O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
28.12.2017

ZAMONGA MOS FIKRLAYDIGAN JURNALISTLAR KERAK

Bahrom OBIDJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ommaviy axborot vositalari haqida bildirilgan fikrlar, sohani yanada rivojlantirishga oid berilgan takliflar mamlakatimiz jurnalistlarini tolqinlantirib yubordi. Chunki professional jurnalist kadrlarni tayyorlash muammosi ancha yillardan beri kopchilikni oylantirib kelayotgan masala edi.

Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda jurnalist kadrlarga bolgan talab juda yuqori. Respublika boyicha atiga uchta oliy talim muassasasidagina jurnalistika mutaxassisligi boyicha talim beriladi. Ushbu oliy talim dargohlari axborot kommunikatsiya tarmogi kundan-kun rivojlanib borayotgan bir davrda jurnalist kadrlarni yetkazib bera olmayapti. Shu bois viloyatlardagi televedeniye, gazeta va jurnallarda asosan yoshi katta jurnalistlar mehnat qilmoqda. Koplab davlat idoralari va tashkilotlarning axborot xizmatlarida boshqa soha vakillari faoliyat korsatyapti. Bunday kadrlar taqchilligi oz-ozidan axborot makonida turli kamchilik va muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Masalan, birgina Fargona viloyatida bugun 80 dan ziyod gazeta va jurnal, 5 ta telekanal, 2 ta radiokanal faoliyat korsatayotgan bolsa, ularda mehnat qilayotgan ijodkorlarning aksariyati 50 va undan katta yoshdagilarni tashkil etadi. Jurnalistika yonalishini tamomlab, viloyatga ishga kelayotgan yosh kadrlar juda kam. Bunday muammolar respublika markaziy nashrlari va boshqa viloyatlardagi ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham yaqqol kozga tashlanib qolyapti.

Qayd etish zarurki, keyingi yillarda ommaviy axborot vositalari soni ancha kopaydi. Xususan, 1991 yilga nisbatan OAV soni bugun 3,5 martaga, gazetalar soni 2,5 martaga, jurnallar soni 3,5 martaga osgan. Ommaviy axborot vositalarining 64 foizi nodavlat tuzilmalar hisoblanadi. Hozirgi kunda 17 tilda nashrlar chop etilmoqda, dasturlar efirga uzatilmoqda.

Yurtimizda milliy telekanallar tarmogi kengayib borayotgani ham quvonarli holdir. Songgi yillarda «Mahalla», Dunyo boylab, Madaniyat va marifat, Oilaviy, Ozbekiston-24, Kinoteatr, Bolajon, Mening yurtim – MY5, Uzreport TV, Milliy, Saravan, Zo`rTV kabi telekanallar ish boshladi va oz teletomoshabinlariga ega bolib bormoqda.

Davlatimiz rahbarining Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori, Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish togrisidagi farmoni, shuningdek, Ozbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish togrisidagi qarori mazkur sohada tub islohotlar amalga oshirilishiga zamin yaratdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga hamohang tarzda televideniye, radio hamda gazeta-jurnallarda tanqidiy-tahliliy ruhdagi maqolalar soni kopaymoqda. Jurnalistlar jamiyatimizning turli sohalarida, hududlarda kozga tashlanayotgan muammolarni ochiq va xolis yoritish boyicha faollashgani sezilmoqda.

OAV sifatida royxatdan otgan Internet-resurslar soni ham mamlakatda songgi besh yilda 2 baravarga oshgan. Jumladan, ularning soni bugun 350 tadan ziyodni tashkil etib, internet nashrlari tezkor axborot tarqatish, tanqidiy-tahliliy ruhdagi materiallarni chop etish borasida ibrat bolmoqda.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan otkazilgan monitoring natijalari aholini oylantirayotgan dolzarb muammolarni aniqlashda, jamoatchilik fikrini faollashtirishda OAVning roli, tasir kuchi oshganini korsatmoqda.

Aslida shunday bolishi kerak: ommaviy axborot vositalari davlat bilan xalqni bir-biriga boglaydigan mustahkam koprikka aylanishi zarur.

Shu manoda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish haqidagi taklif jurnalistikamizdagi eng dolzarb muammoning yechimini topishga, zamonga mos fikrlab ishlaydigan jurnalist kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.



DB query error.
Please try later.