O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
26.12.2017

BIZGA RAQAMLAR EMAS, ANIQ NATIJA KERAK

Raimbergan SABUROV, xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zXDP guruhi rahbari:

— Xalqimiz, mamlakatimiz tarixida butunlay yangi davr boshlanmoqda. Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasi bu haqiqatni chuqur tushunib yetishimiz kerakligini korsatdi. Bu murojaatdan keyin hech qanday ikkilanishga orin qolmadi. Ertaga hayotimiz qanday bolishi, farzandlarimiz, nabiralarimizga qanday jamiyat qoldirishimiz faqat va faqat ozimizga, uygoq bolib yashashimizga bogliq.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati sifatidagi faoliyatimga nazar solsam, bizga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlar chuqur asoslarga ega, buni tan olaman. Eng achinarlisi, raqamlar ortidan quvishdan, qogozbozlikdan qutilishimiz qiyin bolyapti.

Joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida ularni qiynayotgan muammolarni, ayrim tashkilotlar faoliyatidagi kamchiliklarni qayd etamiz-u, ularni belgilangan tartibda hal etishga kelganida sustkashlikka yol qoyamiz.Togrirogi, andishaga boramiz, ba’zida ayrim rahbarlarning bizdan xafa bolishidan tortinamiz.

«Ozgarishlar bolyaptiku, bu ishlar ham bir kun joyiga tushib ketar», deb ozimizga taskin beramiz. Bazida mahalliy rahbarlardan faqat sizdan deputatlik sorovi keladi, shunday muammoli masalalarni qayerdan topasiz? kabi etirozlar uchraydi. Ayrim rahbarlar deputatlar ishiga baho berishga urinadi. Yangi fikrlar va goyalarni xushlamay qabul qiladi. Lekin bunaqa vaziyatlarda, afsuski, deputatlar bir-birini faol qollab-quvvatlashdan, oz fikr va takliflarini qatiy turib himoya qilishdan iymanadi.

Biz deputat faoliyatiga haqiqiy bahoni xalq berishini mudom yodda tutishimiz kerak. Deputat maqomiga erishgach, bizga ishongan odamlarni unutsak, qonunlarga hurmatsizlik, vijdonimizga xiyonat qilgan bolamiz.

Deputat xalq vakili. Shunday ekan, biz saylovchilarning manfaatini oylab ish olib borishimiz shart.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida siyosiy partiyalar, deputatlar odamlarning turmush tarzi, joylardagi haqiqiy ahvolni organishga alohida etibor qaratdi. Ammo afsuski, bu boradagi ishlarimiz ham asosan rasmiy tadbirlar otkazishdan iborat bolib qoldi.Nechta xonadonga kirganimiz, qancha odam bilan muloqot qilganimiz haqida malumot yigish, bu borada ham raqamlar ortidan quvishga tushib ketdik. Muloqotdan aynan qanday samara boldi, degan savolga javob berishga esa deputatlar ham, partiyamiz tashkilotlari mutasaddilari ham qiynaladi.

Murojaatnomada bu masala qattiq tanqid qilindi.Hisobotlarga etibor bersak, mahalliy Kengashlar faoliyatida goyoki ijobiy ozgarishlar roy berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlarda aks etmoqda, xolos. Bizga raqamlar emas, aniq natija kerak.

Biz bu davatdan bugun xulosa chiqarib, ishimizni ozgartirmasak, ertaga kech boladi. Men hamma deputatlarni birdamlikka, odamlarning manfaati uchun qatiy pozitsiyada turishga, deputat degan yuksak maqomga munosib bolishga chaqiraman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: