O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.06.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATINI YANADA TARTIBGA SOLISH HAMDA BOJXONA-TARIF JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Otgan davr mobaynida mamlakatda xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga integratsiyalashish va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boyicha izchil ishlar olib borildi.

Shu bilan birga, bojxona-tarif jihatdan tartibga solishning amaldagi tizimi raqobatning bozor prinsiplari rivojlanishini ragbatlantirmayapti. Xususan, olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona tolovlarini tolash boyicha haddan tashqari keng imtiyozlar berilishi tarif jihatdan samarali tartibga solish imkonini bermayapti, vaholanki, shaxsiy preferensiyalar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun teng bolmagan raqobat sharoitlarini yaratmoqda.

Raqobatbardosh ishlab chiqarishni ragbatlantirishga, soglom raqobat muhitini qollab-quvvatlashga, yuqori qoshilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini ragbatlantirishga, ichki bozorni sifatli istemol mahsulotlari bilan taminlashga qaratilgan bojxona-tarif jihatdan tartibga solishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida:

1. Quyidagilar bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy prinsiplari etib belgilansin:

boj tariflarining tartibga solish funksiyalarini iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning qoshilgan qiymat global zanjiriga uygun integratsiyalashuvga yonaltirilgan ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda kuchaytirish;

tashqi iqtisodiy faoliyatni tarif jihatdan tartibga solish tizimini ilgor xorijiy tajribani, xalqaro prinsiplar va normalarni inobatga olgan holda takomillashtirish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilarni respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoxud yetarli bolmagan hajmda ishlab chiqariladigan hamda eksportga yonaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va materiallar bilan taminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalarni olib kirish uchun qulay shart-sharoitlarni taminlashni saqlash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qayta jihozlash, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini yanada jadallashtirish;

bojxona rasmiylashtiruvi chogida turi, maqsadi, xususiyati va tarkibi boyicha oxshash, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi boyicha yaqin bolgan tovarlarni bojxona tolovlarining pastroq stavkalari qollaniladigan pozitsiyaga tasniflash holatlarini bartaraf etish maqsadida ushbu tovarlarga bojxona tolovlari stavkalarini unifikatsiya qilish;

aksiz soligiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligi stavkalarini unifikatsiya qilish, uni inson sogligi va atrof-muhit uchun zararli bolgan tovarlarga nisbatan qollash.

2. Quyidagilar:

import bojxona bojlari stavkalari 1-ilovaga muvofiq;

Ozbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz soligiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligi stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, ushbu band bilan tasdiqlanayotgan stavkalar 2019 yil 1 yanvardan etiboran amalga kiritiladi.

3. 2018 yil 1 sentabrdan etiboran shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:

chegara bojxona postlarida bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratini otkazish chogida veterinar, fitosanitar, ekologik va sanitar-epidemiologik nazorat ham amalga oshiriladi;

Ozbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga azo davlatlarning akkreditatsiyadan otgan organlari tomonidan muvofiqlik sertifikatlari berilgan tovarlarga nisbatan muvofiqlikka majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish talab etilmaydi;

tovarlarning «erkin muomalaga chiqarish (import)» rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni davlat tilida majburiy markirovka qilish talab etilmaydi;

bojxona ombori rejimida olti oydan kop bolgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi chogida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan bojxona tolovlari yuzasidan taqdim etilgan imtiyozlar qollanilmaydi.

4. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

a) 2018 yil 1 sentabrga qadar muddatda:

respublikaga tovarlar olib kirishda bojxona tolovlari boyicha imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan takliflar kiritilishini;

tovarlarni realizatsiya qilishning qulayligini taminlash uchun chegara hududlarda savdo majmualarini tashkil etish boyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini;

Ozbekiston Respublikasi Davlat bojxona qomitasining veb-saytida tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakati rejimini tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bolgan hujjatlar, har bir tovarga mos ravishda bojxona bojlari stavkalari, ushbu hujjatlarni beruvchi organlar togrisidagi batafsil axborotni, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun boshqa malumotlarni real vaqt rejimida bepul asosda olish imkonini beradigan Integratsiyalashgan tarif interaktiv xizmati joriy etilishini;

b) ikki oy muddatda:

Integratsiyalashgan tarif interaktiv xizmati orqali taqdim etiladigan axborotning, jumladan, sanitar-karantin, fitosanitar va veterinar nazorati boyicha, ruxsatnoma berish xususiyatiga ega bolgan boshqa hujjatlar togrisidagi talablarning toliq royxati;

Integratsiyalashgan tarif interaktiv xizmati orqali taqdim etiladigan axborotni oz vaqtida yangilab borish boyicha tegishli vazirlik va idoralarning ushbu axborotni oz vaqtida yangilab bormaganligi hamda sifatsiz yangilab borganligi uchun javobgarligini nazarda tutgan holda texnologik yoriqnoma ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;

v) Integratsiyalashgan tarif interaktiv xizmatining uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini taminlasin.

5. Belgilansinki, tadbirkorlik subektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogida davlat organlariga Integratsiyalashgan tarif interaktiv xizmatida nazarda tutilmagan malumot va hujjatlarni talab etish man etiladi.

6. Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi Bosh prokuratura bilan birgalikda xojalik yurituvchi subektlarning narx-navo yuzasidan ozaro til biriktirish holatlarini hamda soglom raqobatni cheklaydigan kelishilgan harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlari samaradorligini oshirish boyicha chora-tadbirlar korsin.

7. Quyidagilar 2019 yil 1 yanvardan etiboran oz kuchini yoqotgan deb topilsin:

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentabrdagi Ozbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari togrisidagi PQ—3303-son qarori;

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari togrisidagi

PQ3454-son qarorining 122-ilovasi.

8. Ozbekiston Respublikasi Davlat bojxona qomitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov va Ozbekiston Respublikasi Davlat bojxona qomitasi raisi M.B.Azimov zimmasiga yuklansin.



Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV



Toshkent shahri,

2018 yil 29 iyun


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: