Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
16.03.2017

BUGUN BUXOROLIKLAR

Prezidentimizning viloyatga tashrifi doirasida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan fikr-mulohazalar haqida hayajon bilan, faxr-iftixor bilan gapirishmoqda

 

Qiyomiddin QO‘LDOSHEV, xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, Sulton Jo‘ra QFY raisi:

— Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi odamlarimizning hayotga yangicha munosabatda bo‘lishiga turtki berdi, deb o‘ylayman. Uchrashuvlar davomida aholi bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, yengil sanoatni rivojlantirish orqali barqaror ish o‘rinlari yaratishga doir loyihalar qizg‘in muhokama etildi.

Ochig‘ini tan olish kerak, so‘nggi yillarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashda qiyinchiliklar bor edi. Shu bois davlatimiz rahbari yangi korxonalarni ko‘paytirish, ular uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, hududdagi kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish lozimligini qayd etdi.

Shu bilan birga, kasb-hunar kollejlarida davomatni o‘rganish, yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish masalasi ko‘tarildi. Haqiqatan ham, viloyatimizdagi ayrim kasb-hunar kollejlarida davomat keskin tushib ketgan edi. Buning oldini olish bo‘yicha zarur ishlar olib borilayapti. Misol uchun, mahallamiz hududidagi kasb-hunar kollejiga o‘quvchilar uzoq masofadan qatnashga majbur bo‘layotgandi. Bu davomatga salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Yaqindan boshlab, ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Partiyamiz Saylovoldi dasturida ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Joylarda saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda shunga guvoh bo‘ldimki, chekka tumanlarda sanoat va ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Shu ma’noda «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2017-2018 yillarda Buxoro viloyatida paxta tolasini qayta ishlash dasturi loyihasi taqdim etilgani odamlarimizni ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Chunki yangi loyiha bo‘yicha viloyatning 7 shahar va tumanida 13 yirik sanoat korxonasini barpo etish rejalashtirilgan. Bu loyihalarning amalga oshishi viloyatda yetishtirilgan paxta tolasining 65 foizini qayta ishlash, 5 mingga yaqin ish o‘rni tashkil etish imkoniyatini yaratishi bilan alohida e’tirofga sazovordir.

Mahallalarda joylashgan bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, aholini tadbirkorlikka jalb qilishga harakat qilayapmiz. Yaqinda ana shunday bir bino tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqaroga berildi. Endi bu yerda qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. 25 ish o‘rni yaratiladi.

Albatta, loyihalar, rejalar o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Bunga mas’ul bo‘lgan korxona va tashkilotlar, shu bilan birga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlar zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklanadi. Bu ishlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini doimiy nazoratga olish talab etiladi.

 

Norjon DAVIDOVA, Xalq deputatlari Shofirkon tuman Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi, Shibirg‘on qishloq vrachlik punkti mudiri:

— Prezidentimiz qaysi viloyatga tashrif buyurmasin, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, yangi tibbiyot muassasalarini barpo etish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Soha xodimi sifatida shuni tan olib aytishim kerakki, bugungi tibbiyot tizimi zamon talabiga to‘liq javob bera olmayapti.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarning viloyat bo‘limlarini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Buning amaliy tasdig‘i sifatida uchrashuvda respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali binosini jahon standartlariga mos ravishda ta’mirlash, bo‘limlarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar, asbob-uskunalar bilan ta’minlash, yangi qabulxona, reanimatsiya, komputer-tomografiya xonalari qurish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, respublika urologiya markazining Buxoro filiali qurilishi borasida ham zarur tavsiyalar berildi.

Albatta, tibbiyot sohasida zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalar muhim o‘rin tutadi. Biroq, sohada malakali kadrlar tayyorlash masalasi izchil yo‘lga qo‘yilmasa, bundan hech qanday foyda yo‘q. Prezidentimizning Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi va klinikasi qurilishi loyihasi bilan tanishishi bu boradagi muammolar tez orada bartaraf etilishini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti uchun 900 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi, 200 o‘rinli tarkibiy-funksional bo‘limlardan tashkil topgan klinika qurilishi rejalashtirilmoqda.

Hozirda qishloq vrachlik punktlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha zimmamizga muhim vazifalar yuklatilmoqda. Uchrashuvlarda ham bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. Shundan kelib chiqqan holda, zarur chora-tadbirlarni ko‘rayapmiz. Bularning barchasi aholiga munosib tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yangi bosqichga olib chiqadi.

 

Umar JALOLOV, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Buxoro shahar bo‘limi raisi, xalq deputatlari shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi:

— Mamlakatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi odamlarimizning kayfiyatini yanada ko‘tarib yubordi. Chunki hayotimizdagi tom ma’nodagi yangilanish va o‘zgarishlar xalqimizga ma’qul va manzur bo‘lmoqda.

Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida Buxoro shahridagi markaziy ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi barchaning ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Ushbu ko‘cha qiyofasini o‘zgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish bo‘yicha 3 yilga mo‘ljallangan loyihaning ishlab chiqilishi shaharning yanada zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etishida muhim o‘rin tutadi.

Prezidentimiz tashrifi davomida Buxoro shahrining G‘ijduvon, Bahovuddin Naqshband, Ibn Sino, Navoiy ko‘chalarida 57 ta ko‘p qavatli uy qurilishi ta’kidlandi. 2017-2021 yillarda barpo etiladigan bu turar-joylar aholini arzon va zamonaviy uylar bilan ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari viloyat faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda aholining arzon uy-joylarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, Buxoro shahrida 2017 yilda 253 ta arzon uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda shaharda 65 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda. Uchrashuv davomida jinoyatchilikka qarshi kurash, bu borada mahalla fuqarolar yig‘ini hamda profilaktika inspektorlarining hamkorligini yanada kuchaytirish, oilalar bilan suhbatlar olib borish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar tarbiyasida mahallaning o‘rnini oshirish zarurligi qayd etildi.

Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, aholini tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Bu borada tijorat banklari bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida ham amaliy qadamlar qo‘yildi.

 

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri

Nurali ORIPOV

yozib oldi. 



DB query error.
Please try later.