O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
21.06.2018

DORI VOSITALARINI DAVLAT ROYXATIDAN OTKAZISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA AHOLINI ULAR BILAN TAMINLASHNI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Songgi yillarda sogliqni saqlashning va farmatsevtika tarmogini boshqarishning yangi tizimini shakllantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakat aholisini sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash Ozbekiston Respublikasi sogliqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yonalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu bilan birga, olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishga, korsatilayotgan tibbiy yordam sifatini va aholi sogligining korsatkichlarini oshirishga tosqinlik qilayotgan muayyan muammolar hanuzgacha hal qilinmasdan qolmoqda.

Xususan, dori vositalarini, jumladan, ularni ishlab chiqarish va qollashga yuqori talablar qoyilgan mamlakatlarda tayyorlangan dori vositalarini davlat royxatidan otkazish tizimi haddan tashqari murakkabligicha qolmoqda, bu esa samarasiz dori vositalarining olib kirilishiga sabab bolmoqda.

Mamlakatda ijtimoiy dorixonalarning keng tarmogini yaratish, shuningdek, farmatsevtika bozorida davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish va shaffof raqobatni ornatish zarurati ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qatiy narxlarda sotish tartibini qayta korib chiqishni taqozo etmoqda.

Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va Ozbekiston farmatsevtika bozorining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining:

ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qatiy narxlarda sotish togrisidagi talabni bekor qilish;

davlat royxatidan otkazish uchun yuqori tartibga soluvchi talablar qoyilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan, dori vositalarini, jumladan, dori moddalari (substansiyalar) va dori preparatlari (keyingi orinlarda dori vositalari deb ataladi)ni davlat royxatidan otkazish natijalarini tan olish tartibini 2018 yil 1 avgustdan joriy etish togrisidagi takliflari maqullansin.

2. Belgilab qoyilsinki:

a) ijtimoiy dorixonalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish ularning sotib olish qiymati yoki ulgurji narxiga 10 foiz cheklangan savdo ustamasi qollanilgan holda amalga oshiriladi;

b) yuqori tartibga soluvchi talablar qoyilgan mamlakatlarda royxatdan otkazilgan dori vositalarini royxatdan otkazish natijalarini tan olish:

xavfsizligi, sifati va samaradorligi boyicha shubha uygotmaydigan dori vositalarini davlat royxatidan otkazish uchun masul bolgan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlarni tabaqalashtirish asosida;

davlat royxatidan otkazish natijalari Ozbekiston Respublikasida tan olinadigan dori vositalarini yuqori tartibga soluvchi talablar qoyilgan mamlakatlarning tibbiyot amaliyotida qollashga ruxsat etilgan taqdirda amalga oshiriladi;

v) mazkur Farmonning 1-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartib qollaniladigan dori vositalari ushbu vositalarning xavfsizligi, sifati va samaradorligini aniqlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi hududida davlat royxatidan otkazilishida ekspertiza qilinmaydi.

3. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi «Farmatsevtika tarmogini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi PF–5229-son Farmonining 11-bandi oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

4. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi:

a) ilgor xalqaro amaliyotni organish asosida bir oy muddatda asosiy kasalliklarning diagnostika va davolash standartlari, klinik protokollari qayta korib chiqilishini hamda har chorakda Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining royxati qayta korib chiqilishini taminlasin;

b) Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2018 yil 20 iyulga qadar muddatda tanqidiy organish otkazib:

yuqori tartibga soluvchi talablar qoyilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan, dori vositalarini davlat royxatidan otkazish natijalarini tan olish tartibini belgilash;

dori vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga, davlat royxatidan otkazilishi va realizatsiya qilinishiga talablarni takomillashtirish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini tartibga soluvchi boshqa masalalar boyicha takliflar kiritsin;

v) Bosh prokuratura va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2018 yil 1 dekabrga qadar muddatda mamlakatda royxatdan otkazilgan dori vositalarini yuqori tartibga soluvchi talablar qoyilgan mamlakatlarda qollashga taqiq mavjudligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilsin, bunday taqiqlarni joriy etishning sabab va shart-sharoitlarini organsin hamda Ozbekiston Respublikasi hududida ular kelgusida qollanilishining maqsadga muvofiqligi togrisida takliflar kiritsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2018 yil 20 iyulga qadar muddatda:

dori vositalarini davlat royxatidan otkazish natijalari Ozbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar royxatini tasdiqlash uchun;

qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan ozgartish

va qoshimchalar togrisidagi takliflarni kiritsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sadikov, Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov va Ozbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vaziri A.K.Shadmanov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 20 iyun


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: