O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
18.03.2017

KELAJAK BUGUNDAN BOSHLANADI

Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi esa davlatning bugungi va ertangi taqdirini hal etishda shubhasiz beqiyos orin tutadi. Shu manoda Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori har jihatdan yetuk, chuqur bilimga ega, zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Albatta, har bir qaror yoki farmon muayyan sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, tizim faoliyatini tubdan yaxshilash, yanada takomillashtirish yuzasidan qabul qilinadi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi 1411 ta kasb-hunar kollejlarida yoshlarimiz bir nechta ixtisoslik boyicha kasb-hunar organmoqda.

Oliy talim muassasalari qoshida 144 ta akademik litsey tashkil etilgan. Ochigini tan olishimiz kerak, songgi paytlarda kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda oqitish sifati, yetuk mutaxassislar tayyorlash, ayniqsa, davomat masalasida bir qator muammolar yuzaga keldi.

Shuningdek, akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy talim muassasalariga oqishga kirish korsatgichlari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar mazkur sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini korsatmoqda.

Tasavvur qiling oliy oquv yurti viloyat markazida joylashgan, biroq uning qoshidagi akademik litsey olis tumanda faoliyat korsatadi. Bunday sharoitda qanday qilib, oliy oquv yurti bilan akademik litsey ortasida bogliqlik, nazorat bolishi mumkin. Mazkur qarorda shu kabi koplab hal etilishi zarur va shart bolgan masalalar qamrab olingan.

Xususan, qarorga kora, bugungi kunda moddiy-texnik va oquv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy talim muassasalaridan uzoqda joylashgan, talim sifati va bitiruvchilarining oliy oquv yurtlariga kirish korsatkichlari past bolgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi.

Qolaversa, investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli royxatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi oquv ustaxonalari qurish uchun mablaglar ajratishga alohida etibor qaratiladi. Dunyo tajribasini kuzatadigan bolsak, oquv dasturlari koproq amaliyot bilan uygunlikda olib boriladi. Bunda talim muassasasining ozida mavjud bolgan oquv ustaxonalari imkoniyatlaridan unumli foydalaniladi. Eng asosiysi, oquv ustaxonasidagi texnik uskunalar hozirgi zamon talablariga javob berishi masalasiga alohida etibor qaratiladi. Shunda kasb-hunar kollejini bitirgan mutaxassis eng songgi rusumdagi texnikalar bilan jihozlangan korxona yoki tashkilotda bemalol ishlay oladi.

Mazkur hujjatda kozda tutilgan eng asosiy masalalardan yana biri — bu oliy talim muassasalarining yuqori malakali professor-oqituvchilarini akademik litseylarda dars berishga kengroq jalb qilish maqsadida akademik litseylardagi oqituvchilik faoliyatiga soatbay haq tolash miqdori oliy talim muassasalarida mehnatga soatbay tolash miqdoriga tenglashtirilishidir. Agarda akademik litseylarda oliy talim muassasalarining professor-oqituvchilari dars berishi yolga qoyilsa, bu talim sifatining oshishiga bevosita tasir korsatadi.

Bir soz bilan aytganda, mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan talim tizimi yaratilgan. Navbatdagi asosiy masala uning sifatini oshirish, tizimda yuzaga kelayotgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etishdan iboratdir.

Zokir NUROV,

Parkent transport va servis kasb-hunar kolleji direktori,

xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi.



DB query error.
Please try later.