O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
11.04.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI SUDYALAR OLIY KENGASHI TOGRISIDAGI QONUN KUCHGA KIRDI

Mamlakatimizda sudlarning mustaqilligini ta’minlash, xolis faoliyat yuritishi uchun yetarli sharoit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil olib borilmoqda. Bu bejizga emas, albatta. Chunki inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, adolatli jamiyat qurish bevosita odil sudlovga erishish orqali amalga oshadi.

Shu yilning 18 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi togrisida»gi qonunni qabul qildi. Ushbu qonun 28 mart kuni Oliy Majlis Senatida maqullandi. Prezidentimiz tomonidan 6 aprel kuni imzolandi va rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kirishi belgilab qoyildi. Qonunning maqsadi Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga solishdan iborat.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azolaridan mazkur qonunning mazmun-mohiyatini sharhlab berishni soradik.

Shuhrat MAMAJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

— Mamlakatimizda sud-huquq tizimida yangi institut Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi joriy etilmoqda. Konstitutsiyamizning 111-moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashining konstitutsiyaviy maqomi aniq mustahkamlab qoyilgan. Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadi va Ozbekiston Respublikasi sud hokimiyati mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini taminlashga komaklashishi belgilab qoyilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi togrisidagi qonunning qabul qilinishi ushbu kengashning asosiy vazifalari va vakolatlarini, huquqlari hamda majburiyatlarini, uni shakllantirish va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilab berdi.

Kengash yuridik shaxsdir, u Ozbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oz nomi yozilgan muhrga ega boladi.

Qonunning 4-moddasi Kengash faoliyatining asosiy prinsiplariga bagishlangan. Unga muvofiq, Kengash faoliyati qonuniylik, mustaqillik, kollegiallik, xolislik, oz azolarining teng huquqliligi va ochiqlikka asoslanadi.

Kengash va uning azolari oz faoliyatida Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.

Kengash oz ishini faqat qonunga boysungan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek, mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Uning faoliyatiga aralashishga yol qoyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boladi. Kengash qarorlari uning majlisida kollegial ravishda qabul qilinadi. Uning azolari qarorlar qabul qilishda siyosiy qarashlardan va boshqa tashqi tasirlardan xoli bolgan oz nuqtai nazarini ifodalaydi. Barcha azolar teng huquqlidir va uning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda bittadan ovozga egadir.

Kengash oz faoliyatini ochiq tarzda, davlat organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Aliya YUNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Kopchilikni bir savol oylantirishi tabiiy. Kengash tarkibi qanday boladi? Kengash rais, rais orinbosari, uning azolari va kotibidan jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi.

Kengash raisi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tayinlanadi. Kengash raisining orinbosari Prezident tomonidan tasdiqlanadi va u bir vaqtning ozida Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini organish tadqiqot markazini boshqaradi.

Kengashning on bir nafar azosi Kengash raisining taqdimiga binoan Prezident tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi. Ushbu azolardan bir nafari Qoraqalpogiston Respublikasi sudlarining sudyalari orasidan tayinlangan bolishi kerak.

Kengash kotibi va uning yetti nafar azosi Prezident tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi.

Kengashning raisi, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan on bir nafar azosi oz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan sakkiz nafar azosi, shu jumladan Kengash raisining orinbosari oz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlangan va oz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi on bir nafar azosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning shobalari hamda Sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan, mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi.

Bunyod ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Kengashning asosiy vazifalaridan biri sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, eng malakali va masuliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek, rahbar sudyalik lavozimlariga korsatish uchun tavsiya berish asosida sudyalar korpusini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, u sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish boyicha chora-tadbirlar koradi. Sudyalarni kasbiy tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalarning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek, ularni ragbatlantirish boyicha tashabbus korsatishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalari bilan ozaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yolga qoyish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini korib chiqadi. Sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taminlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boyicha takliflar tayyorlaydi. Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish togrisidagi, shuningdek, ularni jinoiy va mamuriy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani korib chiqadi.

Bir soz bilan aytganda, ushbu meyorlar sud-huquq tizimini chuqur isloh etish, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu insonparvar demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, qonun ustuvorligi, uning oldida barcha fuqarolar tengligini taminlashga xizmat qiladi.

Abdugaffor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Qonunning 3-bobi Kengash faoliyatini tashkil etish masalasiga bagishlangan. Uning 14-moddasida Kengash majlisi haqida bayon etilgan. Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Majlis oz vakolatiga kiradigan masalalarning tayyorlanishiga qarab otkaziladi va oz azolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.

Kengashning qarori ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining kopchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Raislik qiluvchi oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng bolib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boladi. Qarorga rozi bolmagan Kengash azosi xulosani imzolaydi va u ozining alohida fikrini yozma tarzda bayon qilishga haqli bolib, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qoshib qoyiladi, lekin elon qilinmaydi.

Shuningdek, Kengash oz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar, xulosalar qabul qiladi va taqdimnomalar kiritadi. Kengash majlisida sudyalik lavozimiga nomzodni zaxiraga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish, nomzodning korsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqida, sudyalik lavozimiga tayinlash, qayta tayinlash, sudyalarni ragbatlantirish tashabbusi bilan chiqish haqida, sudyaga nisbatan intizomiy tasir choralarini qollash, sudyani jinoiy yoki mamuriy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish va sudyaning vakolatlarini toxtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish togrisidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin. Kengashning oz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.

Ushbu normalar odil sudlov sifatini oshirish, sud kadrlarini tanlash tizimini takomillashtirish va shu orqali sudlar mustaqilligini kuchaytirish vazifalarini qamrab olgani bilan ahamiyatli, deb oylayman.

Bundan tashqari, qonunda Kengashning davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi, Sudyalar korpusini shakllantirish, Kengash azosining mustaqilligi kafolatlari va maqomi, moddiy va ijtimoiy taminot masalalariga taalluqli qator moddalar oz aksini topgan.

Umuman olganda, sud-huquq tizimini isloh etish va yanada demokratlashtirish ishlari yangi bosqichga olib chiqiladi. Bu esa mamlakatimizda huquqiy davlat barpo qilish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olish, inson huquq va manfaatlarini taminlashga qaratilgan islohotlar kuchayishiga xizmat qiladi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: