O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
11.03.2017

SUN Litsze: NAVROZ QADIMIY MILLIY QADRIYATLAR TIMSOLI, MEHR-OQIBAT, SAXOVAT VA EZGULIK RAMZI

Yilning eng ajib va go‘zal fasli bahor kirib keldi. Navroz ayyomi ham tobora yaqinlashmoqda. Bu bayram ozining tarixi, falsafasi, gozalligi bilan mamlakatimizda faoliyat korsatayotgan diplomatik korpus vakillari, mehmonlarda alohida qiziqish uygotmoqda.

Navroz arafasida Xitoy Xalq Respublikasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi SUN Litsze OzA muxbiriga quyidagilarni sozlab berdi:

— Ozbekiston nafaqat noyob tarixiy yodgorliklari, muqaddas qadamjolari, zamonaviy binolari, balki turfa an’ana va urf-odatlari bilan ham dunyoga mashhur. Ozbekistonda har bir bayram mazmunli, shodu xurramlik bilan otadi.

Navroz yurtingizda azaldan ananaviy nishonlanib kelinayotgan bayramlardan biridir. Qadimgi milliy qadriyatlar timsoli bolgan ushbu bayram xalqingizning bagrikenglik, yaxshilik, saxovat va mehr-muruvvat kabi olijanob fazilatlarini namoyon etadi.

Men Ozbekiston xalqining kop asrlik urf-odat, anana va qadriyatlarini chuqur hurmat qilaman. Mamlakatingizda milliy qadriyatlar va ananalarni qayta tiklash, ularni chuqur organish, yanada rivojlantirish va targib qilish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilayotgani etiborga loyiqdir.

Ozbekistonning bahor kelishi bilan ozgacha tus olib, yanada chiroy ochishi unutilmas taassurot qoldiradi. Navroz arafasida har bir hududda obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish ishlari, hashar otkazilishi ananaga aylangani diqqatga sazovordir. Bunday ezgu ananalar odamlarni jipslashtirib, jamiyatda tinchlik, totuvlik, bagrikenglik va bunyodkorlik muhitini yanada mustahkamlashga komaklashadi.

Mamlakatingizda Navrozni keng nishonlash gozal ananaga aylangan. Bu bayramni bir necha yildan buyon Ozbekiston xalqi bilan birgalikda nishonlayotganimdan xursandman. Toshkent shahridagi maydon va xiyobonlar, barcha shahar va qishloqlarda otkaziladigan bayram sayillarini intiqlik bilan kutaman.

Elchi janoblari, Ozbekiston bilan Xitoy ortasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida ham sozlab bersangiz?

Joriy yil mamlakatlarimiz uchun alohida ahamiyatga ega yil ekanini takidlashni istardim. Negaki, bu yil ozaro diplomatik munosabatlar ornatilganiga 25 yil toldi. Davlatlarimiz ortasidagi hamkorlik izchil va muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. 2016 yil Xitoy va Ozbekiston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yolga qoydi.

Mamlakatlarimiz ortasida oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilmoqda, ozaro ishonch yuksalib, xavfsizlik sohasidagi samarali hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. Xalqlarimiz ortasidagi aloqalar tobora kengaymoqda. Davlatlarimiz mintaqaviy va xalqaro masalalarni hal etishda yaqin hamkorlik qilmoqda va ularning bu boradagi fikrlari kop jihatdan bir-biriga mos keladi. Xususan, 2016 yil iyun oyida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Ozbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, songgi oylarda XXR Raisi Si Szinpin va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir necha marta muloqotda bolib, mamlakatlarimiz ortasidagi ananaviy dostlik va ozaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash istagi mushtarakligini bildirdi.

Xitoy va Ozbekiston xalqlarini azaldan ozaro savdo munosabatlari, madaniyatlarni boyitish rishtalari boglab kelgan. Bugungi kunda siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, qurilish, ilm-fan, talim va madaniyat kabi turli jabhalardagi hamkorligimiz yangi rivojlanish bosqichiga kotarildi.

Shuningdek, Xitoy va Ozbekiston munosabatlari ShHT doirasida ham jadal rivojlanmoqda.

Mamlakatlarimiz qator yirik investitsiya loyihalarini birgalikda hayotga tatbiq etmoqda. 2013 yili «Jizzax» maxsus industrial zonasi shaklida tashkil qilingan yuqori texnologiyalar sanoat parki bunga yorqin misol bola oladi. Ushbu erkin iqtisodiy zona va uning Sirdaryo viloyatidagi filialida mobil telefonlar, tikuvchilik mashinalari, qurilish materiallari, quyosh kollektorlari va boshqa talab yuqori bolgan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Angrenda Xitoyning Poli Texnoloji kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil va qishloq xojaligi texnikasi uchun shinalar hamda konveyyer lentalari ishlab chiqarish yolga qoyilmoqda.

Markaziy Osiyo Xitoy gaz quvuri tarmoqlarining Ozbekiston orqali otishi yoqilgi-energetika sohasidagi ulkan salohiyat va ozaro manfaatdorlikdan dalolat beradi. Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) mamlakatingizdagi uglevodorod konlarini qidirish va qazish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni qayta ishlash boyicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Mamlakatlarimiz ortasida madaniyat, fan, talim, turizm sohalaridagi hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda. Ozbekiston Xitoy hamda Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Osiyo mamlakatlari dostlik jamiyatlari bu borada muhim orin tutmoqda. Songgi yillarda talabalar almashish, xitoy tilini oqitish, mintaqalararo aloqalar, qoshma arxeologik ekspeditsiyalar otkazish, badiiy asarlarni har ikki tilga ogirish boyicha yangi yutuqlarga erishildi. Madaniy-gumanitar hamkorlik esa mamlakatlarimiz xalqlarining qalbiga ozaro hurmat tuygularini chuqur singdirmoqda. Markaziy Osiyoda birinchi bolib Toshkentda tashkil etilgan Konfutsiy institutini songgi 12 yilda Xitoy va Ozbekiston ortasidagi dostlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan 3 mingdan ziyod mutaxassis bitirdi. Xitoy qadimgi madaniyat yodgorliklari ishlari boyicha davlat boshqarmasi, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi, Xitoy Shimoli-Garbiy universiteti mutaxassislari ozbekistonlik hamkasblari bilan arxeologik tadqiqotlar olib borish va tarixiy obidalarni restavratsiya qilish boyicha hamkorlikda ishlamoqda, Buyuk ipak yolini qayta tiklashga harakat qilmoqda. Otgan yili xitoylik mashhur yozuvchi Lao Shening Mushuklar shahri xotiralari asari ozbek tiliga tarjima qilindi.

Shu bilan birga, Xitoy Ozbekistonga mintaqaviy transport uzeli sifatida alohida etibor qaratadi va bu borada ozbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor. Barcha sohalardagi ozaro hamkorlik Xitoy va Ozbekiston xalqlari farovonligi yolida yanada mustahkamlanishiga ishonaman.

Janob elchi, Ozbekistonda davlat va jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijalarini qanday baholaysiz?

Ozbekiston ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlat. Xitoy Xalq Respublikasi Ozbekiston Respublikasini ishonchli hamkor, deb biladi. Biz Ozbekiston xalqining milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlagan taraqqiyot yolini, mustaqillikni mustahkamlash, suvereniteti va hududlar yaxlitligini taminlash borasidagi say-harakatlarini hurmat qilamiz va qollab-quvvatlaymiz.

Ozbekiston fuqarolarining hayot darajasi muttasil ortib bormoqda. Mamlakat bozor iqtisodiyotiga ega va ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqaror industrial rivojlangan davlatga aylanmoqda va bu mustaqilikka erishilgandan song siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarda hayotga tatbiq etilayotgan keng kolamli islohotlar samarasidir. Sanoat, jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning jadal suratlar bilan osib, Ozbekiston iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiya oqimi kopayib borayotgani va, ayniqsa, chet ellik sheriklar uchun biznes muhitining muntazam takomillashtirilayotgani, erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilayotgani bunga yorqin misol bola oladi.

Shu yilning 7 fevralida tasdiqlangan

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada rivojlantirish yonalishlari aniq belgilangan.

Strategiyani amalga oshirish maqsadida Ozbekistonda islohotlarni ilgari surish, iqtisodiyotning ochiqligini rivojlantirish va ragbatlantirish, investitsiyalar jalb etish boyicha qator aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatingizning islohotlar va ochiqlik siyosatidan Xitoy ham manfaatdor.

Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, iqtisodiy taraqqiyot yolida togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ichki investitsiyalardan unumli foydalanish samarasida Ozbekiston kelajakda oz oldiga qoygan maqsadlarni amalga oshirishda yuksak marralarga erishadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasida iqtisodiyotni barqaror yuqori suratlar bilan rivojlantirish inson manfaatlarini taminlashda muhim ahamiyatga ega ekanini takidladi.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilishi Ozbekistonda inson huquq va erkinliklarini taminlash, davlatning xalq bilan muloqoti borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarning mantiqiy davomidir.

Bu, oz navbatida, aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, Ozbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Navroz ayyomi bilan samimiy tabriklayman. Ozbekiston va uning dost xalqiga chin dildan tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilayman.

OzA muxbiri

Nodira MANZUROVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: