O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
19.03.2019

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI FUQAROLARI UCHUN OZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KIRISH REJIMINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Ozbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari ortasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida:

1. 2019 yil 20 martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Ozbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin.

2. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozbekistonga ish yuzasidan keladigan Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolariga Ozbekiston Respublikasidagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etishi talabi bekor qilingan holda, bir yil muddatgacha bolgan kop martalik vizalarni Ozbekiston Respublikasining chet eldagi muassasalarida hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin.

3. Quyidagilar oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin:

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF–5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 yil 1 fevraldan boshlab fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bolgan mamlakatlar royxatining 32-bandi;

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi PQ3836-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 yil 1 iyuldan boshlab fuqarolariga Ozbekiston Respublikasiga vizasiz tranzit kirish, vaqtinchalik bolish va chiqish tartibi belgilangan mamlakatlar royxatining 62-bandi.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov va Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari A.A.Abduxakimov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019 yil 18 mart


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: