O'zb  
 
05.12.2017

INSON QADR-QIMMATI, MANFAATLARI HAMMA NARSADAN USTUN

Ulug‘bek VAFOYEV, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirishdan kozlangan asosiy maqsad ana shu olijanob goyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iboratdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda insonga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish, uning orzu-istaklarini royobga chiqarish boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qisqa muddat ichida, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar asosida jamiyatda katta ozgarishlar amalga oshirildi. Eng muhimi, ushbu islohotlar mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlashga, odamlarning hayotdan rozi bolib yashashiga, kelajakka ishonchi ortishiga xizmat qilmoqda. Mazkur jarayonlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlari himoyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda, ularning ehtiyoj va talablari inobatga olinmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1 dekabr kuni qabul qilingan Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonida nogironlarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, talim olish va ishga joylashishda ularga har tomonlama komaklashish choralari belgilandi. Mazkur farmonda belgilab berilgan chora-tadbirlar nogironligi bolgan shaxslar mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratib bermoqda.

Farmonning 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni oldidan elon qilinishi chuqur mano-mazmunga ega, albatta.

Alohida takidlash kerakki, 2017 yil 1 avgustda qabul qilingan Prezident farmoyishi asosida Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash boyicha komissiya tuzildi va u juda samarali faoliyat korsatdi.

Komissiya tomonidan tayyorlangan farmon loyihasi Ozbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining rasmiy veb saytida elon qilinishi barcha mutasaddi tashkilotlarga, shuningdek, fuqarolarga oz takliflarini taqdim etish imkonini yaratib berdi.

Farmonning tayyorlanish jarayonida oshkoralik taminlanganligi, nogironligi bolgan shaxslar bilan bevosita muloqot yolga qoyilganligi, ularning dolzarb muammolari etiborga olinganligi mazkur hujjatning halqchil bolishiga, bu esa yigilib qolgan otkir masalalar hal etilishiga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga oid muhim hujjatlar loyihalari keng jamoatchilik orasida muhokama qilinishi xalq bilan ochiq muloqot qilish boyicha olib borilayotgan siyosatning yorqin namunasidir, desak, togri boladi.

Farmonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari togrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik korish boyicha amaliy chora-tadbirlar belgilab berildi. Bu mamlakatimizda nogironligi bolgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish yonalishida muhim tarixiy qadam boldi.

Shuningdek, Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqilishi belgilanmoqda. Bu qonun tizimdagi islohotlarni tubdan takomillashtirishda, nogironligi bolgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish jarayonini yangi bosqichga kotarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farmon bilan 51 banddan iborat Nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Ushbu dasturda yechimini kutib turgan muammolarni hal etish belgilangan, nogironligi bolgan shaxslarning orzulari va xohish-istaklarini royobga chiqarish nazarda tutilgan.

Misol uchun, 2018/2019 oquv yilidan boshlab oliy talim muassasalariga abituriyentlar qabulining umumiy sonidan nogironligi bolgan shaxslar uchun qoshimcha ravishda ikki foizli kvotalar kiritiladi. Bu nogironligi bolgan shaxslarning oliy malumotga ega bolishi, jamiyatda munosib orin egallashi imkoniyatlarini kengaytiradi.

Shuningdek, nogironligi bolgan shaxslarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyatlar, tumanlar markazlarida umumtalim maktablari negizida Brayl alifbosini oqitish boyicha maxsus kurslar tashkil etishga oid chora-tadbirlar nazarda tutildi. Bu, oz navbatida, kozi ojiz nogironligi bolgan shaxslar savodxonligini oshirishga, ularning ijtimoiy hayotda ishtirokini yanada faollashtirishga zamin yaratadi.

Farmonda belgilab berilgan keng kolamli vazifalar Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi faollari, barcha darajadagi tashkilotlari zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Nogironligi bolgan shaxslarning huquq va manfaatlari qay darajada taminlanishi kop jihatdan bizning faolligimiz hamda talabchanligimizga bogliq ekanini aslo yoddan chiqarmasligimiz, shuning uchun bu ishga vijdonan yondashimiz talab etiladi.

Belgilangan vazifalar ijrosi boyicha jamoatchilik va deputatlik nazoratini izchil yolga qoyish, bu jarayonda partiyamizning faollari, parlamentdagi fraksiyamiz, mahalliy Kengashlardagi guruhlarimiz azolarining keng ishtirokini taminlashimiz zarur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: