O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.06.2018

OZBEKISTONDA SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTINING XALQ DIPLOMATIYASI MARKAZI TASHKIL ETILISHINI DAVLAT TOMONIDAN QOLLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2017 yil 9 iyunda Ostona shahrida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi yigilishida Ozbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va takliflarni amalga oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan har tomonlama foydalanish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dostona aloqalar qomitasi (keyingi orinlarda — Qomita), Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Yoshlar ittifoqi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasining ular muassisligida nodavlat notijorat tashkiloti korinishidagi muassasa shaklida Ozbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazini (keyingi orinlarda Markaz) tashkil etish togrisidagi takliflariga rozilik berilsin, quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yonalishlari etib belgilansin:

ShHT mamlakatlari ortasida ozaro ishonch va yaxshi qoshnichilikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirishga komaklashish;

ShHT mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda, delegatsiyalarning ozaro tashriflarini uyushtirishda ishtirok etish;

ShHT mamlakatlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari ortasida dostona hamkorlik muhitini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

ShHT mamlakatlari ortasida axborot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga komaklashish, axborot resurslarini shakllantirish hamda ShHTning maqsadlari, vazifalari, faoliyatining ustuvor yonalishlari va asosiy prinsiplarini keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, ShHT mamlakatlarining madaniy-gumanitar sohada erishgan yutuqlari togrisida axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va ularni muntazam chop etib borish;

ShHT mamlakatlari va ularning xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, ozaro ishonch va yaxshi qoshnichilik ruhini mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan foydalanish.

2. Malumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

davlat subsidiyalari, ijtimoiy buyurtmalar va ijtimoiy sheriklik doirasida ajratiladigan grantlar;

texnikaviy komaklashish vositalari, xalqaro va xorijiy hukumat, nohukumat tashkilotlari, tijorat banklari hamda boshqa tashkilotlarning Markaz faoliyatini qollab-quvvatlashga ajratadigan grantlari;

yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

3. Markazga:

oz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlaridan zarur statistik va tahliliy axborotni talab qilish va bepul olish;

ilmiy, madaniy, manaviy-marifiy tadbirlarni otkazish uchun davlat mulki bolmish majlislar zali va konsert zallaridan (ana shu zallar oz tasarrufida bolgan subektlar bilan kelishilgan jadval boyicha) bepul foydalanish huquqi berilsin.

4. Qomita:

Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Markaz faoliyatini moddiy-texnik va axborot jihatdan taminlash, shuningdek, Markaz tadbirlarida ishtirok etish uchun xorijiy ekspertlarni taklif qilish maqsadida texnikaviy komaklashish vositalarini va grantlarni jalb etish masalalarini ShHT hamda boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan puxta ishlab chiqishda Markazga yordam korsatsin;

Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi va Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda ShHT mamalakatlari ortasida madaniy-gumanitar, sport hamda boshqa aloqalarni yolga qoyish va rivojlantirishda madaniyat, sport, turizm va OAV sohasidagi tadbirlarni tashkil qilishda Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi va Milliy teleradiokompaniya Markazga yordam bersin.

5. Markazga ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish boyicha «yol xaritasi»ni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.

6. Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Milliy teleradiokompaniya, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari majlislar zali va boshqa mulkdan vaqtincha foydalanish uchun ularni bepul taqdim etish orqali madaniy, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish va otkazishda Markazga yordam bersinlar.

7. Markaz Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur kochasi, 45-uyda ijara haqi nol stavka boyicha joylashtirilsin.

8. Moliya vazirligi:

2018 yilda Qomitaga Markaz joylashadigan bino qismini mukammal tamirlash va jihozlash uchun Ozbekiston Respublikasi davlat byudjeti parametrlari doirasida;

Markazga xodimlar mehnatiga haq tolash uchun Tashqi ishlar vazirligi xodimlari uchun belgilangan normativlarga muvofiq zarur mablaglar ajratilishini taminlasin.

9. Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Markazning zarur zamonaviy kompyuterlar, tashkiliy texnika, mebel va anjomlar bilan jihozlanishini taminlasin.

10. Ozbekiston Respublikaasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazning telefon aloqasi va internet tarmogiga ulanishini ornatilgan tartibda taminlasin.

11. Ozbekiston matbuot va axborot agentligi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan birgalikda Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona fondiga hamda chet ellardagi litsenziyalangan yetakchi axborot-kutubxona resurslarining fondlariga doimiy elektron boglanishini taminlasin.

12. Ozavtosanoat AJga Lasetti rusumli 1 dona yangi avtotransport vositasini Markazga xayriya ionasi sifatida topshirish tavsiya qilinsin.

13. Adliya vazirligi bir hafta muddatda Markaz qonunchilikda ornatilgan tartibda davlat royxatiga olinishini taminlasin.

14. Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga binoan, Markaz tomonidan otkaziladigan tadbirlarga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigimlari undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taminlasin.

15. Ichki ishlar vazirligi Markaz buyurtmanomalariga binoan, Markazda ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik royxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda taminlasin.

16. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Ozbekiston Milliy axborot agentligi Markaz faoliyatining maqsad va vazifalarini aholi ortasida, shu jumladan, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, jumladan, internet tarmogida keng yoritilishini taminlasin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 26 iyun


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: