoq. Lekin bu ushbu aziz nematni isrof qilish kerak, degani emas-ku?!

Muassasa xodimlari yotoqxonada har tomonlama qulay hojatxona, yuvinish xonalari borligini aytishdi va qulflangan bu xonalarni ochib korsatishdi. Haqiqatdan ham, suv isitish vositalari ornatilgan. Lekin ulardan qachon foydalaniladi, yuz-qol yuvishga moljallangan bitta nuqtadan (unda ham issiq suv yoq) bir vaqtda nechta bola foydalana oladi bunisi bizga qoronguligicha qoldi

Yotoqxonalarda divanlar qoyilgan. Ammo bu yerda kiyim-kechak, shaxsiy gigiyena vositalarini saqlash imkoniyati yoq. Macullar bu vositalar har bir guruhning ishchi xonasida saqlanishini aytishdi. Lekin biz korgan bitta ishchi xonada ham kiyim-kechak saqlash uchun shkaf, amalda foydalanilayotgan shaxsiy gigiyena ashyolari toliq emas edi. Boshqa ishchi xonalar kaliti tarbiyachilarda ekani sababli ularni korishning imkoni bolmadi.

Ogil bolalarga moljallangan uchinchi qavatda birorta ham ishchi xona yoq. Bundan shunday xulosa chiqadiki, bu qavatda turadigan oquvchilar sochigi, sovun yoki tish pastasini olish uchun birinchi yoki ikkinchi qavatga tushishi kerak.

Oshxonaga kirishda oquvchilar kiyimini yechib qoyishlari uchun shkaf yoki ilgichlar yoq. Bu yerda ham qol yuvish vositalari mavjud, ammo ulardan yaqin orada foydalanilmagani shundoq korinib turibdi.

Oquvchilar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun muassasada ikki shifokor va ikki hamshira faoliyat korsatar ekan. Biz muassasada bolganimizda, afsuski, bir nafar hamshiradan boshqa hech kim yoq edi.

Korganlarimiz, eshitganlarimizdan shunday xulosa qilish mumkin: maktabda oquvchilarning talim-tarbiya olishi uchun davlat tomonidan nimaiki zarur bolsa, yaratilgan. Lekin, muassasa jamoasi-chi? Shunga munosibmi?! Ochigi, bu savolga tasdiq javobini berish qiyin. Shunday ekan, jamoa ham zamon talabi darajasida ishlashi, yangilikka intilishi, tashabbus korsatishi va eng muhimi, oquvchilarni oz farzandidek korishi lozim. Inson oz farzandiga faqat yaxshilikni, qulaylik yaratishni istaydi, uning kelajagini oylaydi-da.

Golib HASANOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.