O'zb  
 
11.03.2017

ABADIY DOSTLIK VA MUSHTARAK MAQSADLAR YOLIDA

Orazmurad QURBONOV, Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi, «Do‘stlik» ordeni sohibi:

— Biz ozbekistonlik turkmanlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifini katta hayajon va cheksiz quvonch bilan kuzatdik. Bu tarixiy safar goyatda samarali otganiga shohid boldik. Avvalo aytish kerakki, Ozbekiston rahbarining birinchi bolib Turkmanistonga davlat tashrifi bilan borganligining ozi ozbek va turkman xalqlari mustahkam dostligining yana bir yorqin isboti boldi.

Bu tashrif mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga, foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solishga xizmat qilishiga ishonchimiz komil. Ikki davlat rahbarlarining samimiy uchrashuvi, imzolangan shartnomalar, madaniy tadbirlar taraqqiyotimizni tezlashtiradi, hamkorlikni mustahkamlaydi.

Shavkat Mirziyoyev ozining saylovoldi dasturida va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida Ozbekiston barcha davlatlar, birinchi navbatda, qoshni mamlakatlar bilan ozaro manfaatli hamkorlik qilishini bayon etgan edi. Prezidentimizning Turkmanistonga qilgan mazkur davlat tashrifi Ozbekiston tashqi siyosatda yaxshi qoshnichilik munosabatlariga alohida e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi. Ozbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining bu galgi uchrashuvi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asos solingan ozaro manfaatli va serqirra muloqotlarning mantiqiy davomi bolib, dostlik va hamkorlik aloqalarini yanada yuksak bosqichga olib chiqadi.

Biz ozbekistonlik turkmanlar Turkmanobod shahridagi katta prospektlardan biriga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi berilgani va Yurtboshimizga haykal qoyilganiga goyat quvonib, minnatdorlik bilan qabul qildik. Bunday olijanob munosabatdan konglimiz togdek kotarildi.

Bu galgi tashrif davomida ozbek va turkman xalqlarining bir-biriga mehr-oqibati, tinchlikparvarlik, ochiq kongillilik va bagrikenglik kabi olijanob fazilatlari boy-basti bilan namoyon boldi.

Ozaro hamkorlik va dostlik rishtalarining tarixi uzoq otmishga borib taqaladigan bu ikki qardosh xalqning aloqalari 2007 yilda imzolangan Dostona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash togrisidagi davlatlararo shartnoma asosida izchil davom etib kelmoqda.

Ozbek va turkman xalqlari azal-azaldan yonma-yon, tinch-totuv, ahil va inoq yashab kelgan, bir daryodan suv ichgan, bir-birining madaniyatini boyitgan. Bugungi kunda bu azaliy dostlik ananalari yanada kotarinki ruhda davom ettirilmoqda. Ildizi bir bolgan xalqlarimiz bugun hamma sohada hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda. Qaysi bir sohani olmang, unda albatta, etirof va etiborga munosib taraflar bor. Masalan, bugungi kunda, Ozbekistonda yashayotgan 130 dan ortiq millatu elatlar orasida turkmanlar ham bor. Respublikamizda ular emin-erkin yashashi, mehnat qilishi, farzandlarini tarbiyalab, kamolga yetkazishi, oz ona tilida oqib, tahsil olishi uchun barcha imkon va sharoit yaratilgan. Jumladan, Respublika turkman milliy madaniy markazi va Qoraqalpogiston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridagi milliy madaniy markazlar faol ishlab turibdi.

Talim sohasini oladigan bolsak, bugungi kunda respublikamizda turkman tilida ham umumtalim maktablari faoliyat korsatib kelmoqda.

Respublika turkman milliy madaniy markazi har yili tashkil etiladigan Ozbekiston umumiy uyimiz, Bizning kuch birlik va jipslikda, kabi madaniy-marifiy tadbirlar va boshqa bayram tantanalarida faol qatnashib keladi.

Prezidentimizning Turkmanistonga davlat tashrifi arafasida Toshkentda Maxtumqulining Elingga baxsh ayla kitobi chop etilgani nafaqat Ozbekiston xalqi, balki turkman xalqi uchun ham katta sovga boldi. Kuni kecha matbuotda oqidik, Maxtumqulinoma kitobi ozbek tiliga tarjima qilinibdi. Samarqandda otkazib kelinayotgan ananaviy Sharq taronalari Xalqaro musiqa festivalida turkman sanatkorlarining izchil qatnashib kelayotganini ham alohida takidlamoqchiman.

Ikki mamlakat Prezidentlarining ochiq, samimiy muloqoti nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiradi, shu bilan birga, xalqlarimiz ortasidagi dostlik rishtalarini yanada mutahkamlaydi, bordi-keldiga keng yol ochadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga qilgan davlat tashrifi dostlik va hamkorlik, mintaqadagi tinchlik hamda barqarorlikni yanada mustahkamlashga, ozbek va turkman xalqlari ortasidagi munosabatlarning yangi davrini boshlab berishiga, abadiy dostlik va mushtarak maqsadlarga xizmat qilishiga ishonchimiz komil.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: