O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
28.12.2017

INSON HAQ-HUQUQLARI HIMOYA QILINADI

Akram AKBAROV, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi:

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini eshitib, qalbim larzaga keldi. Yoshim saksondan oshgan. Yarim asrdan koproq vaqt turli lavozimlarda ishladim. Hayotim davomida davlat rahbarlarining maruzalarini tinglaganman. Lekin, umrimda birinchi bor Prezident Murojaatnomasini eshitdim. Togrisi, bunday oshkora, dadil, asosli fikrlardan song shu kungacha odamlarni qiynab kelayotgan muammolar tumanday tarqab ketishiga ishonaman.

Yashirib nima qildik, yillar davomida inson haq-huquqlarini poymol qilish holatlariga duch kelib turardik. Lekin hammamiz jim va loqayd edik. Chunki haqsizlikka qarshi norozilik bildirganlar ham jazolanganiga guvoh bolganmiz. Bu adolatsizliklarga Prezident darajasida chek qoyilmasa, boshqa hech kim jazm qilolmas edi. Ming afsuski, mamlakatimiz mustaqilligiga, barqarorligiga rahna solayotgan bunday illatlar tobora tomir otib ketayotgan edi. Prezidentimiz inson haq-huquqini cheklashga, taqib qilishga, toptashga qaratilgan har qanday urinishlarga barham berilishini alohida takidladi.

Bundan buyon Ozbekistonda hibsga olingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish, ruhiy hamda jismoniy bosim otkazish, boshqa gayriinsoniy zoravonlikka mutlaqo yol qoyilmaydi... Bu sozlarni eshitish qanchalar yaxshi. Demak, nohaqlikka qarshi kurashda hech qaysimiz tomoshabin bolib turmasligimiz kerak. Bu orinda barcha darajadagi deputatlar faolligi alohida orin tutadi.

Prezidentimiz mahalliy Kengashlar deputatlari zimmasiga ham bir qator vazifalar yukladi. Shuningdek, bizning faoliyatimizdan qoniqish hosil qilinmayotgani ham ochiq aytildi.

Odamlar huquq-tartibot idoralarining mutlaqo eskirgan ish uslublaridan, fuqarolarga bolgan yomon munosabatidan norizo ekanliklarini barchamiz bilamiz. Lekin amalda ularning ishiga aralashish guyoki mumkin emas edi.

Bugun Prezidentning ozi har bir sohada, har bir fuqaro taqdirida adolat ornatishni talab qilmoqda.

Murojaatnomani tinglagan odamlarning kozida bir uchqun paydo boldi. Qalbida umid uygondi. Inson haq-huquqlari himoya qilingan, qadrlangan mamlakat yanada yuksaladi, rivojlanadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: