O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
25.04.2017

FUQAROLAR HUQUQ VA MANFAATLARI ISHONCHLI HIMOYA QILINADI

Mamlakatimizda sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jamiyatda adolat muhitini qaror toptirishdan iboratdir.

Xususan, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan ozgartish va qoshimchalar, yangi qonunlar tub zamirida ham ana shu ulug maqsad yotibdi. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining joriy yil 28-29 mart kunlari otkazilgan toqqizinchi yalpi majlisida qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyati ham inson manfaatlari himoyasiga qaratilgan.

Oliy Majlis Senati a’zosi, Taxtakopir tuman hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi Aysenam ALLIYaROVA bilan suhbatimiz shu mavzuga bagishlandi.

Avvalo, «Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ozgartishlar va qoshimcha kiritish togrisida»gi Qonun hamda Sudyalar oliy kengashi togrisidagi qonunning jamiyat hayotidagi ahamiyati xususida toxtalsangiz?

Mamlakatimizning Asosiy Qonuniga tuzatishlar Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi hamda 2017 yil 21 fevraldagi Ozbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonlari asosida ishlab chiqilgan.

Konstitutsiyaviy ozgartishlar mamlakatimizda sud tizimini yanada chuqur isloh qilish, demokratlashtirish, odil sudlovning samaradorligini oshirish uchun asos yaratadi.

Qonunga binoan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga tegishli ozgartish va qoshimchalar kiritilmoqda. Ushbu tuzatishlarga muvofiq Oliy xojalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, mamuriy va iqtisodiy sud ishi yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organiga Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilmoqda. Shuningdek, sud tizimida iqtisodiy va mamuriy sudlar tashkil etilmoqda.

Endilikda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari ustidan tushgan shikoyatlarni hamda mamuriy huquqbuzarliklar togrisidagi ishlarni korib chiqish mamuriy sudlar tomonidan amalga oshiriladimi?

Oliy sud tizimida davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari gayriqonuniy harakatlari ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni taminlashga xizmat qiladigan mamuriy ishlar boyicha sudlov hayati, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mamuriy sudlari hamda tuman (shahar) mamuriy sudlari tashkil etiladi. Bu mamlakatimizda olib borilayotgan mamuriy, iqtisodiy, bozor islohotlarini sud-huquqiy jihatdan taminlash samaradorligini oshirish, xususiy mulk huquqini, tadbirkorlik faoliyatini sudda ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamuriy nizolarni, shu jumladan, davlat organlarining harakatlariga yoki harakatsizligiga, qarorlari ustidan fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining bergan shikoyatlari va murojaatlarini korib chiqishga vakolatli bolgan turli darajadagi mamuriy sudlarning tuzilishi fuqarolarning, yuridik shaxslarning qonuniy huquqlari va erkinliklarini sudda himoya qilish samaradorligini tubdan oshiradi.

Sud-huquq tizimi islohoti mamlakatimizda huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bolgan sud tizimi qurilishining yangi konsepsiyasini amalda joriy etishga qaratilgani bilan ahamiyatli, albatta.

Oliy Majlis Senatining toqqizinchi yalpi majlisida Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri va boshqa idoralar rahbarlari hisoboti tinglandi...

Darvoqe, bu hisobotlarning har biri qizgin savol-javoblar bilan otdi. Ayniqsa, parlament faoliyatida birinchi marotaba Ozbekiston Respublikasi IIVning hisobotini eshitish oziga xos yangilik boldi. Hisobotda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni otkazib kelinayotgan jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni katta samara berayotgani takidlandi.

Qoraqalpogistondan saylangan senator sifatida aytishim mumkinki, Taxtakopir tumanida ham tuman hokimligi, prokuratura va ichki ishlar bolimi hamkorligida har payshanba kuni joylarda, tuman tibbiyot birlashmasida, umumtalim maktablarida, kasb-hunar kollejlarida, korxona va tashkilotlarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

2017 yil mart oyida Taxtakopir, Daukara ovul fuqarolar yiginida, Aydinjol mahalla fuqarolar yiginida uchrashuvlar otkazilib, unda yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini organish va jinoyatchilikning oldini olish boyicha targibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish borasida suhbatlar otkazildi.

Majlisda istirohat boglari, shuningdek, boshqa kongilochar maskanlarda ornatilgan yuqori texnologiyali attraksionlardan foydalanuvchilar xavfsizligini taminlash borasidagi davlat nazoratining holati togrisida Bosh vazirga parlament sorovini yuborish masalasi ham korildi. Buning sababi nimada?

Bugun hayotimizni zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz tasavvur etib bolmaydi. Ishlab chiqarishdan tortib, hatto madaniy hordiq chiqarishimizgacha zamonaviy texnologiyalar shiddat bilan kirib kelmoqda.

Shu bois mamlakatimizga xorijdan keltirilayotgan murakkab texnologiyali attraksionlarni ishlatishga va tamirlashga masul tashkilotlarni belgilaydigan normativ hujjatlar yaratish lozim. Shuni inobatga olib, istirohat boglarida, kongilochar maskanlarda ornatilgan yuqori texnologiyali attraksionlardan foydalanuvchilar xavfsizligini taminlash yuzasidan davlat nazoratining holati togrisida Bosh vazirga parlament sorovi yuborish tashabbusi ilgari surildi.

Qonunchilik sohasidagi bu yangiliklardan kozlangan maqsad fuqarolar huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir.

Inobat NORMURODOVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: