O'zb  
 
06.02.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ozbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boyicha qoshimcha tashkiliy chora-tadbirlar togrisida»gi Farmoniga

SHARH

Ozbekiston Respublikasi boy ma’naviy-madaniy merosga, turli-tuman tarixiy-arxeologik obyektlarga, qulay tabiiy-iqlim sharoitiga va kop tarmoqli ijtimoiy infratuzilmaga ega bolib, bu esa turizmning turli shakllarini ildam rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Qisqa vaqt ichida respublikada turistik sohani rivojlantirish boyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Ozbekistonning turizm salohiyatini kompleks ravishda rivojlantirishga yonaltirilgan 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, ular oz navbatida turizm sohasidagi yangi davlat siyosatiga asos boldi, turizm sohasidagi subyektlarga ahamiyatli tarzda soliq va bojxona imtiyozlari va afzalliklarini berdi.

Shu bilan bir qatorda, sohada bir qator hal etilmagan masalalar mavjudligi, shu jumladan xorijiy fuqarolar uchun viza va pasport rejimini liberallashtirish ishlari sekin olib borilayotganligi, ular uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish imkoniyati mavjud emasligi, boy ichki va ziyorat turizmlari salohiyatidan sust foydalanilganligi, investitsiyalar, xususan, xorijiy investitsiyalar sekin jalb etilayotganligi sababli turizm infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yetarlicha tatbiq etilmayotganligi sohaning rivojlanishiga tosqinlik qilmoqda.

Qayd etib otilgan masalalarni hal qilish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boyicha qoshimcha tashkiliy chora-tadbirlar togrisidagi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonda Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, Ozbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining azolari uchun Ozbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan etiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanishi kozda tutilgan.

Shuningdek, Yevropa ittifoqi, Sharqiy Osiyoning bir qator davlatlari va Yaqin Sharq mamlakatlarining, hamda Hindiston Respublikasi, Kanada, Yangi Zelandiya, Amerika Qoshma Shtatlari kabi 39 ta mamlakat fuqarolari uchun Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoxud Ozbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni kozda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning 2018 yil 10 fevraldan etiboran soddalashtirilgan tartibi kiritildi.

Mamlakatning turistik, madaniy, tabiiy va sport salohiyatini targib qilish boyicha ishlarni yanada faollashtirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi huzuridagi Milliy turizm mahsulotini targib qilish markazi DUK Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi huzuridagi Milliy PR-markazi DUK sifatida qayta tashkil etildi hamda unga respublikaning turizm salohiyatini targib qilishni tashkil etish boyicha vazifalar yuklatildi.

Shu bilan birga, 2018 yilning 1 iyulidan etiboran bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun elektron kirish vizalarini berish tizimi joriy etiladi.

Farmon qabul qilinishi bilan respublikada Ozbekiston boylab sayohat qil! nomi ostida mamlakat boylab tanishtiruv sayohatlari va turlarini tashkillashtirishning keng miqyosli dasturi ishga tushirilmoqda, uning doirasida bir millionga yaqin fuqarolarimiz, shu jumladan oquv muassasalarining oquvchilari va talabalari, nogiron bolalar va kam taminlangan oilalar farzandlari, ishchilar, nafaqaxorlar, mahalla faollari, ayollar va aholining boshqa qatlamlari ham mamlakat boylab sayohat qilish imkoniga ega boladilar.

Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qollab-quvvatlash maqsadida mehmonxonalar, ular boyidagi yol, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish boyicha investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun turizm sohasi tadbirkorlik subyektlariga kredit mablaglarini ajratish maqsadida Ozbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasining kredit liniyalarini ochish nazarda tutilgan.

Asosiy faoliyati tematik xiyobonlar xizmatlarini tashkillashtirishdan iborat bolgan yuridik shaxslar tematik istirohat boglarini foydalanishga topshirish sanasidan boshlab 3 yil muddatga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi, yer soligi va mol-mulk soligini hamda yagona soliq tolovini tolashdan ozod etiladi.

Shuningdek, tematik xiyobonlar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun tematik xiyobonlar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari tomonidan 2022 yil 1 yanvargacha olib kirilayotgan jihozlar, texnika, xom ashyo, butlovchi buyumlar va zaxira qismlari va qurilish materiallari va Ozbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan boshqa materiallar bojxona tolovlaridan ozod etiladi.

Bundan tashqari, turizm sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari respublika hududiga olib kirilayotgan turistik toifadagi transport vositalari hamda kanat yoli, tog-changi kotargichlar, funikulyorlar va boshqa shunga oxshash obyekt va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun jihozlar, mexanizmlar va zaxira qismlari, shuningdek, havo sharlari, aerostatlar, kvadrotsikllar va motorli qayiqlar uchun 2022 yil 1 yanvargacha bojxona tolovlaridan ozod etiladi.

Farmon bilan Qoraqalpogiston Respublikasida royxatga olingan litsenziyaga ega bolgan turizm operatorlariga istisno tariqasida ekstremal turlarni tashkil qilish uchun olib kirilayotgan dvigateli hajmi 2,4 l. dan kam bolmagan yuqori otish qobiliyatiga ega bolgan transport vositalariga avtotransport vositalarini royxatga olish boyicha alohida davlat raqami seriyasini tatbiq etgan holda va ulardan faqatgina Qoraqalpogiston Respublikasi hududida foydalanish sharti bilan 5 yil muddatga bolib-bolib tolash orqali amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida boj tolovlarini tolashga ruxsat etiladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini turizm sohasiga jadal tatbiq etish maqsadida Farmon bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

2018 yilning 1 yanvaridan etiboran turizm mahsulotlarini sotish va/yoki turizm xizmatlarini onlayn bronlash boyicha xizmat korsatuvchi xojalik yurituvchi subyektlarga elektron tolovlar, bronlash, ekvayring va boshqa elektron xizmatlarni tatbiq qilish, shuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi ixtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yolga qoyishni ragbatlantirishga yonaltirilgan soliq imtiyozlarini taqdim qilish;

jamoat joylarida Internet tarmogiga simsiz bepul ulanish hududlari (Wi-Fi) bilan jihozlagan operatorlar, provayderlar va boshqa xojalik yurituvchi subyektlarga foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlash bilan birgalikda tegishli sifatdagi ulanishni taminlash boyicha majburiyat qoyildi;

oz hududida Internet tarmogiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) ornatgan xojalik yurituvchi subyektlarga tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yonaltirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish;

Internet tarmogiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xojalik yurituvchi subyektlarga bunday hududlar tashkil etilgan joyda begaraz asosda 18 kv.m.dan ortiq bolmagan maydondagi reklama banneri yoki romlarini ornatish huquqini taqdim etish.

Tunu-kun namoyish etiladigan Dunyo Boylab telekanali Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasining ichki turizm, dam olishning faol turlari va sport turizmini rivojlantirish, madaniy meros obyektlari va tabiiy boyliklar, shu jumladan qoriqlanadigan tabiat hududlarini saqlash va ulardan foydalanish boyicha otkaziladigan tadbirlarni yoritish masalalari boyicha axborot hamkori sifatida belgilandi.

Farmonda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi ichki va ziyorat turizmlarini jadal rivojlantirish va ularning boy salohiyatidan har tomonlama foydalanish uchun yanada qulay sharoitlar yaratadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: