O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
28.02.2017

ILM-FAN TARAQQIYOTI DAVLAT VA JAMIYAT RIVOJI, TURMUSH FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI

Prezidentimizning «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi qarori akademiklar, olimlar, umuman, ziyolilar tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Ilm-fanga berilayotgan yuksak e’tibor, eng avvalo, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Nazar TORAYEV, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi azosi:

— Fanlarni bir-biridan ajratib bolmaydi. Ular ozaro uzviy holda rivojlanadi. Shu manoda Prezidentimiz qarori asosida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tizimida Fanlar akademiyasining orni va rolini oshirishga alohida etibor qaratilgani juda muhim ahamiyatga ega.

Fanlar akademiyasi tizimida intellektual salohiyati yuqori bolgan olimlar, akademiklar yigilgan. Ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish talab etiladi. Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan akademik fanning mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasining ilmiy-innovatsion faoliyatini takomillashtirish va mavqeini oshirish masalalariga katta etibor berilmoqda.

Mamlakatimiz rahbarining akademiklar va yetakchi olimlar bilan bolgan uchrashuvida juda dolzarb masalalar kotarilgan edi. Mazkur qarorda ushbu uchrashuvda bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar oz ifodasini topganini aytishni istardim. 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab akademiklarga eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqlardan ozod etilgan oylik gonorar belgilandi. Bundan tashqari, ular uchun sanatoriy muassasalarida har yili bepul soglomlashtirish kursidan foydalanish huquqi berildi. Bugungi kunda akademiklar ilmiy, talim va ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etilib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etishlari uchun ularga zarur imkoniyatlar yaratilmoqda.

Tan olish kerakki, ilmiy-texnik salohiyatning hozirgi kundagi ahvoli, kadrlar bilan taminlanganligi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy-texnika, tajriba va laboratoriya bazalarining rivojlanish darajasi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining jadal suratlaridan ortda qolmoqda. Bu holatga oz vaqtida tashabbuskor bolmaganimiz, fidoyilik korsata olmaganimiz sabab bolgan, deb oylayman.

Endi berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, mamlakatimiz ilm-fanini yanada rivojlantirishimiz, iqtidorli yigit-qizlarni tarbiyalab, qollab-quvvatlashimiz zarur.

Abdugaffor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, talim, madaniyat va sport masalalari qomitasi azosi, OzXDP fraksiyasi azosi:

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida ham ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish masalalari qamrab olingan. Mazkur qaror aynan Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilindi.

Rivojlangan davlatlar tajribasini kuzatadigan bolsak, ularda ilm-fanni yuksaltirishga jiddiy etibor qaratiladi. Davlat tomonidan katta mablaglar ajratiladi. Mamlakatning istiqboldagi rivojlanishi ilm-fan yutuqlari asosida belgilab olinadi.

Ilmiy izlanishlar ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning real muammolarini hal qilishga yonaltirilib, ilm-fan va ishlab chiqarish ortasidagi uzviy integratsiya taminlansa, ilmiy-texnologik ishlanmalarni amaliyotga joriy etish boyicha katta natijalarga erishiladi.

Qarorda bu masalaga alohida etibor berilgan. Xususan, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yanada mustahkamlash maqsadida Fanlar akademiyasi tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkil qilinib, qator muassasalar akademiya tasarrufiga qaytarilgan. Bularning barchasi Fanlar akademiyasi tomonidan keng kolamli fundamental tadqiqotlar olib borilishini taminlash, turli fan tarmoqlari boyicha mavjud ilmiy salohiyatni birlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning dolzarb muammolarini bartaraf etish imkoniyatini beradi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qomitasi negizida Ozbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etilmoqda. Agentlik zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish, bu borada davlat topshiriqlarini shakllantirish singari muhim vazifalar yuklandi.

Ularning ijrosi mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga kotaradi. Shu bilan birga, intellektual salohiyatni birlashtiradi. Ilmiy izlanishlardagi samarasiz mavzularga va takrorlanishlarga barham berishni taminlaydi. Ochigini aytish kerak, songgi paytlarda ana shu kabi masalalarda kamchiliklar bor edi.

Bir soz bilan aytganda, Prezident qarori ijrosi ilm-fanning izchil taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: