O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
01.03.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq tolashni takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga

SHARH

Mamlakatimiz Prezidentining tashabbusi bilan hozirda uzluksiz talim tizimining muhim bogini bolgan maktabgacha talim sohasini rivojlantirish va faoliyatini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan keng kolamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Davlat maktabgacha talim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq tolashni takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorini etirof etishimiz mumkin.

Takidlash joizki, otgan yillar mobaynida maktabgacha talim tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlarning, maktabgacha talim muassasasidagi talim-tarbiyaga masul xodimlarning mehnatini ragbatlantirishga yetarli darajada etibor qaratilmagan.

Masalan, 1993 yilga qadar maktabgacha talim muassasalarining tarbiyachisi va umumtalim maktablarining boshlangich sinf oqituvchisi mehnatiga haq tolash miqdori bir xil bolgan bolsa, Hukumatning alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumtalim maktablari pedagog xodimlari mehnatiga haq tolash miqdorlari bir necha marta oshirilgani holda maktabgacha talim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari ozgarishsiz qoldirilganligi hisobiga ularning ortacha ish haqi miqdori umumtalim maktabining boshlangich sinf oqituvchisiga nisbatan 60 foizni tashkil etadi, xolos.

Bu esa, oz navbatida, maktabgacha talim muassasalari pedagog xodimlari istedodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon bolmasligiga hamda muassasaning pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maktabgacha talim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq tolashni takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori aynan maktabgacha talim sohasida yuqorida qayd etilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan. Mazkur qaror bilan maktabgacha talim muassasalari ayrim xodimlarining ish haqi tolovlarini quyidagi miqdorlarda 2 ta bosqichda oshirish kozda tutilgan:

1. 2018 yil 1 martdan — mudir, tarbiyachi, uslubchi, oqituvchi, defektolog, psixolog, musiqa rahbari va tarbiyachi yordamchisi 30 foizga;

2. 2018 yil 1 sentabrdan:

oliy malumotga ega bolgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi, oqituvchi, defektolog, psixolog 30 foizga;

oliy yoki orta maxsus, kasb-hunar pedagogik malumotga ega bolgan tarbiyachi yordamchisi 20 foizga;

maktabgacha talim muassasasi mudiri 10 foizga.

Buning natijasida davlat maktabgacha talim muassasalarida mehnat qilayotgan jami 93555 nafar xodim, shundan 4908 nafar mudir, 3924 nafar oliy malumotli tarbiyachi, 39523 nafar orta maxsus malumotli tarbiyachi, 673 nafar metodist, 3765 nafar defektolog, 1450 nafar psixolog, 33259 nafar tarbiyachi yordamchisi va 7503 nafar musiqa rahbarining ish haqlari sezilarli darajada oshiriladi.

Ushbu qarorda 2018 yil sentabr oyidan boshlab oliy malumotga ega bolgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq tolashning bazaviy tarif stavkalari miqdori umumtalim maktablari boshlangich sinflari oqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qoyilgan.

Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha talim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi aholi turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog va Guzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakol, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqorgon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha talim muassasalarida 2023 yilning 1 yanvarigacha ota-onalar badal tolovi miqdorini 50 foizga kamaytirish nazarda tutilgan.

Hukumatimiz tomonidan maktabgacha talim tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning moddiy jihatdan qollab-quvvatlanishi hamda qishloq hududlarda bogchalar uchun ota-onalar tolovining keskin pasaytirilishi maktabgacha yoshdagi bolalarni bogchalarga qamrab olish darajasini oshirishga hamda maktabgacha talim muassasalarida talim-tarbiya sifati va samaradorligini taminlashga xizmat qiladi.



DB query error.
Please try later.