O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
05.12.2017

MAMLAKATIMIZ PREZIDENTINING BIR YILLIK FAOLIYATI DAVOMIDA OZBEKISTON AHOLISINING UNGA ISHONCHI ORTDI

2017 yil 4 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganiga bir yil toldi. Shu munosabat bilan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini organish markazi tomonidan Fuqarolar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti togrisida mavzuida ijtimoiy sorov otkazildi. Uni otkazishdan maqsad aholining davlatimiz rahbariga bolgan ishonch darajasini aniqlash, shuningdek, fuqarolarning Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabatini organishdan iborat boldi.

Jamoatchilik fikrini organish jarayonida fuqarolarimiz Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi bilan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yangi bosqich boshlandi, deya fikr bildirgan. Ular Prezident rahnamoligida jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida qisqa muddat ichida tub ozgarishlar roy berdi, deb hisoblaydi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizni rivojlantirishning yangi Strategiyasini ilgari surar ekan, Strategiya — bu yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda. 2017 yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilindi. Bizning maqsadimiz yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat. Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak, deya takidlagan edi.

Olingan malumotlarga kora, respondentlarning mutlaq kopchiligi Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida qonun ustuvorligini mustahkamlash va jinoyatchilikni kamaytirish, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, har bir fuqaro, har bir oilaning munosib hayot kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratish boyicha salmoqli natijalarga erishildi, deb hisoblamoqda. Sorov qatnashchilari ushbu yonalishda Prezidentimiz tashabbusi bilan jamiyatda ijtimoiy adolatni taminlash va aholining dolzarb muammolarini tezkor hal etishga xizmat qiluvchi ochiq muloqot tizimi Xalq qabulxonalarining joriy qilinishi muhim ahamiyat kasb etganini alohida takidlagan.

Fuqarolarning 90,7 foizi davlatimiz rahbari tomonidan tinchlik, hamkorlik va ozaro hurmat tamoyillariga asoslangan muvaffaqiyatli hamda samarali tashqi siyosat olib borilmoqda, degan qatiy fikrda.

Sorov ishtirokchilarining 88,6 foizi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, aholi, xususan, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, jumladan, imtiyozli kreditlar va soliq preferensiyalari taqdim etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini ragbatlantirish hamda kengaytirish hisobidan oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik, yordamchi xojaliklarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, deb hisoblaydi.

Fuqarolarning aksariyati (90,9 foizi) sorov davomida shahar va qishloqlar qiyofasini ozgartirish, zamonaviy binolar, turar joy majmualari bunyod etish, shifoxonalarni rekonstruksiya qilish, yangi zamonaviy tibbiyot markazlari, maktabgacha talim muassasalari va sport inshootlari, biznes markazlari, zamonaviy avtomagistrallar va infratuzilma obyektlari, kopriklar qurish, tarixiy-memorchilik yodgorliklarini asrab-avaylash va tamirlash borasida erishilgan salmoqli yutuqlarni qayd etgan.

85,2 foiz respondent songgi yillarda mamlakatimizda samarali ijtimoiy himoya amalga oshirilmoqda, fuqarolar yashash sharoitlari yaxshilanmoqda va bandlikni taminlash boyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, degan fikrda. Sorov davomida fuqarolar aholini arzon uy-joylar bilan taminlash boyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yuqori samaradorligini takidlagan.

Yurtdoshlarimizning 86,3 foizi rivojlangan davlatlarning ilgor tajribasini joriy qilish, maktabgacha talimning yangi tizimini tashkil qilish, umumtalim maktablarida 11 yillik oqitish tizimini tiklash, kasb-hunar talimini rivojlantirish talim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirish, osib kelayotgan yosh avlodni chuqur bilimga ega barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda, deb hisoblamoqda.

Jamoatchilik fikri sorovi aholining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bolgan yuksak ishonchi hamda davlatimiz rahbari rahnamoligida hayotga izchil tatbiq etilayotgan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan siyosatni har tomonlama qollab-quvvatlashini korsatdi.

Olingan natijalar yurtdoshlarimizning aksariyati Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston fuqarolari orzu-umidlarini tola royobga chiqarayotganiga va aholining mutlaq qollab-quvvatlashiga ega rahbar ekaniga qatiy ishonadi. Monitoring Prezidentimizga ishonch darajasi 2017 yil iyul oyidagi 92,4 foizdan joriy yilning oktabr oyida 93,1 foizga oshganini korsatgan.

Sorov ishtirokchilarining fikricha, 2017 yil Ozbekistonda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, zamonaviy xavf va tahdidlarga munosib javob qaytarish, mamlakat, jamiyat va har bir inson manfaatlarini taminlash imkonini bergan salmoqli iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga oshirilgan.

Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini organish markazi materiallari asosida OzA muxbiri

Ablay KAMOLOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: