O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
09.01.2018

OZIMNI OTAMNING BAGRIDAGIDAY HIS QILDIM

Davlatimiz rahbari hududlarga tashrifi davomida har gal oddiy odamlar bilan muloqot qiladi, ularning turmush sharoiti bilan qiziqadi, qiynayotgan tashvish va muammolariga alohida e’tibor qaratadi.

Joriy yil 5 yanvar kuni Toshkent viloyatiga qilgan navbatdagi tashrifi chog‘ida ham Prezidentimiz hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi. Yangiyol shahrida joylashgan «Fayzli» mahalla fuqarolar yiginidagi kop qavatli uylarda yashovchi aholi bilan muloqot ham samimiy ruhda otdi. Uchrashuv mahalla ahliga bir olam zavq bagishlash bilan birga, ularni tolqinlantirib yubordi, hayotga, ertangi kunga ishonchini mustahkamladi.

— Har bir ona farzandining sog-salomat ulgayishini, zamonaviy talim olib, qaysi sohani egallamasin, jimiyatga kerakli shaxs bolib kamolga yetishini istaydi, shundagina ozini baxtli his qiladi, deydi uy bekasi Gulnora Ismoilova. Yurtimizda istedodli yoshlar har tomonlama qollab-quvvatlanib, ularning oz qobiliyat va salohiyatini yuzaga chiqarishga doimiy etibor qaratilmoqda. Uzoqqa bormaylik, oz hayotim misolida ayta qolay. Qarang, turmush tashvishlari bilan bolib, oglimning darslarni qanday ozlashtirayotganiga etibor qilmabman, sportga, ayniqsa, futbolga qiziqishini bolalik shoxligiga yoyibman. Maktabdagi jismoniy tarbiya oqituvchisi Oglingiz Komiljon mashgulotlarda faol qatnashadi. Uning top bilan qiladigan turli harakatlarini bir korsangiz, kozingiz quvonadi. Oz ustida ishlab charchamaydi. Kelgusida mahoratli futbolchi bolishi uchun maxsus futbol maktabiga berish zarur, degan maslahatidan song oylanib qoldim. Keyin bir necha bor soha mutaxassislariga murojaat qildim. Biroq bazi masalalar tufayli ijobiy hal bolmay kelayotgandi. Bugun davlatimiz rahbari ozlari bizning oldimizga kelib, muammolarimizni tingladi, jumladan, oglim bilan bogliq meni qiynayotgan masalani bir pasda ijobiy hal etib berdi. Bundan juda xursandman, hozir terimga sigmay ketyapman. Ishongim kelmaydi, menday oddiy bir fuqaroni davlat rahbari shaxsan tinglasa-yu, muammosi yechimini topib bersa!? Ogilginam Bunyodkor bolalar va osmirlar futbol maktabiga qabul qilindi. Ishonmassiz, men hozir osmondaman, yettinchi osmonda! Komiljonimning xursandchiligini korsangiz, fuqaroparvar shunday Prezidentni yetkazganiga behisob shukronalar aytasiz. Kechalari topni quchoqlab uxlayapti. Nasib qilsa, hali zor futbolchi boladi, Prezidentimizning ishonchini oqlaydi.

Mamlakatimizda yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolarni oz vaqtida hal etish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda, deydi yosh tadbirkor Aziza Orifboyeva. Dadam vafot etgach, rozgor yumushlarini yolgiz ozi qilayotgan onamga oson bolmadi. Kollejni 2016 yilda tamomlaganimdan song, onamga komaklashish maqsadida Xalq bankining hududiy bolimidan 25 million som kredit oldim. Hozir Yangiyol shahar dehqon bozori hududidagi yangi dokonimizda non va non mahsulotlari bilan savdo qilaman. Biroq songgi paytlarda oilaviy sharoitimizda yuzaga kelgan turli muammolar, onamning tez-tez salomatligi yomonlashayotgani tufayli bankdagi kredit tolovlarini vaqtida tolashga biroz qiynaldim.

Prezidentimiz Yangiyolga tashriflari chogida mening ham muammolarimni tinglab, Qizim, hali kop baxtli kunlaring oldinda. Yosh bolishingga qaramay, yaxshi niyat bilan oz tadbirkorligingni boshlabsan, xursand boldim, deb meni bagriga bosdi. Ozimni xuddi otamning bagridagiday his qildim, kozimdan quvonch yoshlari tinimsiz oqadi, deng. Aslida ham shunday-da. Biz, yoshlar barcha sohada yaxshi natijalarga erishishimiz uchun har tomonlama sharoitlar yaratib bermoqda. Kuni kecha Yangiyol shahri hokimligi tomonidan oilamizga moddiy yordam korsatildi. Tadbirkorlik faoliyatimni yanada rivojlantirish masalalari ijobiy hal kilinadigan boldi. Buning uchun oddiy insonlar tashvishi bilan yashayotgan, odamlarga gamxor bolib, ogirini yengil qilish yolida astoydil qaygurayotgan Prezidentimizdan minnatdorman.

A.MUSAYEV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.