O'zb  
 
04.03.2017

ETIBOR VA GAMXORLIK

odamlarning ko‘nglini kotarmoqda

Prezidentimizning «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni tolash mexanizmini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi qarori Qoraqalpogiston Respublikasidagi pensionerlar, talabalar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj barcha fuqarolarni nihoyatda mamnun etdi. Ayniqsa, olis qishloq va ovullarda yashovchi keksalarning minnatdorligi cheksiz.

– Men Qoraozak tumanining Berdaq ovul fuqarolar yiginida istiqomat qilaman, deydi Bibigul Jumamuratova. Oldinlari plastik kartochka orqali olingan pensiyalarni qanday ishlatishni bilmay qiynalardik. Prezidentimizning qarori qabul qilingan zahoti kuchga kirganidan xursandmiz. Fevral oyidan pensiyalarimizni oz vaqtida olayapmiz.

Yurtimizda aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoyalashga katta e’tibor berilayotganiga ozim guvohman, — deydi Chimboy tumanida istiqomat qiluvchi II guruh nogironi Yusupboy Turemuratov. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining qarori asosida bizdek nogironlarga pensiyaning naqd pulda tolanishi har tomonlama qulaylik tugdirdi. Endilikda pensiya pullarini davolanish, dori-darmon sotib olish va uy-rozgor xarajatlari uchun bemalol sarflash imkoniga ega boldik.

Yoshim 81 da, deydi Chimboylik Minaj Aminov. Keksa kishiga plastik kartochkalardan foydalanish kop qiyinchilik tugdiradi. Bozordagi mahsulotlarni kartochka orqali sotib olib bolmaydi. Kartoshka, piyoz, sabzi, meva-cheva esa terminali bor dokonlarda kam topiladi. Shunday paytda nima qilishimizni bilmay boshimiz qotardi. Endi esa naqd pulga xohlagan joyimizda, xohlagan narsani sotib olyapmiz. Biz, keksalarga korsatilgan ehtirom, yaratilgan qulaylikdan minnatdormiz.

Men Kegayli tumanining chekka qishloqlaridan birida istiqomat qilaman, deydi Jaqsibike Saparova. Pochta xodimlari pensiyamizni uyimizga olib kelib berishdi. Yana naqd pulda. Shundan beri qolimiz va tilimiz duoda. Bizni siylaganlarni Yaratganning ozi siylasin, deymiz.

Ha, bu hayotiy qaror odamlar mushkulini oson qilib, konglini kotarmoqda, turmushini yanada farovonlashtirmoqda. Eng muhimi, odamlar etibordan minnatdor.

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.