Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
23.02.2017

ANIQ VA AMALIY NATIJA UCHUN ISHLASHIMIZ KERAK

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bu jarayonda Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi — ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muxbirlarimiz yig‘ilish qatnashchilari bilan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar hamda ularning ahamiyati haqida suhbatlashdi.

 

Akmal UMARALIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning ertangi kuni bilan bog‘liq Harakatlar strategiyasida kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlandi. Unda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi sifatini tubdan yaxshilash, siyosiy partiyalar rolini, nufuzini oshirish bo‘yicha hayotiy g‘oyalar ilgari surildi.

Dasturda milliy qonunchiligimizni takomillashtirish, 20 dan ortiq qonun va me’yoriy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Xususan, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihalarini ishlab chiqish, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlarga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining Reglamentiga qo‘shimchalar kiritish belgilangan.

Tegishli qonun loyihalarining ishlab chiqilib, qabul qilinishi mamlakatimizda parlament nazoratining yangi shakllarini joriy etishga sharoit yaratadi, parlament a’zolariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilish, uning natijalari bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish vakolatini beradi. Shuningdek, o‘zgartirish va qo‘shimchalar xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. Natijada partiya guruhlari mahalliy Kengashlar sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

 

G‘ulomjon SAPAYEV, O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi:

— Harakatlar strategiyasida yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi, eng avvalo, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasini izchil rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Bularning barchasi mamlakatimizda ishsizlik darajasini qisqartirishda dolzarb ahamiyatga ega masalalar hisoblanadi.

To‘g‘ri, bugungi kunga qadar ham aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha dasturlar qabul qilinib, muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Biroq zamon oldimizga qo‘yayotgan talablar bu boradagi ishlarimizni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Shunday ekan, bandlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kollej bitiruvchilarini o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish jarayonlarida oliy va mahalliy vakillik organlaridagi deputatlik birlashmalari faol ishtirok etishlari zarur.

Bu masalada, ayniqsa, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari tashabbuskor bo‘lishi talab etiladi. Ayniqsa, sessiya qarorlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamon dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

 

Ergashali ABDULLAYEV, O‘zbekiston XDP Namangan viloyat kengashi raisi o‘rinbosari:

— Harakatlar strategiyasida yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘tgan davrda yurtimizda uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi. Bugun esa bu tizimni yanada takomillashtirish, zamon talablari darajasiga ko‘tarish taqozo etilmoqda. Sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash prinsipial ahamiyatga egadir. Shuning uchun ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Ta’lim muassasalariga qatnash imkoniyatiga ega bo‘lmagan nogiron bolalar uchun inklyuziv ta’limning rivojlantirilishi, zamonaviy kasb-hunar markazlari tashkil etilishi partiyamiz dasturiy maqsadlariga har tomonlama muvofiqdir.

 


Nilufar YO‘LDOSHEVA, O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari:

— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturida yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirish masalalari alohida belgilab qo‘yilgan. Partiyamiz dasturida ham bu borada bir qator vazifalar belgilangan. Demak, biz ularning ijrosini ta’minlashda yanada faol bo‘lishimiz zarur. Uchrashuvlarda pensionerlar bilan ochiq, samimiy muloqot qilib, ularning hayotiy muammolarini hal etishga ko‘maklashishimiz talab etiladi. Zero, keksalar baxtli bo‘lsa, oila ham, jamiyat ham baxtiyor bo‘ladi.

Dasturda ko‘makka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda, «Muruvvat», «Saxovat» uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish tizimini takomillashtirish, yurtimizdagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga bepul sayohatlar uyushtirish masalalari ham nazarda tutildi.

Bu vazifalar zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Har bir partiya tashkiloti o‘z hududida yordamga muhtoj kishilar, nogironlar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotga ega bo‘lishi, mahalla institutlari bilan hamkorlikda ularning manfaatlari himoyasini kuchaytirishi lozim.

 

«O‘zbekiston ovozi» muxbirlari

Gulruh ODASHBOYEVA,

Toshtemir HUDOYQULOV,

Shahboz SAIDOV

yozib oldi.



DB query error.
Please try later.