O'zb  
 
25.12.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING BAYROGI VA EMBLEMASI NAMUNALARINI TASDIQLASH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Ichki ishlar organlari birdamligini, xodimlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular tomonidan «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» xizmat burchi sozsiz bajarilishini ta’minlash, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar togrisida 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son qaroriga muvofiq:

1. Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrogi va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki, bayroq va emblemani tayyorlash, foydalanish va saqlash tartibi Ozbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 24 dekabr

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining
2018 yil 24 dekabrdagi PF-5602-son Farmoniga

1-ilova

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrogi

TAVSIFI

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bayrogi (keyingi orinlarda – bayroq) toq kulrang togriburchakli matodir.

Bayroqning old va orqa tomonlari markazida geraldik belgi Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi emblemasi tasvirlangan. Emblema diametri 98 santimetrli aylana ichiga chizilgan.

Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng.

Bayroq boshqa olchamlarda ham bolishi mumkin, biroq barcha holatlarda bayroqning kengligi va uzunligi 1:2 nisbatda bolishi shart.

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining
2018 yil 24 dekabrdagi PF-5602-son Farmoniga
2-ilova

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining geraldik belgisi emblemasi

TAVSIFI

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi geraldik belgisi emblemasi chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali toq kumush aylana korinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yol-yol chiziq tushirilgan.

Halqali chiziqning tepa qismida bronza rangli togri bosma harflarda lotin alifbosida OZBEKISTON RESPUBLIKASI, pastki qismida ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI sozlari yozilgan. Yozuvlar qatiyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan.

Aylana ortasida Amir Temur qoshinlari tomonidan foydalanilgan hamda ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi doirasimon qalqon tasvirlangan. Qalqon markazida doira ichiga chizilgan ongga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma bolib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon chetlari milliy ornament bilan bezatilgan.

Qalqon ortida tigi pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Shamshirlarning dastasi Ozbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikni ifodalovchi tortta hoshiyadan iborat.

Qalqon hoshiyasi grafit kulrang, shamshirlar kumushrangda.

Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi bolgan Humo qushi tasvirlangan. Bunday joylashuv mamlakatda tinchlik va osoyishtalik himoyalanganligini, ichki ishlar organlari xalq manfaatlariga xizmat qilishini ifodalaydi.

Geraldik belgi bir rangli (siluet) tasvirda bajarilishi mumkin.



DB query error.
Please try later.