O'zb  
 
10.12.2019

BYuROKRATIK TOSIQLARNI YaNADA QISQARTIRISh HAMDA DAVLAT ORGANLARI VA TAShKILOTLARI FAOLIYaTIGA ZAMONAVIY BOShQARUV TAMOYILLARINI JORIY QILISh ChORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar va aholini tashvishga solayotgan jiddiy muammolarni aniqlashning butunlay yangicha tizimining joriy etilishi qisqa vaqt ichida fuqarolarning davlat institutlariga ishonchi darajasining ortishiga va davlat xizmatchilari tomonidan oziga yuklatilgan ish sohasiga munosabati va mas’uliyatini tubdan ozgartirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, otkazilgan tahlillar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlarida (keyingi orinlarda – davlat organlari va tashkilotlari) eskirgan byurokratik usullarda ish yuritish, shu jumladan, hujjatlar aylanmasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish darajasining pastligi, qogozbozlik hajmining yuqoriligi, shuningdek, amaliy ahamiyatga ega bolmagan koplab yigilish va majlislar otkazish amaliyoti saqlanib qolayotganligini korsatdi.

Davlat tomonidan tartibga solish va davlat xizmatlarini korsatish sifatini yanada takomillashtirish, mamuriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, byurokratik tosiqlarni bartaraf etish hamda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bolinmalariga 1-ilovaga muvofiq otkazish;

b) 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagilarni nazarda tutuvchi funksiya va vakolatlarini chiqarib tashlash:

texnologik, ormon-melioratsiya, agrotexnik, gidrotexnik, sanitariya-texnik tadbirlarni kelishish;

buzilishi uchun mamuriy javobgarlik nazarda tutilgan, jamoat tartibini saqlash masalalari, agar ular Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksi bilan tartibga solinmagan bolsa, shuningdek, tabiiy ofat va epidemiyalar bilan kurashish masalalari boyicha qarorlar qabul qilish;

atmosfera havosini ifloslantirishning turgun manbalari tomonidan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish boyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablar buzilishi bilan bogliq faoliyatni cheklash, toxtatib turish va tugatish masalasida qaror qabul qilish;

ormonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, toxtatib turish va tugatish boyicha qaror qabul qilish;

bozor faoliyatini toxtatib turish boyicha qaror qabul qilish.

2. Belgilab qoyilsinki:

2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yol qoyilmaydi;

2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bolinmalari ortasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron korinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.

3. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyati boyicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida tuzish hamda 2021 yil 1 yanvarga kelib qogoz korinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni toldirishdan toliq voz kechish imkonini beradigan Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boyicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

Davlat organlari va tashkilotlari Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boyicha chora-tadbirlar rejasida nazarda tutiladigan muddatlarda hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini va uning tolaqonli ishlashini taminlasin.

Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.

4. Ozbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari va rahbarlarini belgilangan tartibda elektron raqamli imzolar bilan taminlasin.

5. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi PF5527-son Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi idoralararo kollegial organlarning faoliyati tahlil qilinganligi va samaradorligi baholanganligi, natijasiga kora ularni yanada qisqartirish va maqbullashtirish boyicha takliflar ishlab chiqilganligi malumot uchun qabul qilinsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Ozbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari bilan tuzilgan 3-ilovaga muvofiq royxat boyicha alohida idoralararo kollegial organlarning ayrimlari vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga otkazgan holda, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ularni tugatish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik
va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar mazkur qarorning
3-ilovasini amalga oshirishga qaratilgan tegishli tadbirlar amalga oshirilishini taminlasin va bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan otkazish va organish;

otkazilgan xatlov va organish natijalariga kora aniqlangan tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning dolzarb vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga otkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

8. Byurokratik tosiqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish boyicha Yol xaritasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

9. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi orinlarda Akademiya) ikki oy muddatda vaqtni togri tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish texnologiyalari (time management), byurokratiya, qogozbozlik va yigilishlar otkazish amaliyotini bekor qilish boyicha oquv dasturini ishlab chiqib, Akademiya va uning filiallarida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun kurslarni kelishilgan muddatlarda tashkil etsin.

10. Belgilansinki:

Akademiya va uning filiallaridagi oquv kurslari pullik asosda olib boriladi va ushbu kurslarda ishtirok etish tasdiqlangan kurslar grafigiga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun majburiydir;

Akademiya va uning filiallaridagi oquv kurslarida oqish bilan bogliq xarajatlar byudjetdan tashqari mablaglar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablaglar, shuningdek, xodimlari kurs tinglovchilari hisoblangan davlat organlari va tashkilotlarining mablaglari hisobidan qoplanadi.

11. Quyidagilarga:

fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur qaror talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda aniqlangan qoidabuzarliklarni keng yoritish;

Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini organish respublika markaziga davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ortasida mazkur qaror talablariga rioya qilish holati boyicha anonim sorovnomalar otkazish tavsiya etilsin.

12. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning tarkibiy bolinmalari davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini korsatish sohasida byurokratiyani, qogozbozlikni yanada qisqartirish boyicha aniq va asoslantirilgan takliflarni kiritgan holda mazkur qaror ijrosi boyicha tasirchan monitoring va tahlillar olib borsin.

13. Ozbekiston Milliy axborot agentligi va Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini yoritishga oid maqolalar va telekorsatuvlarni tashkil etsin.

14. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYoYeV

Toshkent shahri,

2019 yil 9 dekabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: