O'zb  
 
06.06.2017

ERKIN IQTISODIY ZONALAR HAQIDA

xorijiy investorlarning xabardorligini oshirish lozim

Akmal UMARALIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi:

— Mamlakatimizda mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish zaxiralaridan keng foydalanish, shu asnoda erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashga katta etibor qaratilmoqda. Mazkur jarayonni huquqiy jihatdan taminlash dolzarb masaladir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qomitasi Angren erkin iqtisodiy zonasida davra suhbati otkazdi. Unda quyi palata deputatlari, Vazirlar Mahkamasi masul xodimlari, tegishli vazirlik, qomita va idoralar, respublikada tashkil etilgan barcha erkin iqtisodiy zonalar hamda sanoat korxonalari rahbarlari Ozbekistonning ishlab chiqarish hamda resurslar salohiyatidan kompleks va samarali foydalanilishini taminlashda erkin iqtisodiy zonalarining roli xususida fikr-mulohaza yuritishdi.

Tadbirni otkazish uchun «Angren» erkin iqtisodiy zonasi bejiz tanlangani yoq. Bu yerda Janubiy Koreya, Singapur, Avstriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya kabi davlatlarning yetakchi firma va kompaniyalari hamkorligida turli olchamdagi mis quvurlar, texnik kremniy, energiya tejovchi diod lampalar, komir briketlari va zamonaviy qurilish-pardozlash materiallari, shuningdek, shakar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Angrenga temir yol tushirilgani va uning elektrlashtirilgani, vodiyga eltuvchi avtomobil yolining talab darajasiga keltirilganligi, shaharning markazga yaqinligi hamda Angrendan poytaxtga kirmasdan mamlakatimizning boshqa viloyatlariga otish imkoniyati mavjudligi sarmoyadorlarning bu erkin iqtisodiy zonaga bolgan qiziqishini yanada oshirmoqda.

Erkin iqtisodiy zonalar faoliyat korsatadigan korxonalarga kiritiladigan investitsiyalar hajmiga qarab, 3 yildan 7 yilgacha bolgan muddatga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar qollaniladi.

Bu borada Prezidentning 2017 yil 12 yanvardagi Urgut, Gijduvon, Qoqon va Hazorasp erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish togrisidagi farmoni dasturilamal bolib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yangi ish orinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlarini bermoqda.

Shu bilan birga, tashkil etilayotgan iqtisodiy zonalarning jadal rivojlanishini taminlash uchun ayrim foydalanilmagan imkoniyatlar va zaxiralarni ishga solish yuzasidan fikrlar-mulohazalar bildirildi. Jumladan, deputatlar erkin iqtisodiy zonalar xususiyatlari, beriladigan soliq va bojxona imtiyozlari xaqida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish lozimligiga etibor qaratdi.

Tadbir davomida Angren erkin iqtisodiy zonasida faoliyat olib borayotgan Angren quvur zavodi unitar korxonasi va Oz-Prista Resaykling qoshma korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.



DB query error.
Please try later.