O'zb  
 
25.02.2017

YOL XOJALIGINI BOSHQARISH TIZIMI TUBDAN TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Ahad AHMEDOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, OzXDP fraksiyasi azosi:

— Mamlakat taraqqiyotida yol xojaligi, ushbu tizim samarali faoliyat korsatishi muhim orin tutadi. Bu borada amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar, royobga chiqarilayotgan koplab loyihalar natijasida hududlarda zamonaviy obyektlar qad rostlamoqda, yol-transport infratuzilmasi rivojlanmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 14 fevraldagi «Yol xojaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni ushbu yonalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, sohaga yondashuvni tubdan ozgartirishga xizmat qilishi bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Binobarin, farmonda yurtimizda avtomobil yollari tarmogini yanada rivojlantirish, sohadagi muammolarni bartaraf etish boyicha aniq va samarali chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Chunonchi, Avtomobil yollari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tugatilib, uning negizida Ozbekiston Respublikasi Avtomobil yollari davlat qomitasi tashkil etildi. Bu, oz navbatida, avtomobil yollari sohasida yagona siyosatni olib borish, taraqqiyotning shiddatkor davrida xalqaro tranzit yolaklarini shakllantirish, avtomobil yollarini bugungi kun talabidan kelib chiqib loyihalashtirish, qurish va tamirlash, xojaliklararo qishloq avtomobil yollari, shuningdek, kochalarning sifatini tubdan yaxshilash imkonini beradi.

Ushbu hujjatda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yollarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tamirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish qomitaning asosiy vazifasi etib belgilandi. Albatta, bu kelajakda avtomobil yollarining sifati va samaradorligini yanada oshirish, ularni loyihalashtirishda ilmiy yondashuvlarni amaliyotga izchil joriy etish, pirovardida xalqaro standartlar darajasidagi transport infratuzilmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yol-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan Davlat inspeksiyasi tashkil etilishi etiborlidir. Bu yol qurilishi ishlarida, unda foydalaniladigan materiallarni ishlab chiqarish jarayonlarining mukammalligini taminlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Yana bir etiborli jihati, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yol jamgarmasi Vazirlar Mahkamasiga boysundirildi. Uning asosiy vazifasi Respublika yol jamgarmasi mablaglari tushumi va sarf-xarajatlari yillik balansini shakllantirish, deb belgilandi. Bu mamlakatimizda yol qurilishi bilan bogliq barcha loyihalarni oz vaqtida moliyalashtirish va amalga oshirish imkonini beradi.

Farmon ijrosini taminlash, sohaga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish hamda uning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish biz, deputatlar zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Chunonchi, avtoyol sohasidagi faoliyatni tanqidiy tahlil qilish, bu boradagi ishlarni qonunchilik ijrosi nuqtai nazaridan organish maqsadida parlament sorovlarini yuborish, sohaga bevosita taalluqli bolgan qonunlarni nazorat-tahlil tartibida organish masalalarida parlament vakolatlaridan keng foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Zero, ushbu vazifalarning bajarilishi iqtisodiyot rivojiga, shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilishga, aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.



DB query error.
Please try later.