O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.06.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILA INSTITUTINI MUSTAHKAMLASH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ozbekistonda oilani rivojlantirishga global darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi doirasida qaraladi.

Shu bilan birga, ushbu sohada davlat siyosatini muvaffaqiyatli olib borishni toxtatib turuvchi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar oila institutini mustahkamlash sohasidagi islohotlarni toliq royobga chiqarishga va belgilangan maqsadlarga erishishga tosqinlik qilmoqda. Chunonchi:

birinchidan, tegishli idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilishning ta’sirchan tizimi mavjud emas, oilani rivojlantirish masalalari boyicha davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektor hamkorligi past darajada;

ikkinchidan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ixtisosligi tor, hozirgi hayot voqeligidan uzilib qolgan, ilmiy tadqiqotlar natijalari amaliyotga sust joriy etilmoqda;

uchinchidan, oilaning demografik rivojlanishida ozgarishlar yuz bermoqda, oila ajralishlari soni osmoqda, mazkur sohada salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini asoslovchi tadqiqotlar yetishmayapti;

tortinchidan, oilada, talim muassasalarida madaniy-tarixiy meros salohiyatidan sust foydalanilmoqda, milliy mentalitetimizga yot bolgan goya va qarashlar tasirining oldini olish borasidagi ishlar samarasiz;

beshinchidan, oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari mukammal emas, huquqni qollash amaliyotini va ilgor xorij amaliyotini organish asosida oilani himoya qilish va qollab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos mavjud emas;

oltinchidan, mutaxassislar yetishmaydi va kadrlar malakasi past darajada, talim tizimida mutaxassislarga bolgan ehtiyojni prognozlashtirish mexanizmi yolga qoyilmagan, oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish boyicha oquv dasturlari mukammal emas.

Oila institutini takomillashtirish boyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu jarayonda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning yaqin hamkorligini hamda faol rolini taminlash maqsadida, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi PF—5325-son Farmoniga muvofiq:

1. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan oila jamiyatning asosiy bogini hamda jamiyat va davlat muhofazasida bolish huquqiga ega ekanligi malumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar Ozbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash boyicha asosiy yonalishlar etib belgilansin:

oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;

demografik rivojlanishni ragbatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish;

oilaning tarbiyaviy-talim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda ananaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda manaviy-axloqiy muhitni yaxshilash;

oilalarga tasirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam korsatishning samarali tizimini yaratish.

3. Quyidagilar:

Ozbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi (keyingi orinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;

Ozbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish boyicha Yol xaritasi (keyingi orinlarda Yol xaritasi deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari Yol xaritasida nazarda tutilgan tadbirlar sifatli hamda toliq bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoyilsin.

4. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi orinlarda Oila markazi deb yuritiladi):

Konsepsiya va Yol xaritasini amalga oshirish jarayonining samarali muvofiqlashtirilishi hamda tizimli monitoringi, ularning ijrosi togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berilishini taminlasin;

Konsepsiya va Yol xaritasini amalga oshirishga bagishlangan axborot-tahliliy sharhlarni aniq korsatkich va natijalarni korsatgan holda muntazam ravishda tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida elon qilib borilishi choralarini korsin;

zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, xalqaro tashkilotlar vakillarini, xorijiy ekspertlarni Konsepsiya va Yol xaritasini amalga oshirishda ishtirok etishga, shuningdek, oila institutini mustahkamlash boyicha dolzarb masalalarni muhokama qilishga jalb qilsin.

5. Oila markazi, Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Ozbekiston yoshlar ittifoqi va keng jamoatchilikning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentabrdagi A/RES/47/237-son rezolyutsiyasi bilan elon qilingan Xalqaro oila kunini respublikaning barcha hududlarida har yili nishonlash togrisidagi taklifi maqullansin.

Oila markazi respublikada 2019 yilda va keyingi yillarda Xalqaro oila kunini nishonlash togrisidagi Hukumat farmoyishi loyihasini 2018 yil 1 sentabrga qadar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda muntazam ravishda sport va madaniy tadbirlarni tashkil qilsin hamda ularni Xalqaro oila kuni arafasida otkazishga alohida etibor qaratsin.

7. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad, vazifalari va Konsepsiyaning amalga oshirilishini yoritib borish boyicha maqolalar elon qilinishini va mavzuga oid korsatuvlar efirga uzatilishini tashkil qilsin.

8. Oila markazi Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi raisi T.K.Norboyeva, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D.G.Toshmuhamedova zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 27 iyun


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: