O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
09.01.2018

MAHALLIY KENGASHLAR DEPUTATLARINING UYQUSI QATTIQMI?..

Turli tadbirlar va davralarda deputatlar ko‘pincha torga otkaziladi. Xalqimiz shu yol bilan oz vakillariga ehtiromini korsatadi. Odamlar deputatni avvalo ma’naviyatli, salohiyatli, adolatli va fidoyi inson sifatida ezozlaydi. Uning soziga ham, vadasiga ham tez ishonadi. Ammo sessiya va yigilishlarda boshashib, loqayd bolib otirgan, muammolarni, adolatsizlikni kora-bila turib, «hammasi joy-joyida», deb qol kotaradigan deputat esa hurmat-etiborni oqlamagan, ozini ham, ozgalarni ham aldagan boladi, oqibatda etibordan qoladi.

Songgi vaqtlarda davlat rahbari kimga koproq murojaat qilyapti? Demokratiya uchun, xalqimizning dunyodagi izzat-hurmati uchun, ertamiz uchun, bolalarimiz uchun kurashishga tayyormisizlar, deb kimdan sorayapti?.. Deputatlar, xalq vakillari bu masuliyatli va tarixiy savollarga javob berishga tayyormi?..

Davlat va jamiyat hayoti shundayki, deputatlar kotarmagan yukni boshqa birov kotara olmaydi. Xalq vakilining vijdoni uygonmas, dunyoqarashi kengaymas ekan, oddiy odamlar, shifoxonadagi bemorlar, bogchalardagi godaklar adolatsizlikdan qiynalaveradi, hududlar byudjeti ozib-tozib, korrupsiya va byurokratiyaning vazni oshaveradi, inson haq-huquqi aziyat chekaveradi, amaldorlarning qalbi toshday qotib qoladi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar uygoqligi hayotimizda qanchalik muhim orin tutishi oddiy tilda, aniq-ravshan ifodalab berildi: Deputatlar uygonishi kerak. Deputatlar uygonmasa, jamiyatimizda muvozanat bolmaydi hech qachon... Muvozanat bolmagan joyda manfaat tarozisining pallasi goh u yonga, gohida bu yonga ogib ketaveradi. Taraqqiyot toshini qanchalik aylantirmang, xalqqa, mamlakatga, oddiy odamlarga manfaati kam bolgan yoki umuman foydasi bolmagan tomoni tushaveradi. Bunga yol qoyib berish xalqqa xiyonat qilish, shaytonning malayiga aylanish bilan barobar.

Shuning uchun deputatlarga qayta-qayta murojaat qilinayotgani shunchaki gap kelganda aytib otib ketilgan gaplar emas. Agar shunday bolsa, qonunlar, farmon va qarorlarda hududlarni rivojlantirish, muammolarni bartaraf etish, taklif-tashabbuslar bilan chiqish, eskicha fikrlab, man-manlikka berilgan rahbarlarning dunyoqarashini ozgartirish, kerak hollarda tasir choralarini qollash boyicha mahalliy Kengash deputatlariga real huquq va imkoniyatlar berilmas edi.

Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident farmoniga kora, hududlarning byudjet parametrlarini tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish boyicha deputatlarning roli oshirildi.

Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar togrisidagi Prezident qaroriga muvofiq, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlari majlislarida har chorakda hududiy sektorlar rahbarlarining hisobotlari (har bir hududga biriktirilgan respublika darajasidagi masul mansabdor shaxslar, parlament deputatlari va senatorlar ishtirokida) eshitilishi belgilandi.

Qonunga muvofiq, mahalliy Kengash Ichki ishlar vazirligi hududiy bolinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish masalasini belgilash vakolatiga ega.

Mahalliy Kengashlarga berilgan vakolatlar haqida yana koplab misollar keltirish mumkin. Lekin asosiy gap vakolatlarning kop yoki kamligida emas, ulardan kim qanday foydalanishiga borib taqalaveradi.

Sessiyaga, masalan, IIB boshligini chaqirib, aniq faktlar bilan muammolarni korsatib, ularni hal etish yollarini birgalikda izlaydimi yoki hisobot oqilayotganda yelkasini qisib otirib, oxirida Bagdodda hamma yoq tinch, degan mazmundagi qarorni chapak chalib maqullaydimi, buni deputatlarning ozlari hal qiladi. Maqullash yoki taklif berish, qol kotarish yoki kotarmaslik deputatlarning ustuvor huquqi. Qanday paytda qolni baland kotarib, qanday masalada taklif berish, sessiyani nomiga otkazib, ozimizni ozimiz behurmat qilmaylik, farzandlarimizning kelajagi haqqi vijdonan qaror qabul qilaylik, deyish yoki demaslik deputatning salohiyatiga, dunyoqarashiga, manaviyatiga, umuman, kurashishga tayyor yoxud tayyor emasligiga bogliq boladi. Kim qiladi bu ishlarni?.. Yuragi yongan odam qiladi, Vatanini sevgan odam qiladi. Bu sozlarni tushungan, tushunib, ozgina bolsa ham qiynalgan deputat qolini emas, idrokini, vijdonini koproq ishlatadi.

Kopchiligimizda kim biladi qaysi zamonlardan qolib ketgan bir yomon odat bor. Jamoa rahbari ishlarimizni tanqid qilsa, jon kuydirib vazifa qoysa, diqqat bilan eshitayotgandek bolib korinishni, xulosa qilamiz, bajaramiz, deb jiddiy turishni qoyillatamiz. Lekin amaliy harakatga kelganda, shashtimiz pasayib, harakatlarimiz susayib qoladi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatida kopincha shunday holat kuzatilayotganga oxshaydi. Kengashlar uchun qoyilgan maqsadlar bilan deputatlarning ishtiyoqi ortasida tafovut kattaroqdek tuyulmoqda. Ayrim deputatlar prokuror, ichki ishlar bolimi, soliq inspeksiyasi boshligidan hisob sorab, ularning kamchiliklarini haqiqatda tanqid qilish mumkinligiga ishonqiramay qarayotgandek.

Lekin bunday kayfiyat va shubhalarga aslo orin ham, asos ham yoq. Shoshma-shosharlik bilan tayyorlanayotgan, xalqning birini ikki qilmasdan, katta-katta mablaglarni qumga tushgan tomchiday yoqotayotgan absurd loyihalarni imkon boricha yoqotish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy mustaqilligini taminlash, mahalliy byudjetlarga jon kiritish, shifoxonadagi choyshablarni almashtirish uchun markazdan pul kutishdek eski kasallikka chek qoyish boyicha qilinayotgan ishlar haqida fikrlagan odam buni tez tushunadi.

Boshqaruvning ota markazlashuviga barham berish byurokratiya va korrupsiyaning eng yogon tomiriga bolta urish ekanini tushungan deputat hududning taqdiri oziga oxshagan deputatlarga bogliqligini his qiladi. Harakatlar strategiyasini, Mamuriy islohotlar konsepsiyasini tushunib, yuragidan otkazib oqigan deputat fikr aytishdan, taklif bildirishdan, shirin jonni koyitishdan begonalarga emas, oz hududidagi qiynalgan odamlarga, yaqinlariga, bolalariga foyda ekanini biladi.

Rahbarning kongli emas, xalqning mehri odamni baxtiyor qiladi. Rahbarning roziligi emas, xalqning duosi asraydi. Deputat bilan hudud rahbari bir-birining kongliga qarab ish tutsa, yigilishlarda umumiy, rasmiy gaplarni kanda qilmasa, ahvol ogirlashadi. Davlat boshqaruvida muvozanat buziladi, murosasozlik boshlanadi. Mahalliy Kengash deputati ijro hokimiyati mutasaddilariga ozi organgan, kozi bilan korgan holatlar, kamchiliklar haqida ochiq-oydin gapirmasa, na tanqid, na bir joyali taklif aytmasa, hokim uning fikrlarini hurmat qilmasa, ozim bilaman, ozim hal qilaman, deb xato oylasa, sessiya ham, vaqt ham behuda otgan bolib qoladi.

Deputatlar vijdonan ishlamagan joyda hokimiyatning ozi hammasini qoyil qilib qoyolmaydi. Yangicha fikrlaydigan hokimlar buni yaxshi tushunadi. Kopdan kop fikr chiqadi, eng maqbul qaror jamoatchilik bilan, uning qonuniy vakillari bilan kengashib qabul qilinadi. Shunda xato kam boladi, qarorlar muammolarni hal etish, odamlarni rozi qilishga xizmat qiladi. Dunyoning barcha rivojlangan demokratik davlatlarida shunday. Busiz demokratiyani hurmat qiladigan hokimiyatni, xalq manfaatlarini himoya qiladigan vakillik hokimiyatini shakllantirib bolmaydi.

Ayrim hududiy telekanallarda, ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy Kengashlar sessiyalarida yozib olingan tasvirlarga kozimiz tusha boshlagani katta yutuq. Deputatlar, mahalliy rahbarlar jamoatchilik nazarida turganini his qilsa, qaysi qaror qanday muhokama bilan qabul qilinganini odamlar bilsa, sessiyalar ancha demokratik tarzda ota boshlashi aniq. Bundan hokimga ham, deputatga ham, mahalliy rahbarga ham, fuqaroga ham katta foyda keladi.

Bazida tuman, shahar Kengashi sessiyalarida gapirayotgan ayrim IIB, soliq inspeksiyasi, prokuratura mutasaddilarining fikrlash tarzi, dunyoqarashi odamni lol qoldiradi. Ayrimlari hatto xatolarimiz kop, xulosa chiqarib olamiz, degan oddiy gapni ham eplab gapirolmaydi. Lekin kocha-koyda, oz idorasida muammo bilan borgan odamlarga osmondan keladi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning hududiy bolinmalarida shunday mutasaddilar borki, demokratik jamiyatda hammaning huquqi teng, degan gapni eshitsa, ozga sayyoralikni korganday ajablanadi. Bunday kishilar demokratik tartib-taomillarni tushunib yetishi uchun joylardagi sessiyalar sokin otmasdan, muhokamalardan, munozaralardan chang chiqishi kerak. Bu dunyoga hamma yashash uchun, yaxshi hayot uchun kelishini tushuntirish, fikrlashda zamondan orqada qolayotgan rahbarlarni marifatga undash, ularning kozini ochish mahalliy Kengash deputatlari masuliyatidagi vazifadir. Huquq-tartibot idoralari bolinmalari mahalliy Kengashlar oldida hisobdor ekanida ham chuqur mano bor.

Hokimlar, hududiy rahbarlar qachon oz ustida ishlaydi? Qachon fuqaroni hurmat qilishni organadi, qachon manaviyati, madaniyati, odob-etibori bilan jamoatchilikka ornak boladi?.. Sessiyalarda otirib, deputatlarning erkin fikrlari, achchiq haqiqatlarni eshitgan, har bir harakati el nazarida turganini his qilgan, adolatsizlik qilsa, odamlar undan yuz ogirishini bilgan rahbarlar boshqacha masuliyatli boladi. Hududlarda bunday soglom, demokratik muhitni birinchi navbatda kim yuzaga keltira oladi?.. Albatta, deputatlar, lekin deputatlik nishonini nomiga taqib yurganlar, qattiq uyquga ketganlar yoki ikkilanayotganlar emas, yuragi yongan, Vatanini, bola-chaqasini sevgan deputatlar.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: