O'zb  
 
19.12.2017

Ozbekiston Respublikasining rivojlanish Davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish maqsadida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur sohadagi faoliyatning samaradorligiga, eng avvalo, mavjud resurslardan nooqilona foydalanish, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va rentabelligi yuzaki organilganligi bilan bogliq qator kamchiliklar salbiy ta’sir korsatmoqda.

Amaldagi resurslarni, shuningdek, investitsiyalar, eng avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning real imkoniyatlarini inobatga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyasi mavjud emas. Buning oqibatida iqtisodiy jihatdan istiqbolli bolmagan loyihalarni tashabbus qilish, moliyaviy mablaglarni samarasiz sarflash holatlari mavjud bolib, bu oxir-oqibatda, umuman, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirishga olib keladi.

Mazkur holatlar investitsiya dasturlarini shakllantirish tartibi, uni moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan qayta korib chiqishni, amalga oshirishga taklif etilgan loyihalarni tanlab olishning shaffofligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi.

Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish, loyihalarni moliyalashtirish va tanlab olishning samaradorligi va shaffofligini taminlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining:

markazlashtirilgan manbalar mablaglari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boyicha loyihalarni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Ozbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari (keyingi orinlarda rivojlanish davlat dasturlari deb yuritiladi) asosida amalga oshirish tartibini joriy etish;

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ozbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgarmasini (keyingi orinlarda Jamgarma deb yuritiladi) tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.

2. Belgilab qoyilsinki:

rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari belgilangan loyihalarni moliyalashtirish faqat Jamgarma orqali amalga oshiriladi;

Jamgarma mablaglari Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlarda jamlanadi;

Jamgarmaning ijro etuvchi organi va mablaglarining tasarruf etuvchisi Jamgarmaning ijro etuvchi direksiyasi hisoblanadi;

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Jamgarmaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi;

Jamgarmaning ijro etuvchi direktori va uning xodimlari mehnatiga haq tolash shartlari Jamgarma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

3. Quyidagilar Jamgarma mablaglarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat byudjetdan tashqari jamgarmalarning rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun moljallangan mablaglari;

Ozbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasining rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablaglari;

Ozbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bilan jalb etiladigan chet el kreditlari;

Ozbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgilanadigan boshqa manbalar.

4. Quyidagilar:

Ozbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi togrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Jamgarma Kuzatuv kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Belgilab qoyilsinki:

rivojlanish davlat dasturlari tegishli rivojlanish konsepsiyasini hisobga olgan holda tasdiqlanadigan, uzoq muddatli istiqbolda, qoida tariqasida, 10-15 yilda Ozbekiston Respublikasining tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yonalishlarini amalga oshirish boyicha kompleks korinishni va strategik vazifalarni jamlagan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfeli asosida shakllantiriladi;

rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish boyicha ishlarni muvofiqlashtirish Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining boshchiligida amalga oshiriladi;

rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun moljallangan nomarkazlashtirilgan investitsiyalar Jamgarmada hisobga olinadi;

rivojlanish davlat dasturlarini tasdiqlash Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ular boyicha ijobiy xulosasi bolgan hollardagina amalga oshiriladi;

markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni rivojlanish davlat dasturlariga kiritish Jamgarma Kuzatuv kengashining ijobiy qarori bolgan hollardagina amalga oshiriladi;

rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining kreditlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va biznes-rejalari puxta va har tomonlama organilgandan song, shuningdek, tijorat banki kredit qomitasining ijobiy qarori mavjud bolgan hollarda taqdim etiladi.

6. Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boyicha ishlarni tashkil etish uchun zarur bolgan malumotlar bazalari va boshqa axborotlar taqdim etilishini taminlasin.

7. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgarma faoliyatini tashkil etish togrisida Hukumat qarori loyihasini;

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarning loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan otkazish va tasdiqlashni, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning vazifa va shtat birliklarini optimallashtirish orqali Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tizimida mazkur hujjatlar va import kontraktlarining kompleks ekspertizasini amalga oshirish uchun masul bolgan maxsus tuzilmani tashkil etishni nazarda tutuvchi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgarmaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini moliyalashtirishga mablaglarni 2018 yil 1 yanvardan asoslantirilgan hisob-kitoblar boyicha ajratsin hamda har yili Ozbekiston Respublikasining Davlat byudjeti xarajatlarida nazarda tutsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentabrdagi «Kapital qurilishda xojalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi 395-son qarorida:

3-bandning tortinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

4-ilova oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisidagi takliflarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari S.R.Xolmurodov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sadikov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 18 dekabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: