O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
12.06.2018

AHOLINING IJTIMOIY ZAIF QATLAMI BANDLIGINI TAMINLASHNI RAGBATLANTIRISHNING TASHKILIY CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish istagi bolgan past daromadli oilalarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash boyicha amaliy choralar korilmoqda.

Xususan, ogir ijtimoiy-maishiy sharoitlarda yashovchi oilalar arzon uy-joy bilan ta’minlanmoqda, ularga tibbiy xizmatlarni olishda, maishiy texnikalar va uy hayvonlarini sotib olishda begaraz yordamlar korsatilib kelinmoqda hamda nogironligi bolgan shaxslar uchun mahsulot va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va ularning bandligini taminlayotgan tashkilotlarga soliq va kredit imtiyozlari tizimi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, otkazilgan tahlillar nogironligi bolgan shaxslarning jamoat birlashmalari va tadbirkorlik subektlarining aholining ijtimoiy zaif qatlamini, jumladan, nogironligi bolgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish imkoniyatlaridan toliq foydalanilmayotganini korsatmoqda.

Aholining ijtimoiy zaif qatlami farovonligini oshirish, ularning turmush darajasini yaxshilash, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi «Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi PF–5270-son Farmoniga asosan nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yonalishlarini amalga oshirish maqsadida:

1. 2018 yil 1 avgustdan boshlab 1-ilovaga muvofiq alohida toifadagi tadbirkorlik subektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar berilsin:

xaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki obektlarini nol xarid qiymatida sotish boyicha otkaziladigan tanlov savdolari natijalariga kora tanlov savdolarining boshqa ishtirokchilari bilan uning takliflari ortasida teng sharoitlar yuzaga kelgan hollarda bitimni tuzish boyicha ustuvorlik huquqi;

davlat mulki obekti uchun ijara tolovini ushbu obektga nisbatan eng kam ijara tolovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash.

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qomitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni qollash tartibini ishlab chiqsin va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda ornatilgan tartibda tasdiqlasin.

2. Tijorat banklariga 1-ilovada korsatilgan alohida toifadagi tadbirkorlik subektlariga:

aylanma mablagini toldirish uchun uch oylik imtiyozli davr bilan 18 oygacha muddatga;

asbob-uskunalar va sarflash materiallari xarid qilish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qollab-quvvatlash davlat jamgarmasi ushbu bandda nazarda tutilgan kreditlar boyicha foizlarni tolash uchun kompensatsiya hamda majburiyatlar taminoti yuzasidan kafillik berishni taminlasin.

3. Shunday tartib ornatilsinki, unga kora 2018 yil 1 avgustdan boshlab shtatdagi xodimlarining 50 foizi nogironligi bolgan shaxslardan tashkil topgan nogironligi bolgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalari jami xodimlarining mehnatiga haq tolash fondi uchun yagona ijtimoiy tolov stavkasi 4,7 foiz miqdorda belgilanadi va yagona ijtimoiy tolov summasi ornatilgan tartibda taqsimlanadi.

4. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ilgor xorijiy tajriba va milliy amaliyotni chuqur organish asosida ijtimoiy tadbirkorlik subektlarini aniqlashning tartibi va mezonlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va faoliyati erkinligi kafolatlarini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi:

Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda uch oy muddatda nogironligi bolgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun barcha texnik va tibbiy-ijtimoiy imkoniyatlarni inobatga olgan holda homiylar va homiylik oluvchilarni boglaydigan, eng avvalo, homiylar yordamiga va qollab-quvvatlashiga ota muhtoj kishilar haqidagi maqolalar hamda malumotlar joylashtiriladigan maxsus veb-portal yaratish togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

Ozbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda nogironligi bolgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar togrisida, shuningdek, nogironligi boyicha hech qanday kamsitishga yol qoymaslik, nogironligi bolgan shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishdagi teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.

6. Ozbekiston nogironlar jamiyati, Ozbekiston kozi ojizlar jamiyati, Ozbekiston karlar jamiyati (keyingi orinlarda jamoat birlashmalari deb yuritiladi)ning ularning korxonalari tasarrufidagi ishlab chiqarish obektlaridan samarali foydalanilishi va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanishni kompleks organish boyicha takliflari qabul qilinsin.

Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

bir hafta muddatda respublikaning har bir hududi kesimida 2-ilovaga muvofiq jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni kompleks organish boyicha ishchi guruhlar tashkil etsin;

bir hafta muddatda jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni organish jadvalini ularning har bir tuman (shahar) dagi soni hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin;

2018 yil 1 avgustga qadar ishchi guruhlar tomonidan jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni organilishini hamda ular tomonidan zaruratga kora aniqlangan muammolarni hal etish choralari korilishini taminlasin;

2018 yil 1 sentabrga qadar organishlar natijasi boyicha jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obektlari holatini yaxshilash va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish boyicha aniq chora-tadbirlardan iborat Yol xaritasini tasdiqlash uchun Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun hamda mohiyati keng yoritilishini va aholi hamda tadbirkorlik subektlariga yetkazilishini taminlasin.

8. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 11 iyun


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: