O'zb  
 
09.07.2019

OZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING YIGIRMA SAKKIZ YILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KORISH VA UNI OTKAZISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimiz tarixida ochmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli Ozbekiston otgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib orin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda.

Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro-etiborini yuksaltirish borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega bolgan vazifalar – aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy etibor va gamxorlik korsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham etirof etilmoqda.

Xalqimiz uchun eng ulug, eng aziz ayyom, erkin, obod va farovon hayot qurish yolidagi barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai bolgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini katta tayyorgarlik bilan kutib olish, bu qutlug sanani uning mohiyati va ahamiyatiga, xalqimizning fidokorona mehnati, ezgu orzu-intilishlariga munosib tarzda nishonlash maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda «Jonajon Ozbekistonim, mangu bol omon!» degan bosh goyani ozida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, manaviy-marifiy tadbirlar hamda targibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.

Ushbu dasturda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili davlat dasturi, Obod qishloq, Obod mahalla, Har bir oila tadbirkor, Yoshlar kelajagimiz, Besh ijobiy tashabbus kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning mano-mazmuni va ruhi mujassam etilishiga alohida etibor qaratilsin.

Ayniqsa, oxirgi yillarda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, jamiyatimiz qiyofasi butunlay ozgargani, bu ijobiy ozgarishlar yurtdoshlarimiz hayotida oz ifodasini topayotgani, xalqimizning turmush darajasini, ongu tafakkuri, bilim va madaniyatini oshirish boyicha qilingan ishlarni konkret dalil va misollar, chuqur ilmiy tahlillar va ekspertlik baholari orqali mamlakatimiz va xalqaro jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyatga egadir.

3. Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagishlab aholining keng qatlamlari ortasida marifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular boyicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali otkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va sanatkorlardan iborat targibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi taminlansin.

Bu tadbirlarni tashkil etishda mamlakatimizni modernizatsiya qilish, turli soha va tarmoqlarni liberallashtirish borasida qolga kiritilgan yutuq va natijalar bu yoldagi dastlabki qadamlar ekanini takidlagan holda, balandparvozlik, rasmiyatchilik va yuzakilik holatlariga yol qoymasdan, xolislik va haqqoniylik tamoyillari asosida ish olib borishga alohida etibor qaratilsin.

4. Respublika komissiyasi oz yigilishlarida belgilangan chora-tadbirlar mamlakatimiz poytaxti, viloyat va tumanlarida qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin.

5. Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida otkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boyicha yuksak mahorat va tajribaga ega bolgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, istedodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik sanati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ozbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaxshi qoshiq va musiqa asarlari uchun Yagonasan, muqaddas Vatan! respublika tanlovining yakuniy bosqichini otkazsin.

Tanlov goliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida elon qilinsin va taqdirlansin.

7. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Ozbekiston Badiiy akademiyasi, Tasviriy oyina ijodiy uyushmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Eng ulug, eng aziz, Ranglar jilosida ona diyor, Vatan uchun yashaylik! kabi ananaviy korik-tanlovlarni yuqori darajada otkazishni taminlasin.

8. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida Ozbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

9. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Dunyo axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019 yil 8 iyul


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: