O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
01.06.2017

MUAMMOLAR ORGANILMOQDA

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Har oyning dastlabki kunlarida joylarda aholi bilan uchrashib, haqiqiy ahvolni organyapmiz. Shu asnoda hududdagi kamchiliklar, elektorat vakillarini oylantirayotgan masalalar bilan yaqindan tanishib, ularni hal etish boyicha vazifalar belgilab olinmoqda.

May oyida Qarshi tumanida xizmat korsatish tizimi hamda huquq-tartibot organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida qilinayotgan ishlar organilib, tahlil etildi.

Aholi, jumladan, yoshlar, tadbirkorlar, fermerlar, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari vakillari hamda faollar bilan bevosita muloqot olib borildi. Suhbat asnosida odamlar turli muammo va kamchiliklarni bayon etishdi. Koproq uy-joy-kommunal, transport va yol qurilishi, bank-kredit, aholi bandligi, sogliqni saqlash, ekologiya va atrof-muhit, talim, tadbirkorlik, pensiya va nafaqa taminoti masalalarida murojaatlar boldi. Shuningdek, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, savdo va maishiy xizmat korsatish, madaniyat va sport, interaktiv davlat xizmatlarini korsatish, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati va plastik kartalar orqali tolovlarni amalga oshirish boyicha ham qator fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

Ayrim qishloqlarda maktabgacha talim muassasalari binolari tamirtalab holatda ekani, bolalar uchun qattiq va yumshoq jihozlar, oyinchoqlar, oyin maydonchalari uchun moslamalarning yetishmasligi, ayniqsa, isitish tizimida muammolar mavjudligi aniqlandi.

Tumanda 233 orinli markaziy shifoxona, 2 kop tarmoqli poliklinika va 8 qishloq vrachlik punkti, 6 qishloq oilaviy poliklinikasi hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi aholiga tibbiy xizmat korsatadi. QVPlarning deyarli barchasida umumiy amaliyot shifokorlari yetishmaydi. Malum bolishicha, bugungi kunda tumanda 49 nafar umumiy amaliyot shifokori, qishloq oilaviy poliklinikalari uchun 6 nafar UTT mutaxassisi va xirurgga ehtiyoj mavjud.

Tuman darajasidagi masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tavsiyalar berildi hamda ularning bajarilishi nazoratga olindi.

Organishlar davomida aniqlangan muammolar va kamchiliklarni parlament va deputatlik nazorati asosida bartaraf etish boyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Uchrashuvlar davom etmoqda. Bu oyda Kasbi tumanida bolamiz. Saylovchilar bilan muloqotlar hududlardagi muammolarni organish, ularga yechim topishda katta samara bermoqda.



DB query error.
Please try later.