O'zb  
 
26.12.2017

PREZIDENT MUROJAATNOMASI XALQIMIZNI BAXT-SAODAT YOLIGA CHORLAMOQDA

Guliston ANNAQILICHEVA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorgi Kengesi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi:

— Prezidentimizning birinchi marta Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini katta hayajon bilan tinglar ekanman, inson haqiqatga tik boqib yashashi, togrisoz va fidoyi bolib yashashi kerakligini chuqur his etdim.

Murojaatda parlament azolari, barcha deputatlar zimmasiga katta vazifalar qoyilar ekan, ularning xalq oldidagi masuliyati naqadar ulugvor ekanligiga etibor qaratildi.

«Internet tarmogida Mening fikrim deb nomlangan veb-sahifa tashkil qilish maqsadga muvofiq», deb takidladi Prezidentimiz. Bu taklifni nafaqat deputatlar, balki barcha yurtdoshimiz bir ovozdan maqullamoqda. Haqiqatda ham, takidlanganidek, qonunlar umumxalq muhokamasidan yuzaki otmoqda. Yaxshi, orinli va hayotiy fikrlar, tavsiyalar qonunlarimizga kirmay qolmoqda. Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni Oliy Majlis yoki xalq deputatlari Kengashlari korib chiqishi majburiy ekani qonunda belgilab qoyilishi lozimligi alohida korsatib berildi.

Shuningdek, deputatlar faoliyatidagi kamchiliklar haqida fikr yuritarkan, Qogozda yuzlab masalalarni hal qilgandan kora amalda bir necha muammoni hal qilib bersangiz, odamlar sizlardan rozi boladi, deb alohida aytib otilganligi biz deputatlardan oz faoliyatimizni qayta korib chiqishni talab etmoqda.

Murojaatnomada barcha sohalar singari ijtimoiy yonalishdagi muhim va dolzarb masalalar ham tilga olindiki, bular aynan OzXDP Dasturida belgilangan ustuvor vazifalarga hamohang ekanligini his qildik.

...Aholining munosib hayot darajasi uchun zarur bolgan daromadlarni aniqlash boyicha istemol savatchasi tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash va uni amalda taminlash mexanizmlarini yaratishimiz kerak. Bu jarayonda partiyamiz tashkilotlari va deputatlarimiz alohida jonbozlik korsatishi zarur.

Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari Murojaatnomani yana bir bor organar ekan, shiddat bilan ozgarayotgan hayotimizdan orqada qolmaslik uchun belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, bu borada aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishda xalqimizning fikr va takliflarini hisobga olishimiz, buning uchun xalq ichida koproq bolishimiz kerak, degan yakdil fikr bildirmoqdalar.

Faxr va iftixor bilan ayta olamanki, Murojaatnoma xalqimizni baxt-saodatning oydin yoliga chorlab, buyuk kelajakka bolgan ishonchini yanada mustahkamladi. Biz har birimiz Vatanimizni ardoqlashimiz, insonlar ortasidagi dostlik, birodarlikni, tinchlik, osoyishtaligimizni mustahkamlashga munosib hissa qoshishimiz kerak.

Ozimiz ozimizga xiyonat qilmasak, ozimiz ozimizni aldamasak, halol, pok bolib mehnat qilsak, men aminman, kozlagan barcha marralarimizga albatta yetamiz. Bu borada men avvalo, kop sinovlardan yorug yuz bilan otgan oliyjanob xalqimizning mustahkam irodasi va bunyodkorlik salohiyatiga ishonaman, degan samimiy ishonch har birimizni gururlantiradi, yanada masuliyat bilan mehnat qilishga undaydi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: