O'zb  
 
08.06.2017

ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ HAQINI VAQTIDA TOLASHNI UNUTMANG

Elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan iste’molchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, istemolchi yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida tolov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga otkazish orqali undiriladi.

Hammamizga malumki, shu yilning 29 may kuni Prezidentimizning «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda istemol qilish sohasida tolov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni elon qilindi. Mazkur hujjat sohada toplanib qolgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, elektr energetika va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, istemolchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz taminlashda katta ahamiyatga ega.

Ushbu farmon asosida joriy qilinayotgan yangiliklar kopchilikda katta qiziqish uygotmoqda. Tahririyatimizga kelayotgan savollar ham buni isbotlab turibdi.

Eshitishimcha, shu yilning 1 iyulidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish tizimida qator yangi tartiblar joriy etilayotgan ekan? Shu haqda toliqroq malumot bersangiz.

Gulnoza Nosirova, uy bekasi.

(Toshkent shahri, Yashnobod tumani)

Muqaddas Rahmatullayeva, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, OzXDP guruhi azosi:

Prezidentimizning farmoniga asosan istemolchilar jismoniy shaxslar har oyning 10 sanasiga qadar otgan oyda istemol qilingan energiya resurslari uchun toliq hisob-kitob qilishlari shart. Bu muddat otgandan keyin, qarzdorlik mavjud bolganda, jismoniy shaxslar belgilangan tartibda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan majburiy uziladi.

Istemolchilarga energiya resurslarini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq tolash asosida amalga oshiriladi. Yani, muntazam har oylik tolovlarni amalga oshirmagan istemolchilar oldindan haq tolaydi. Oldindan haq tolanmagan hollarda, mazkur istemolchilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan toliq uzishgacha bolgan choralar koriladi.

Elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qoyilgan shaxslarni qayta ulashda istemolchi jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, istemolchi yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida tolov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablaglarni otkazish orqali undiriladi.

Shu orinda yana bir masala. Istemolchi energiya resurslari istemolini hisobga olish uskunalarining lozim darajada ekspluatatsiya qilinishi va sozligi uchun javobgar bolishi ham farmonda alohida belgilab qoyilgan.

Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida tashkil etilgan Majburiy ijro byurosining vakolatlariga nimalar kiradi?

Dilnoza Irkinova, xususiy korxona hisobchisi.

(Toshkent viloyati, Zangiota tumani)

Nurmuhammad Abdullayev, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati, OzXDP guruhi azosi:

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi energiya resurslari uchun tolovlarning oz vaqtida va toliq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining sozsiz ijrosini taminlashga masul hisoblanadi.

Energiya resurslarini yetkazib berish hamda istemol qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda Majburiy ijro byurosi qator vakolatlarga ega. Xususan, u energiya resurslari yetkazib berilishi va istemolini hisobga olishning toliqligi hamda haqqoniyligi, ular uchun hisob-kitoblarning oz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar otkazadi. Yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni istemolchilar yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan sozsiz undirib oladi. Energiya resurslari uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan kop bolmagan miqdordagi qarzdorlikni istemolchilarning ish haqidan ushlab qolish togrisida ish beruvchilarga talabnomalar yuboradi.

Bundan tashqari, hisob-kitoblar oz vaqtida amalga oshirilmagan hollarda, istemolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzish, energiya resurslaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish ushbu byuroning vazifalaridan biri etib belgilandi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Laziza SHEROVA tayyorladi.




DB query error.
Please try later.