O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
31.05.2018

ISTIQBOLLI BOSHQARUV KADRLARINI TANLOV ASOSIDA TANLAB OLISHNING ZAMONAVIY TIZIMINI YARATISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Otgan davr mobaynida davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq va boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash boyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, yuqori malakali boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirishga ijobiy ta’sir korsatgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati isloh qilindi, shuningdek, Akademiya huzurida mamlakatimizning istiqbolli yosh mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va malakasini oshiradigan Yoshlar muammolarini organish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda davlat hokimiyatini yanada demokratlashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taminlash, fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning tasirchan mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tanlab olish va tayyorlash, ularning zaxirasini shakllantirish tizimini, jumladan, bu borada zamonaviy yondashuvni ishlab chiqish orqali takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini taminlash, shuningdek, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi orinlarda — davlat tashkilotlari) tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga komaklashish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boyicha Taraqqiyot respublika tanlovini (keyingi orinlarda tanlov) otkazish togrisidagi taklifi maqullansin.

2. Quyidagilar:

Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boyicha Taraqqiyot respublika tanlovini otkazishni tashkil etish boyicha respublika komissiyasi (keyingi orinlarda Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boyicha Taraqqiyot respublika tanlovini tashkil etish va otkazish tartibi togrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:

tanlovda tayanch oliy malumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bolgan (45 yosh ham qoshilgan holda) Ozbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin;

Respublika komissiyasi tanlovni otkazish bilan bogliq tadbirlarga vazirlik va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, shuningdek, yetakchi olim va mutaxassislarni, jumladan, xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etish huquqiga ega;

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi orinlarda Akademiya) Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;

tanlovning xolisona va shaffof otkazilishi, shuningdek, nomzodlarning sifatli va xolisona tanlab olinishi, qoyiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik Respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi.

4. Belgilab qoyilsinki:

davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va ortacha oylik ish haqi saqlab qolinadi;

tanlov goliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti tolanadi. Bunda tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi;

tanlov goliblari Akademiya hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-talim markazi bazasida tegishli sohaga oid vazirliklar, idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislar hamda olimlar ishtirokida otkaziladigan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka otashni oz ichiga oladigan Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boyicha Prezident dasturiga muvofiq uch oylik kurslarda oqiydilar;

tanlov goliblari Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boyicha Prezident dasturiga muvofiq uch oylik kurslarni otagandan keyin tegishli yonalishlar boyicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi;

tanlov goliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash yuzasidan chora-tadbirlarni korish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat boyicha kotarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devonining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi.

5. Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Akademiya bilan birgalikda ikki oy muddatda:

talabgorlarni royxatdan otkazish, ishtirokchilarning sorovnomalarini korib chiqish, test va boshqa tanlov sinovlarini otkazish, shuningdek, ularning natijalarini taqdim etish imkoniyatlariga ega bolgan tanlovning maxsus veb-portalini yaratishni;

axborot tizimlari, resurslari, malumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va otkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlashni taminlasin.

6. Quyidagilar tanlovni otkazishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

tanlov otkazishni tashkil etish qismida Akademiyaga xarajatlar smetasi boyicha ajratiladigan byudjet mablaglari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablaglari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

tanlov goliblari uchun Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boyicha Prezident dasturiga muvofiq uch oylik oquv kurslarini otkazish qismida Akademiyaga xarajatlar smetasi boyicha ajratiladigan byudjet mablaglari va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgarmasidan Korporativ boshqaruv ilmiy-talim markaziga ajratiladigan mablaglar;

tanlov goliblari va final bosqichi ishtirokchilariga bir martalik pul mukofotini tolash qismida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgarmasi mablaglari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

tanlov goliblarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar boyicha stajirovka otashi qismida Innovatsion rivojlanish va novatorlik goyalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi mablaglari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablaglari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

tanlovning maxsus veb-portalini yaratish, axborot tizimlari, resurslari, malumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va otkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash qismida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

7. Innovatsion rivojlanish vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Akademiya bilan birgalikda tanlovni otkazish doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablaglarini jalb etish choralarini korsin.

8. Taraqqiyot strategiyasi markaziga:

tanlov otkazilishi ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish va uni yanada takomillashtirish boyicha tavsiyalar ishlab chiqishni;

tanlov yakunlariga bagishlangan axborot-tahliliy sharhlarning davlat, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi va elon qilinishini, shuningdek, keng tarqatilishini taminlash tavsiya etilsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda tanlovni otkazish yakunlari yuzasidan tanlov doirasida istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish tizimini takomillashtirish, jumladan, talabgorlarga qoyiladigan zamonaviy talablarni joriy etish boyicha Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taklif kiritsin.

10. Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Davlat tashkilotlarida bosh lavozimlarni toldirish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini tanlovning final bosqichi ishtirokchilari orasidan shakllantirish tartibi togrisidagi nizom loyihasini;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga tanlovni otkazish bilan bogliq tadbirlarni, shuningdek, uning natijalarini keng yoritish, jumladan, mavzuga oid maqolalar, turkum telekorsatuv va radioeshittirishlar tashkil etish tavsiya qilinsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R.S.Kasimov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 30 may


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: