O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
09.08.2018

NORMA IJODKORLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida (keyingi orinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yonaltirilgan qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Shu bilan birga, belgilangan keng kolamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi malum darajada otgan yillarda shakllangan qonunchilik bazasiga, shuningdek, norma ijodkorligi jarayoni sifatiga bogliq.

Ushbu yonalishda mavjud bolgan kamchiliklar turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tarqoq holda tartibga solish salbiy amaliyotining davom etishiga olib kelmoqda, bu esa huquqiy kolliziyalar, huquqni qollashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga kelishiga sabab bolmoqda.

Bugungi kun voqeligi tizimli muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirishni talab qiladi, ularning yechimlari yoqligi mamlakatda olib borilayotgan islohotlarda aks etmoqda. Biroq, bu borada qollanilayotgan norma ijodkorligi yondashuvi qonun hujjatlarining mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga tasirini baholash zaruriyatini hisobga olmayapti hamda jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda fuqarolarning hayoti va farovonligini yaxshilashga doir vazifalarga erishishni taminlamayapti.

Shu bilan birga, umumiy tusga ega bolgan qonunlar kopligi, shuningdek, ularni amalga oshirishning muayyan mexanizmisiz ayrim qarorlarning qabul qilinishi, umuman davlat va jamiyat rivojiga salbiy tasir korsatmoqda, ijtimoiy munosabatlarni asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solishga olib kelmoqda.

Tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taminlanishini takomillashtirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil royobga chiqarish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi orinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi orinlarda Amaliy chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagilar norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning asosiy yonalishlari etib belgilansin:

qonunchilik bazasini tizimlashtirish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish barqarorligini taminlash;

normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, shuningdek, ularning ijrosi monitoringini takomillashtirish;

norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

norma ijodkorligida «aqlli tartibga solish» modeli elementlarini qollash;

norma ijodkorligi faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish.

3. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasining quyidagi tartibni belgilash togrisidagi takliflari qabul qilinsin:

davlat organlari tomonidan qonunlarni, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ishlab chiqish hamda qabul qilish tashabbusiga faqatgina ushbu organlarning kotarilayotgan masalalar yoki muammolarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amaldagi normalar va mamuriy tartib-taomillar orqali hal qilish vakolati bolmagan taqdirda yol qoyiladi;

qonunlarni, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qollash, ular kuchga kirgan paytdan etiboran ijrosini tashkil etish yuzasidan qoshimcha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilishga doir majburiyatlar yuklatilmagan holda amalga oshiriladi;

qonunchilik tashabbusi huquqi subektlari qonun loyihasini Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish chogida unga, qoida tariqasida, qonun va qonunosti hujjatlarini takomillashtirish, tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish, shuningdek, qonun loyihasini keng kolamda tarqatish hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini targib qilish boyicha masalalarni oz ichiga olgan qonun loyihasini amalga oshirishga doir tadbirlar rejasini ilova qiladi. Bunda, tadbirlar rejasi qonun Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan maqullash bilan bir vaqtda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan uning ijrosi ustidan tasirchan nazoratni taminlagan holda tasdiqlanadi;

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida ular qabul qilinganidan keyin alohida tadbirlar va nazorat rejalarini, shuningdek, yol xaritalarini qoshimcha tarzda tasdiqlamagan holda aniq topshiriqlar va ularni amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi normalar, muddatlar va masul ijrochilar majburiy ravishda nazarda tutiladi;

yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish oxshash munosabatlarni tartibga soluvchi aynan bir xil yuridik kuchga ega hujjatni bekor qilish bilan bir vaqtda yoki unga taklif etiladigan ozgartishlar kiritish orqali, shu jumladan, uni yangi tahrirda bayon etgan holda amalga oshirilishi lozim.

4. Quyidagilarga:

a) Ozbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda uch oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, ularga ilova qilinayotgan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotini ishlab chiqish;

b) Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish hamda ularni manfaatdor idoralar bilan kelishish tartibini tasdiqlash;

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda ilgari faoliyat yuritgan Oliy xojalik sudi Plenumining qarorlarini xatlovdan otkazish hamda ularni tizimlashtirish, qonunchilikdagi ozgarishlarni, shuningdek, huquqni qollash amaliyotida noaniqliklar istisno etilishini taminlashni hisobga olgan holda ularni qayta tasdiqlash boyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish tavsiya etilsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 1 yanvardan etiboran quyidagilarni tugatish togrisidagi takliflari maqullansin:

davlat organlari va tashkilotlarining Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toplami, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari toplami va Ozbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toplamiga obuna bolish;

қ ҳ , , ҳ қ , қ Қ ҳ (www.lex.uz) ҳ , , - қ , , .

6. Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boyicha komissiya (keyingi orinlarda Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

7. Komissiya (N.Ismoilov):

a) Konsepsiya va Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni va belgilangan tartibda kiritishni taminlasin;

b) Konsepsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, ilmiy doiralar va xorijiy ekspertlarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot konferensiyalarini tashkil etsin;

v) bir oy muddatda qonunchilik bazasini toliq xatlovdan otkazish va normativ-huquqiy hujjatlarni quyidagilar asosida qayta korib chiqish boyicha takliflar kiritsin:

aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi (saylov tizimi, arxitektura va qurilish, talim, investitsiyalar, tadbirkorlik faoliyati va boshqalar) normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;

amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiq holda ijtimoiy munosabatlarni normativ-huquqiy hujjatlar bilan amaliy va samarali tartibga solish;

normativ-huquqiy hujjatlar darajasida mustahkamlash talab etiladigan yuqori yuridik kuchga ega normalarni belgilash;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish;

umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qollash amaliyotiga tasir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta korib chiqish;

asossiz cheklovlar, ortiqcha mamuriy tartib taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarining mavjudligi;

g) ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar normalarini yuqori yuridik kuchga ega bolgan qonun hujjatlariga otkazish va tartibga solish gilotinasi usulini qollash orqali qolgan hujjatlarni, shu jumladan, qonunchilikni tizimlashtirish doirasida har bir idoraning vakolatini bosqichma-bosqich kamaytirish va bekor qilishni nazarda tutuvchi, ular tomonidan qabul qilinayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning aniq royxatini belgilash boyicha taklif kiritsin.

d) ikki oy muddatda qonunchilikni tizimlashtirish jarayonida foydalanish maqsadida xalqaro tashkilotlarning taklif va tavsiyalari, korib chiqilishi zarur bolgan xalqaro shartnomalar talablari hamda majburiy tartibda rioya qilinishi kerak bolgan va xuquqiy bazadan chiqarib yuborilmaydigan talablar boyicha yagona ommabop royxatning shakllantirilishini taminlasin.

8. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar quyidagilarni taminlasin:

a) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish, bunda:

normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishish jarayonini boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan, masul idoralar, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan loyihalarga elektron korinishdagi viza qoyishni amalga oshirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korib chiqish va kelishish boyicha idoralararo elektron hamkorlikni, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayoni monitoring qilinishini taminlash;

loyihalarni jamoatchilik va kasbiy doirada muhokama qilish, shu jumladan, foyda, xarajat va kutilayotgan natijalar tahlilini hamda ularning jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlariga, ijtimoiy sohaga, tadbirkorlik faoliyatiga, atrof-muhit holatiga tasirini, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bolgan oqibatlarni baholash imkonini yaratish;

b) Ozbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi tizimini, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda modernizatsiya qilish:

milliy qonunchilikning mavzuli malumotnomasini takomillashtirish;

havolalar yoki muayyan boshliqlar mavjudligini korsatib bergan havolaki normalarga ega bolgan normativ-huquqiy xujjatlar togrisidagi malumotlarni qoshimcha axborot sifatida korsatish;

fuqarolar va tadbirkorlik subektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, shuningdek, chet el investorlari uchun muhim ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarning chet tillariga rasmiy tarjimasini taminlash.

Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qonun xujjatlarining tasirchanligini baholash tizimi portalining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi tarkibiy qismi sifatida unga integratsiya qilinishini taminlasin.

9. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi Fanlar akademiyasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 fevralga qadar muddatda ilmiy ekspert doiralari vakillari, oliy oquv yurtlari talabalari va ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar tomonidan ilmiy-tahliliy faoliyat asosida ishlab chiqilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni oz ichiga olgan onlayn ommabop axborot tizimini yaratsin va uni muntazam ravishda yangilab borsin.

10. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Konsepsiya va Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli va oz vaqtida tayyorlanishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring otkazilishini taminlasin;

har oyda Komissiyaga monitoring natijalari togrisida axborot kiritsin.

11. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti Amaliy chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda masul organlar va tashkilotlarga ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan komaklashsin.

12. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Komissiyaga norma ijodkorligi sohasida ilgor xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini va huquqni qollash amaliyotini, zarur hollarda, xorijiy (xalqaro) tashkilotlar vakillarini jalb etgan holda organishni tashkil etishga komaklashsin.

13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV



Toshkent shahri,

2018 yil 8 avgust



DB query error.
Please try later.