O'zb  
 
26.12.2017

FAXRLANAMAN, DEB HAYQIRGING KELADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi chet elda o‘qiyotgan minglab talaba-yoshlar qatori meni ham tolqinlantirdi. Katta hayajon bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabr kuni mamlakatimiz tarixida birinchi marta Oliy Majlisga Murojaatnomasini onlayn tarzda kuzatdim.

Davlatimiz rahbarining kuyunib gapirgan gaplari barcha yoshlar qatori meni ham chinakamiga tolqinlantirdi.

Murojaatnomani diqqat bilan tingladim, keyin uni takror-takror oqidim. Amin boldimki, yaqin kelajakda jonajon Vatanimiz misli korilmagan darajada rivojlanadi. Bu tavakkal ish emas, axir mazkur konsepsiyada 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi goyasi mujassamlashgan. Bu goyani amalga oshirish uchun esa har birimiz, ayniqsa, yosh avlod vakillari jonbozlik korsatishimiz lozim.

Prezidentimiz xalqimizni uzoq yillardan buyon qiynayotgan, taraqqiyotimizga gov bolayotgan koplab muammolar va ularning omillari haqida ochiq-oydin gapirdi. Ayniqsa, yolgon-yashiq hisobotlar, soxta raqamlar bilan xalqni aldamasdan, achchiq bolsa-da, haqiqiy korsatkichlarni aytish kerak, deb bunga javoban ozlari aniq haqiqatlarni oshkor etdi. Avvallari hech kuzatilmagan bunday jasorat va qat’iyat Prezidentimizga bolgan ishonch va hurmat hissini yanada kuchaytirdi. Chet ellik tengdoshlarimiz ham Shavkat Mirziyoyevning nutqidan iqtibos keltirib, u kishining manaviy jasoratiga qoyil qolmoqda va qizgin muhokama qilmoqda. Minglab yoshlar qatori men ham shunday Prezidentimiz, xalqimizning yetakchisi borligidan faxrlandim.

Prezidentimizning tanqidiy ruhda aytgan quyidagi sozlari etiborimni tortdi. «Hozirgi kunda Ozbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qolyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali toliq organilmagan, ular olimlar va oz oquvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr ortaga qoyayotgan juda kop dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yolida birlashishga davat etadigan teran manoli fikr va goyalar bugun ham oz qimmati va ahamiyatini yoqotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bolaturib, ularni har tomonlama oqish-organish, xalqimiz, avvalo, unib-osib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish boyicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak».

Shunga javoban men buyuk mutafakkir olimlarimizning shoh asarlarini yapon va ingliz tillariga tarjima qilishga, ularning jahon ilm-fani rivojiga qoshgan hissasini namoyon etish uchun ilmiy tadqiqotlar olib borishga ahd qildim.

Jasur RAHMONOV,

Yaponiyaning Hyuman akademiyasi tinglovchisi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: