O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
08.06.2017

HAYOTIY VAZIFALAR BELGILAB BERILDI

Prezidentimizning hududlarga amalga oshirayotgan amaliy tashrifi joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buni Andijon viloyatida o‘tkazilgan uchrashuvlar, hayotga tatbiq etilishi rejalashtirilgan loyihalar misolida ham korish mumkin.

Davlatimiz rahbarining andijonliklar bilan uchrashuvlari samimiy muloqotlarga aylanib ketdi.

Abdulhamid NURMATOV, OzXDP Andijon viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari:

— Prezidentimiz viloyatimizga tashrifi davomida juda muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga e’tibor qaratdi. Koplab dasturlarni hayotga tatbiq etish boyicha zarur korsatmalar berdi. Viloyat faollari bilan bolgan yigilishda uchta eng muhim masala yuzasidan fikr bildirdi.

Davlatimiz rahbari, birinchi navbatda, viloyatda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasiga jiddiy etibor qaratish, bu borada ichki ishlar organlari xodimlarining masuliyatini keskin oshirish muhim ekanini takidlab, hozir bu yonalishda amalga oshirilayotgan ishlar talabga javob bermasligini qayd etdi.

Siyosiy partiya vakili, deputat sifatida joylarda bolib, saylovchilar bilan uchrashganimizda, haqiqatan ham, mazkur masalada kamchiliklar oz emasligining guvohi bolyapmiz. Bugun hayot shuni korsatmoqdaki, jinoyatning oqibatlari bilan kurashish emas, balki uning oldini olish choralarini korish muhim va samaraliroqdir.

Shuning uchun partiyamiz tashabbusi bilan otkazilayotgan targibot tadbirlariga ichki ishlar organlari xodimlarini taklif qilish, bu ishlarda ular bilan birgalikda faol qatnashishni rejalashtirdik. Oylaymanki, bu say-harakatlar oz samarasini bermasdan qolmaydi.

Prezidentimiz tomonidan ortaga tashlangan muhim masalalardan yana biri viloyatda tibbiyot tizimini tubdan takomillashtirishdir. Darhaqiqat, bugungi kunda, ayniqsa, Andijon viloyatida sogliqni saqlash tizimi talab darajasida emas. Bu esa oz navbatida, aholining haqli noroziligiga sabab bolmoqda. Yigilishda kamchiliklarni bartaraf etish, viloyatimizda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining filiallarini tashkil etish, umuman, tibbiy xizmat korsatish tizimini zamon talablari darajasiga chiqarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Bu, albatta, andijonliklar konglini kotardi, ertangi kunga bolgan ishonchini mustahkamladi.

Ozbekiston XDP Saylovoldi dasturida tibbiyot tizimini isloh qilish bilan bogliq muhim masalalar belgilangan. Hozirgi kunda ularni royobga chiqarish boyicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik birlashmalari orqali sogliqni saqlash sohasiga tegishli bolgan muammolarni chuqur organib, ularni tuman, viloyat, respublika darajasiga olib chiqish va hal etish vazifasi qoyilgan.

Shuningdek, partiya guruhlarimiz tashabbusi bilan mahalliy Kengashlar sessiyalarida tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish amaliyotini kuchaytirish ham kozda tutilgan.

Fuqarolar, ayniqsa, yoshlarni turli diniy oqimlar tasiridan asrash, buning uchun zarur choralar korish mamlakatimiz rahbari tomonidan kotarilgan yana bir muhim masala boldi. Bugun diniy ekstremizm va terrorizm dunyo tinchligiga tahdid solayotgan eng katta xavf hisoblanadi. Bundan dunyodagi hech bir davlat chetda emas. Odamlar, ayniqsa, yoshlarni yovuz illatlar va turli oqimlardan asrash, bu boradagi targibot ishlarini kuchaytirishda davlat idoralari bilan birga, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va deputatlar ham faol ishtirok etishi talab etiladi.

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi tarixiy ozgarish va yangilanishlarga asos boladi. Biz, partiya faollari va deputatlar belgilangan vazifalarni amalga oshirishda tomoshabin bolmasdan, bu jarayonlarda faol ishtirok etishimiz lozim.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Nurali ORIPOV

yozib oldi.



DB query error.
Please try later.