O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.11.2017

ODAMLAR ORASIDA

bo‘lib, takliflar va haqiqiy ahvol organilmoqda

«Mehnatga layoqatli kam ta’minlangan aholining bandligi: sohada amalga oshirilayotgan ishlar, muammolar hamda ularning yechimi». Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Toshkent viloyat kengashi tomonidan otkaziladigan tadbir mavzusini eshitib, togrisi, bir zalda, maruzalar asosida otadigan odatiy yigilishni tasavvur qilgandim. Zangiota tumanidagi xonadonlarga kirib borganimizdan keyin fikrim ozgardi.

Dastlab Dalguzar mahallasidagi Abzalovlar xonadoniga bordik. Oila azolari Hasan Abzalov hamda Dildora Salimova bizni mamnuniyat bilan kutib oldi. Bir nafar qiziga hayotda hamroh bolsin, deb ogil asrab olgan bu insonlarning jasorati kishini hayratlantiradi.

Abzalovlar oilasi Savdogarbank tuman filiali tomonidan ajratilgan 8 million som kredit evaziga ikki bosh qoramol olibdi. Biz bilan suhbatda bolgan qoshni ayol Inobat Tolaganova ham kredit evaziga oyoqqa turib, kam taminlangan oilalar royxatidan chiqarilibdi.

— Biz 30 yildan beri qoshnimiz. Bir kochada ahil-inoq yashab kelyapmiz, deydi Inobat Tolaganova. Dildora opa kelin bolib tushganida kozlari zaif korardi. Yillar otib, umuman kormay qoldi. Ularning qizi 25 yoshda, ogli esa kollejda oqiydi. Bu oilaning ahilligi maqtovga loyiq. Toy-marosimlarimizda birga bolishadi, qollaridan kelgancha komaklashishadi. Mahallamiz yaqinda ularga novvoyxona qurib berdi. U yerdan tushadigan ijara tolovi oilani tebratishga sarflanadi. Bundan tashqari, mahalladoshlar hashar yoli bilan yangi oshxona kotarishdi. Hamma ularning holidan xabar olishga harakat qiladi.

Yana bir necha xonadonda boldik. Odamlarning turmush tarzi bilan tanishdik. Taqdir sinovlariga qaramasdan intilishdan, hayotni sevishdan toxtamagan hamyurtlarimizning orzu istaklarini organdik.

Shundan keyin seminar otkaziladigan joyga keldik. U yerda yigilganlarning aksariyatini xotin-qizlar hamda kollej bitiruvchilari tashkil qilar edi.

Viloyat partiya kengashi raisi Mehroj Darxonov seminarning ahamiyati xususida gapirdi. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatiga kora, partiyamiz dasturiy maqsadlariga hamohang ekanini takidladi. Oz ishini ochish istagida bolgan ehtiyojmand aholi vakillari uchun qulay imkoniyatlar yaratilgani, imtiyozli kreditlar ajratilayotgani haqida atroflicha malumot berdi.

Bugun biz sizlarni tinglashga, sizlar bilan ochiq muloqot otkazishga keldik, dedi OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov. Taqdir taqozosi bilan yordamga ehtiyojmand kishilar, oilalar, taminlangan oilalar doim bolgan. Bizning maqsadimiz ham, vazifamiz ham ularni faol hayotga qaytarish, odamlarni boqimandalik kayfiyatidan chiqarishdan iborat. Hayotimizni yaxshilash uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz zarur.

Seminarda Mikrokreditbank ATB xodimlari ham ishtirok etdi. Ular tizimda yaratilgan qulayliklar, kollej bitiruvchilari, kam taminlangan oilalar hamda oilaviy biznesni ochish uchun beriladigan imtiyozli kreditlar, ularning yillik foiz stavkalari haqida batafsil soz yuritishdi.

Seminarning ikkinchi qismi savol-javoblar hamda muhokamalarga bagishlandi. Unda fuqarolar ozlarini oylantirayotgan turli mavzularda savollar berishdi.

Hojiakbar NIGMATOV, kollej bitiruvchisi:

Men kelajakda chorvachilik bilan shugullanmoqchiman, qoramol boqmoqchiman. Aholiga sifatli va arzon gosht yetkazib berishni niyat qilganman. Shu ishni boshlasam, necha foizlik kredit olishim mumkin va qancha miqdorda soliq tolayman?

Iroda QOSIMOVA, Mikrokreditbank ATB Respublika boshqarmasi bosh mutaxassisi:

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi bilan 14 foizlik, 36 oy muddatga kreditlar olishi mumkin. Yangi ish boshlaydigan bitiruvchilar bir yil davomida soliqdan ozod qilinadi.

Muhiddin ELMURODOV, kollej bitiruvchisi:

Men ham qoramolchilik bilan shugullanmoqchiman. Faqat kredit mablagi qolimizga berilishini xohlardim. Chunki agrofirmalar 5,5 million somga beradigan qoramolni bozordan 3,5 millionga sotib olish mumkin...

Ashur QODIROV, Mikrokreditbank ATB Toshkent viloyat filiali masul xodimi:

Bunday turdagi kredit mablaglari maqsadli sarflanishi uchun agrofirmalar hisob raqamiga otkazib beriladi. Siz aytayotgan masala esa deputatlar tomonidan organilishi va taklif berilishi kerak, deb oylayman...

Tadbirda jismoniy imkoniyati cheklanganlarni ish bilan taminlash, yolgiz ayollar, boquvchisini yoqotgan kesksalarning ijtimoiy himoyasiga oid savollarga ham mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Shu kuni turli masalalar boyicha fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Masalan, Mehri Salimova ikki nafar nabirasiga fuqarolik pasporti ololmayotganini aytdi. Bunga sabab qizi kelin bolib tushgan xonadon qoshimcha tolovlardan xalos bolish uchun uni yashash joyiga royxatga qoymagan ekan. Turmush ortogi olamdan otgach, qaynonasi kelini va nabiralarini sigdirmagan. Natijada hech qayerda royxatdan otmagan ikki nafar qiz pasportsiz qolyapti. Shu masalada deputatlardan yordam soradi.

Shuningdek, uy-joy qurilishi masalasida, bitiruvchilarning 4 tomonlama shartnomasi bajarilmagani boyicha, kommunal tolovlar va yana boshqa muammolar yuzasidan murojaatlar yozib olindi. Ularga yechim topish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadigan boldi.

Bu kabi tadbirlar Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida bolib otmoqda.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: