O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.04.2017

ISHONCH VA ETIBOR

nuroniylarimizga kuch-quvvat bag‘ishladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi qanchalik keng qamrovli va mazmunli bolgani, har bir uchrashuv odamlarda katta taassurot qoldirganiga ozim guvohman. Ayniqsa, otaxonu onaxonlarimiz juda xursand bolishdi, deb oylayman. Chunki yaqinda davlatimiz rahbarining Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi Farmoni keksalarimizni nihoyatda quvontirgan edi. Ana shu e’tibor va gamxorlikdan hayajonlanib, ruhlanib turganimizda Prezidentimizning Samarqandga tashrifi quvonch ustiga quvonch boldi.

Davlatimiz rahbari qayerda bolmasin, keksalarimizga alohida hurmat va etibor bilan qarab kelmoqda. Buning yorqin misolini Samarqandda yana bir bor kordik. Tashrif doirasida shahrimizda tramvay yolining ishga tushirilishi munosabati bilan otkazilgan marosimda bir guruh nuroniylarimiz ham ishtirok etishdi. Eng quvonarlisi, mamlakatimiz rahbari va nuroniylarimiz yangi tramvayning birinchi yolovchilari bolishdi, samimiy suhbatlar barchamizning dilimizga chog soldi. Mamlakatimiz rahbari xalqimiz hayotida yuz berayotgan ozgarishlar, 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasining maqsadi haqida sozlab berdi. U kishi turli masalalarda faxriylarimizning fikrlarini ham soradi. Birinchi bolib mehnat faxriysi, ajoyib olim, fidoyi inson Tolqin Ahmadjonov soz boshladi.

— Men Samarqandda 1948 yili tramvay yoli qurilgani va 1973 yilda olib tashlanganini oz kozim bilan korganman va oshanda hayron qolganman... Eng muhimi, bugun shahrimizda yana tramvay qatnovi yolga qoyildi. Ekologik jihatdan toza bolgan bu transport vositasi elga xizmat qiladi, albatta. Bugun tramvayning birinchi yolovchisi bolganimdan baxtiyorman, deydi u.

Uzoq yillar halol mehnat qilib, bugun keksalik gashtini surayotgan 86 yoshli Jalol Rahimov ham quvonchini yashira olmadi:

Men ham shahrimizning otmishi va bugungi quvonchli damlarini korib taqqoslayman. Mustaqillik nimalarga qodir ekanligini bilib va korib turibman. Biz keksalar yanada ruhan tetik boldik, kuch-quvvatimizni baholi qudrat shu yurt taraqqiyoti yolida sarf etamiz.

Prezidentimizning «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi, akademik Botirxon Valixojayevning xotirasini yodga olib, u kishining turmush ortogi Xadicha Vafoyeva bilan uchrashib, suhbatlashgani butun ilm ahlida yorqin taassurot qoldirdi. Bu suhbat avvalo, buyuk olim xotirasiga hurmatni bildirsa, ikkinchidan ilm-fanga yuksak etibor ramzidir.

Samarqandlik faxriylarning Prezidentimiz bilan uchrashuvlari ularga quch-quvvat bagishladi, gayratini oshirdi. Nuroniylarimiz yurtimizda shiddat bilan olib borilayotgan bugungi ishlarga yanada munosib hissa qoshishga bel bogladi.

Hasan NORMURODOV,

Nuroniy jamgarmasi Samarqand viloyat bolimi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi.



DB query error.
Please try later.