O'zb  
 
26.12.2017

KUCHLI DAVLATGINA AYOLLARINI BAXTLI QILA OLADI

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Murojaatnomani diqqat bilan, tasirlanib tingladim. Ayniqsa, Prezidentimiz «Onalarni rozi qilish kerak», deganida yuragim hayajondan entikdi. Nazarimda zal bir qalqigandek, junbushga kelgandek boldi. Bu sozlardan mamlakatimizdagi barcha onalarning kongli osmon qadar yuksaldi. Onalar haqidagi bunday ezgu niyatga dunyo onalarining havasi kelsa, ne ajab. Qudratli, kuchli davlatgina ayollarini baxtli qila oladi. Kuchli, yuksak manaviyatli insongina onaga yuksak ehtirom korsata oladi.

Xaqiqatan ham, mamlakatimizda onalarga katta ezoz korsatilmoqda. Birgina otayotgan yilda qator ezgu ishlar amalga oshirildi. Minglab opa-singillarimizning bandligi taminlandi. Shaharu qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va kop qavatli uy-joylar barpo etildi. Aholi uchun arzon, kop qavatli uy-joylar qurilishi boshlandi. Shu yilning ozida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib, foydalanishga topshirildi. Bu zamonaviy uylarda ayollarimiz oz oilalari bilan baxtli yashamoqda.

Onalarni rozi qilish kerak... Bu sozlar barcha onalarimizga masuliyat ham yuklaydi. Chunki onaning baxti farzandlarida. Ona qachon baxtli boladi? Farzandlari unib-ossa, kamol topsa. Demak, ayolning bosh vazifasi komil insonni tarbiyalash, yurtparvar, xalqparvar avlodni voyaga yetkazish.

Prezidentimiz Murojaatnomada alohida takidladi: Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni kozda tutmoqdamiz. Yani Ozbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bolishi shart. Bu niyatlarni esa bizning farzandlarimiz amalga oshiradi. Oila soglom va mustahkam bolsagina, mamlakatda osoyishtalik, tinchlik va barqarorlik hukm suradi, jamiyat gullab-yashnaydi. Ana shunday masuliyatli va sharafli vazifani, ayollik, onalik burchini tola-tokis bajarish baxti barchamizga nasib etsin.

Malumki, Oliy Majlisda 12 iyulda otgan videoselektor yigilishidan song Oila va ayollar masalalari boyicha parlament komissiyasi tuzildi. Ayollar ortasida oz joniga qasd qilish holatlari, oilaviy ajrimlar sabablarini tahlil qilish va ularning oldini olish ishlarida ishtirok etish, ayollar ortasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik, ayniqsa, qonunga zid ravishda chet elga chiqib ketish holatlarining oldini olishga doir samarali mexanizmlarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish masalalari komissiya etiborida turibdi.

Shu orinda bir masalaga vijdonan yondashib, baho beraylik, parlamentimiz faoliyati kop hollarda rasmiy yigilishlardan iborat bolib qolmoqda. Bugun esa tegishli xulosa chiqarib, faollik korsatishimiz zarur.

Bir qarashda deputatlarning ish tartibi tigiz, deyarli har kuni rasmiy tadbirlar, yigilishlarda ishtirok etamiz. Biroq har bir yigilishdan chiqib, ozimizga xosh, bundan odamlarga qanday foyda tegadi?, deb savol berishimiz, shu savolga javob topa olishimiz zarur. Aks holda, parlament azosimiz, xalq vakilimiz, deb savlat tokib yurishdan hech kimga hech qanday foyda bolmaydi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: