O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
27.05.2017

MEHNAT HUQUQI KAFOLATLARI MUSTAHKAMLANMOQDA

Har qanday mamlakatning buguni va kelajagi iqtisodiy barqarorlikka borib taqaladi. Iqtisodiyoti baquvvat davlatda taraqqiyot tezlashadi, sohalar rivojlanadi va aholi yaxshi sharoitlarda mehnat qilib, turmush kechiradi.

Joriy yilning 24 may kuni Prezidentimizning «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi farmoni e’lon qilindi.

Avvalo, shuni takidlash kerakki, mazkur farmon mamlakatimizda aholi bandligini taminlash borasida yangicha yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sattor Rahmatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

— Odam yaxshi yashashi, munosib turmush sharoitiga ega bolishi, orzu-havas bilan baland marralar sari intilishi uchun, avvalo, u oz ishiga, daromad manbaiga ega bolishi kerak. Shuning uchun aholining turmush darajasini oshirish, farovonligini yuksaltirishning muhim omillaridan biri bandlikni taminlash hisoblanadi.

Prezidentimizning Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqadi, deb oylayman.

Farmon davlat va xususiy biznes ortasidagi hamkorlikka asoslangan holda mehnat infratuzilmasini rivojlantirish, band bolmagan aholi, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.

Parlament azolari tomonidan joylarda otkazilgan organish natijalari kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish boyicha taqdim etilayotgan malumotlarda hanuzgacha notogri va noxolis axborotlar uchrayotganini korsatmoqda. Ushbu farmon bu borada yuzaga kelayotgan koplab muammolarning oldini olish, talim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taminlash kafolatlarini mustahkamlashda muhim orin tutadi.

Farmonga muvofiq, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab birinchi marotaba ishga joylashgan bitiruvchilar, agar ular talim muassasasini tamomlagan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt otmagan bolsa, ishga joylashgandan keyin birinchi yil davomida ish haqidan olinadigan daromadlari boyicha yagona ijtimoiy tolovning ornatilgan stavkasini 50 foizga, ularning ikkinchi va uchinchi yil davridagi ish faoliyati boyicha 25 foizga kamaytirish belgilandi. Bu bitiruvchilarni ish bilan taminlash masalasida manfaatdorlikni oshirishga xizmat qiladi, albatta. Shu bilan birga, yosh kadrlarning kasbiy malakasini oshirish imkoni ortadi.

Farmonga kora, Mehnat vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil qilindi. Vazirlik va uning tuzilmalarining ustuvor vazifalari va faoliyat yonalishlari aniq belgilab berildi. Unga kora, mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnatga oid munosabatlar, kasbiy va mehnat standartlari, gender tenglikka rioya etilishi, band bolmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor munosabatlari sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish va boshqa vazifalar belgilangan. Korinib turibdiki, maqsad faqat aholini qanday, qaysi sharoitda bolmasin, ishga joylashtirishdan iborat emas, balki ularning bu boradagi huquqlarini himoya qilish, mehnat muhofazasini amalda taminlashdan iborat.

Bularning barchasi partiyamizning dasturiy maqsadlariga mos va hamohangdir. Demak, siyosiy partiyalarga, parlament va deputatlarga berilgan qonuniy huquq va imkoniyatlardan foydalangan holda, bu jarayonda faol ishtirok etishimiz, farmon ijrosi ustidan doimiy monitoring ornatishimiz talab etiladi.

Aksavli Tumishova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

Ushbu farmon mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashning muhim kafolati boladi, deb oylayman.

Farmonda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bandligini taminlashga ham alohida etibor qaratilgan. Xususan, kam taminlangan oilalarning ijtimoiy muhofazasi manzilligini kuchaytirish, nafaqa va moddiy yordam tayinlash va tolashda ornatilgan tartibga amal qilinishini nazorat qilish, ularni fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish choralarini korish, shuningdek, ozini ozi band qilishning turli shakllarini rivojlantirishni ragbatlantirish belgilangan. Albatta, bundan kozlangan asosiy maqsad har bir oila turmush farovonligini oshirishdir.

Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bolgan Jamoat ishlari jamgarmasi tashkil etilmoqda. Uning asosiy vazifasi vaqtincha band bolmagan aholi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yol va uy-joy kommunal infratuzilmasini qurish, tamirlash va rekonstruksiya qilish, hududlarni obodonlashtirish, mavsumiy qishloq xojaligi ishlariga jalb etilganda, ularning mehnatini moliyalashtirishdan iborat.

Umuman olganda, Prezidentimiz farmonida belgilangan vazifalar fuqarolarning munosib ish orniga ega bolishini taminlashda, mehnat munosabatlari rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Laziza SHEROVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: