O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
21.06.2018

Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Otgan davr mobaynida respublikada yolgiz keksalar, pensionerlar, nogironligi bolgan shaxslar va imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam berishni tashkil etishning ta’sirchan tizimi shakllantirildi.

Faqatgina 2017 yilda 11 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, 15 ming nafar yolgiz keksalar, pensionerlar va nogironligi bolgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy yordam bilan qamrab olindi, qariyb 21 ming nafar nogironligi bolgan shaxslar reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan taminlandi, 35 ming nafar shaxslar sanatoriyalarda soglomlashtirish kurslaridan otdi, 20 ming nafardan ziyod shaxsga reabilitatsiya xizmatlari korsatildi.

Shu bilan birga, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi ularga nogironligi bolgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilishni kengaytirishga, ilgor tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya uslublarini joriy qilishga imkon bermayapti.

Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishda qollanilayotgan texnologiyalar jismonan hamda manan eskirgan, ushbu sohada yetarli darajada innovatsion texnologiyalar joriy etilmayapti va ilmiy-tadqiqotlarni qollab-quvvatlash rivojlantirilmayapti.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish sifati va samaradorligini oshirish, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi «Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi PF–5270-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida:

1. Quyidagilar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yonalishlari etib belgilansin:

tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish va reabilitatsiya choralarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishning zamonaviy uslublarini joriy etish orqali aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilish boyicha ularning imkoniyatlarini kengaytirish;

tibbiy-ijtimoiy muassasalar va oquv-mehnat ustaxonalarini zamonaviy diagnostika qilish, davolash, sport uskunalari va texnik vositalar bilan jihozlash;

mahalliy ishlab chiqariladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining sifatini yaxshilash hamda ularning turlarini kengaytirish;

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini

ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini taminlaydigan kuchli ilmiy

hamda metodologik bazani yaratish;

tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish sohasida ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishning xalqaro standartlarini keng joriy etish.

2. Quyidagilar:

2018-2022 yillarda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatishni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish boyicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi orinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;

2018-2022 yillarda Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishning asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. 2021 yil 1 yanvarga qadar muddatga:

korxonalar boshayotgan mablaglarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ularga servis xizmati korsatish, ehtiyot qismlarni xarid qilish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishga, shuningdek, korxonaning protezchi mutaxassislarini oqitish (tayyorlash, qayta tayyorlash) va malakasini oshirishga maqsadli yonaltirgan holda, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining ishlab chiqarilgan hajmi boyicha yagona soliq tolovi va davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalardan (yagona ijtimoiy tolovdan tashqari);

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari belgilangan tartibda shakllantiriladigan royxatlar boyicha Ozbekiston Respublikasiga olib kiriladigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, instrumentlar va priborlar, kompyuter hamda diagnostika uskunalari bojxona tolovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigimidan tashqari) ozod qilinsin.

4. Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi, Ozstandart agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

mahalliy ishlab chiqariladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari turlarini kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash masalalarini organsin, shuningdek, loyihalarning keyinchalik respublikada, jumladan, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilishini taminlasin;

Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy korxonalarni, chet el investitsiyalarini, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat jamgarmalari va tashkilotlarining grantlari, kreditlari hamda maqsadli mablaglarini jalb qilish boyicha zarur chora-tadbirlarni korsin.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligiga mazkur band bilan yuklatilgan vazifalarni bajarishda toliq komaklashsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ularga servis xizmati korsatish, ehtiyot qismlarni xarid qilish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, protezchi mutaxassislarni oqitish (tayyorlash, qayta tayyorlash) va ularning malakasini oshirish uchun Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boyicha kredit berish tavsiya etilsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi Kompleks chora-tadbirlarning oz vaqtida ijro etilishi ustidan tanqidiy tahlil va tasirchan nazorat olib borilishini taminlasin, bunda quyidagi ustuvor vazifalarning bajarilishiga alohida etibor qaratsin:

nogironligi bolgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish samaradorligi va natijadorligini oshirish, Muruvvat va Saxovat internat uylari tizimini yanada rivojlantirish;

tibbiy-ijtimoiy muassasalarning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilish boyicha imkoniyatlarini kengaytirish;

ishlab chiqarilayotgan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining sifatini yaxshilash va ularning turlarini kengaytirish.

7. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-2022 yillarda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatishni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish boyicha hududiy kompleks chora-tadbirlarni ularning ijro muddatlari, masul ijrochilari, shuningdek, moliyalashtirish manbalarini aniq korsatgan holda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.

8. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi:

Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tegishli davrlar uchun loyihalar portfellarini ishlab chiqishda ularda shakllantiriladigan Ozbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlariga keyinchalik loyihalarni kiritish uchun byudjet mablaglari hisobiga ajratiladigan markazlashtirilgan investitsiyalar limitlari doirasida amalga oshiriladigan, mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini nazarda tutsin;

Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan birgalikda protezchi mutaxassislarga bolgan ehtiyojni organsin hamda 2019/2020 oquv yilidan boshlab orta maxsus, kasb-hunar va oliy malumotli protezchi mutaxassislarni tayyorlash boyicha taklif kiritsin;

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror ijrosining borishi togrisidagi axborotning har chorakda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taminlasin.

9. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogliqni saqlash vazirligi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash tadbirlarini moliyalashtirishning amaldagi tartibi tanqidiy qayta korib chiqilishini taminlasin hamda mazkur sohada ortiqcha tartib-taomillarni chiqarib tashlash, ishlarning shaffofligini taminlash va sifatini yanada oshirish boyicha aniq takliflarni kiritsin.

10. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi PQ2705-son qarorida:

2-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

6 va 7-bandlari, shuningdek, 2-ilovasi oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov, Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 20 iyun


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: