O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
13.04.2017

FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI ISHONCHLI HIMOYALASH DOLZARB MASALA

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyatida huquqiy demokratik davlat qurish, inson manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yish goyasi yotadi. Bu boradagi eng muhim talablardan biri qonun ustuvorligini ta’minlashdir. Boisi, qonunga itoat qilingan joyda tartib-qoida boladi, jamiyat xavfsizligi muhofaza etiladi, fuqarolarning huquqlari, qonuniy manfaatlari himoya qilinadi, odamlar tinch va osuda hayot kechiradi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan, ichki ishlar tizimi faoliyati bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Bir soz bilan aytganda, aholi ortasida tartib-intizomni yanada kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligi taminlanishi kop jihatdan ushbu soha faoliyatiga bogliq. Ichki ishlar organlari xodimlari bilan aholi ortasidagi munosabatlarda ozaro ishonch va ochiqlikni taminlash maqsadida profilaktika inspektorlari, militsiya tayanch punktlari, «Mahalla posboni» kabi institutlar tashkil etilgani yurtimizda tinch-osuda hayot taminlanishiga xizmat qilmoqda. Biroq shunga qaramay tizimda qator muammolar toplanib qolgani kopchilikka malum.

Ayniqsa, adolat istab sarson-sargardon bolib yurganlar, jinoyat-qidiruv faoliyatidagi kamchiliklar oz emasdi. Ochigi, soha xodimlarini aholi kopincha qayerdadir jinoyat sodir etilganida yoki tergov-surishtiruv paytida koradi, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar talab darajasida emasdi.

Bugun dunyoning turli hududlarida mudhish voqea-hodisalar, tahdidlar yuz bermoqda. Chegara bilmas bu xavf-xatarlar butun insoniyatning, taraqqiyotning dushmanidir. Geosiyosiy oyinlar, diniy ekstremizm, terrorizm, narkobiznes, millatlararo nizolar insoniyatga katta ofatlar keltirishini hammamiz korib, bilib turibmiz.

Bunday qaltis jarayonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan, ichki ishlar tizimi faoliyati qayta korib chiqilishini, har bir xodim masuliyatini oshirishni hayot talab qilmoqda.

Prezidentimizning Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taminlashda ularning masuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egaligi uning nomidan ham korinib turibdi.

Unda Ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning asosiy yonalishlari belgilab berildi. Xususan, voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, osib kelayotgan avlodni terrorizm, diniy ekstrimizm, zoravonlik va shafqatsizlik goyalaridan himoya qilishga qaratilgan tizimni rivojlantirish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Farmonga kora, endilikda tuman, shahar ichki ishlar boshqarmalari, bolimlari boshliqlarining yoshlar masalalari boyicha orinbosari lavozimi joriy etiladi. Ular voyaga yetmaganlar va yoshlar ortasida huquqbuzarliklarning oldini olish boyicha profilaktika inspektorlari ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda javobgar boladi.

Malumotlarga kora, 2016 yil davomida Toshkent shahri boyicha 300 ga yaqin jinoyat, asosan, ogrilik, bezorilik voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan. Voyaga yetmaganlarning jinoyat kochasiga kirib qolish sabablarini aniqlash va profilaktika ishlarini talab darajasiga olib chiqishda ushbu lavozimning joriy etilishi katta ahamiyatga ega boladi, deb oylayman.

Farmonda ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi ornatilmoqda. Xususan, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari har chorakda tegishli ichki ishlar organlari hududiy bolinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Biz ularning axborotini yigilishda shunchaki eshitmasdan, aniq faktlarga asoslangan savollarni ortaga tashlashimiz kerak. Jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini organib, ularning oldini olish boyicha takliflar ishlab chiqishimiz talab etiladi. Aholi orasida diniy ekstremizmning salbiy oqibatlarini tushuntirishda ham ichki ishlar xodimlari bilan izchil hamkorlik qilishimiz kerak boladi.

Umuman olganda, mazkur Farmon ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga kotaradi. Unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish jamiyatimizda qonun ustuvorligiga erishish, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taminlash, shuningdek, inson manfaatlarini himoya qilishda katta ahamiyatga ega. Farmonda bildirilgan fikrlardan biz talim sohasi xodimlari, deputatlar ham tegishli xulosa chiqarib olishimiz, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, xavfsizlikni taminlashdek murakkab va sharafli vazifani bajarishda bor kuch va salohiyatimizni safarbar etishimiz lozim.

Jasur QULMUHAMMEDOV,

Toshkent avtomobil va yollar kasb-hunar kolleji direktori,

xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi

OzXDP guruhi azosi.



DB query error.
Please try later.