O'zb  
 
14.03.2017

XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI, FIDOYILIGI

jamiyat rivoji, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi

Yurt ravnaqi, xalq farovonligini ta’minlashda xotin-qizlarga qaratilayotgan etibor, yaratilayotgan shart-sharoit muhim o‘rin tutadi. Shu bois mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, manaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yonalishlaridan biriga aylangan.

Birinchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi faoliyatini qollab-quvvatlash borasidagi farmon ayollarni ijtimoiy himoyalashga oid ishlarni yanada kuchaytirish, salomatligini mustahkamlash, ularning ilgor goya va tashabbuslarini qollab-quvvatlash, xotin-qizlar masalalari bilan shugullanuvchi nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari faoliyatini ragbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Aynan shunday say-harakatlar natijasida bugungi kunda Ozbekiston yosh avlodga zamonaviy talim-tarbiya berish, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoridan orin olib kelmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning har bir viloyatda aholi bilan keng muloqot olib borayotgani, xonadonlarga kirib, ayollarimizning kundalik hayoti, turmush darajasi, oilalari bilan qiziqayotgani, ayniqsa, 8 mart bayrami bilan xotin-qizlarni shaxsan ozi tabriklagani, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlariga nufuzli mukofotni topshirgani butun Ozbekiston ayollari qalbida faxr-iftixor tuygularini uygotdi.

Tabrikda takidlanganidek, bugungi kunda faqatgina ilm-fan, talim-tarbiya, sogliqni saqlash, madaniyat va sanat sohalarida faoliyat olib borayotganlarning 72 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. 8,5 mingdan ortiq opa-singillarimiz mahallalarda maslahatchi sifatida faoliyat olib bormoqda. Mana shu raqamlar mamlakatimiz hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini taminlashda ayollarimiz katta kuch ekanligidan darak beradi.

Prezidentimiz alohida takidlab otganidek, biz, ayollar jamiyatda mavjud ijtimoiy masalalarning hal qilinishida, aholini uy-joy bilan taminlash, sogliqni saqlash tizimini isloh etish masalalarida faol ishtirok etishimiz lozim.

Ayniqsa, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taminlash, fuqarolar va millatlar ortasida hamjihatlik muhitini shakllantirish, qobil va komil farzandlarni tarbiyalash, ularni turli xil yot goyalardan himoya qilish yurtimiz xotin-qizlarining birinchi navbatdagi vazifalari hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizning faol ayollari xotin-qizlarga oid davlat siyosatini keng targib qilish ishlarini yanada takomillashtirishi, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlashi, yangi goya va tashabbuslarni ilgari surishi zarur.

Qishloq ayollarining ogirini yengil qilish, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratish, maktab, litsey va kollejlarda talim olayotgan qizlarimizga etiborni yanada kuchaytirishimiz lozim.

Davlatimiz rahbari oz tabrigida ayollar va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish maqsadida joriy yilda 1 trillion som, talim muassasalarini bitirib chiqadigan 10 mingga yaqin yoshlar uchun 60 milliard som kredit mablaglari ajratilishi rejalashtirilayotganini takidladi. Bu raqamlar mamlakatimizda ayollar va yoshlarni har tomonlama qollab-quvvatlash borasidagi ezgu ishlar kolamining naqadar kengligini korsatadi.

Bunday ulkan rejalarning amalga oshirilishi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlari va faollari, «Faol ayollar» va Istiqbol yoshlar qanotlari oldiga ham qator vazifalarni yuklaydi. Bu jarayonlarda elektorat manfaatlarini himoya qilish, yangi ish orinlari yaratish, elektorat vakillarining ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish masalalariga alohida etibor qaratish, hayotiy va xotin-qizlarimizga amalda foydasi tegadigan tashabbuslar bilan chiqish muhim ahamiyatga ega.

Sharbat ABDULLAYEVA,

iqtisod fanlari doktori, professor,

OzXDP faoli.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: