O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
14.03.2017

HARAKATLAR STRATEGIYASI ASOSIDA

tibbiy xizmat sifati yaxshilanmoqda

Barcha sohadagi islohotlarni chuqurlashtirishda, taraqqiyotimizni yangi bosqichga ko‘tarishda mamlakatimizni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirishga moljallangan Harakatlar strategiyasi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bu muhim hujjat davlatimizni barqaror rivojlantirish boyicha mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni amalga oshirishni kozda tutadi.

Harakatlar strategiyasining tortinchi yonalishida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya va sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda infratuzilmani rivojlantirish masalalari boyicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Ushbu keng qamrovli dasturda belgilangan vazifalar barchaga birdek manzur boldi. Jumladan, mamlakatimizdagi 78 tuman tibbiyot birlashmasi, 7 shahar va 2 viloyat kop tarmoqli tibbiyot markazlarining qayta qurilishi, tez tibbiy yordam xizmati 1200 maxsus avtotransport bilan taminlanishi mamlakatimizda inson manfaatlari oliy mezon, deb qaralayotganidan dalolatdir.

Harakatlar strategiyasi hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi asosida har bir hududda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanimizda kop tarmoqli markaziy poliklinika, uning 7 bolimi va 19 qishloq vrachlik punkti mavjud. Markaziy poliklinika Davlat dasturiga kiritilgan va bu yerda 4,8 milliard somlik rekonstruksiya ishlari jadal olib borilmoqda. Qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish hisobiga Dardoq va Qoshtepa qishloqlarida 1 tadan oilaviy poliklinika tashkil etish yuzasidan tegishli ishlar boshlab yuborildi.

Bu oilaviy poliklinikalarda ayollar maslahatxonasi bilan birga, ginekolog, stomatolog, bolalar vrachi, terapevt va umumiy amaliyot shifokorlari xizmat korsatadi. Ular, shuningdek, ratsiyali tibbiyot avtomobillari va tungi navbatchi xodimlar bilan taminlanadi.

Oilaviy poliklinikaning vrach va patronaj hamshiralari uyma-uy yurib, aholi salomatligini saqlash ishiga safarbar qilinadi. Patronaj hamshiralarining mehnatini baholash tizimi yolga qoyilib, yaxshi korsatkichga ega bolganlarning oylik maoshiga 20 foiz ustama qoshib berish amaliyoti joriy etiladi.

Deputatlik faoliyati va xizmat taqozosi bilan hududlarda bolganimizda, aholi tibbiy xizmat sohasida katta ozgarishlar kutayotgani haqida fikr-mulohazalar bildirilar edi. Chunki tumanimizda otgan yili berilgan 1 dona reanimobildan tashqari barcha texnika vositalari ancha eskirib qolgandi. Harakatlar strategiyasida bu sohaga ham alohida etibor qaratilgani ayni muddao boldi, deb oylayman.

Nematillo ISMOILOV,

xalq deputatlari Qorgontepa tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi.



DB query error.
Please try later.