O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
16.12.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ozbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga

SHARH

Yurtimiz azaldan islom ilm-fani va madaniyati markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Imom Buxoriy, Burhoniddin Marginoniy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Muhammad Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargoniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy singari koplab mutafakkirlarimizning boqiy nomi va boy merosi nafaqat mintaqamizning manaviy rivojida, ayni vaqtda jahon sivilizatsiyasi tarixida muhim orin tutadi.

Ozbekistonda diniy talim tizimi ozining qadim va olmas ananalariga ega. Masalan, orta asrlardayoq Buxoro ozining madrasalari va ulamolari bilan shuhrat qozonib, haqli ravishda Islom olamining quvvati unvoniga sazovor bolgan. Samarqand va Buxoroda Mirzo Ulugbek qurdirgan madrasalar orta asrlarning universitetlari vazifasini bajargan.

Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda diniy va milliy qadriyatlarimiz tola tiklandi. Ulug ajdodlarimizning xotiralariga munosib ehtirom korsatilib, ular qoldirgan boy ilmiy-manaviy merosni organish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ayni vaqtda ajdodlarimizning diniy-marifiy merosini yanada teran organish va tahlil qilish, ularning ilmiy ananalarini munosib davom ettirish bugungi avlod oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi.

Bugun shiddat bilan ozgarib borayotgan globallashuv davrida dunyoda muqaddas islom dini ahkomlarini notogri talqin qilish, ularni soxtalashtirish yoli bilan turli fitna va buzgunchiliklar sodir etish holatlari kuzatilayotgani hech kimga sir emas. Bunday murakkab vaziyat dinimizning sofligini saqlash, uning tinchlik va insonparvarlikdan iborat asl mohiyatini aholi va, ayniqsa, yoshlarga yetkazishga qodir, yuqori darajada ilmiy va diniy salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlashni taqozo qilmoqda.

Bugungi kunda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan Toshkent islom instituti va Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasida 366 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularga ilm orgatayotgan 87 nafar oqituvchidan 12 nafari fan nomzodi va 38 nafari fan magistri ilmiy darajasiga ega. Orta maxsus islom bilim yurtlarida esa jami 1071 talabaga 246 nafar pedagog dars bermoqda. Ulardan 12 nafari fan nomzodi va 33 nafari magistrlik ilmiy darajasiga ega. Ushbu ilmiy darajalar uchun himoya qilingan dissertatsiyalarning mavzulari bevosita islom dini ilmlari yonalishida bolmay, ilmiy izlanishlar asosan yondosh sohalarda olib borilganini takidlash zarur.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 1 sentabrida Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasida davlat, jamoat va yoshlar tashkilotlari, diniy soha vakillari bilan uchrashuvida diniy talim tizimini tahliliy organib chiqish va zamon talablari asosida takomillashtirish, yuqori ilmiy tayyorgarlikka ega mutaxassislarni tayyorlashni yolga qoyish maqsadida Ozbekiston Islom akademiyasini tuzish boyicha vazifalar belgilab berilgan edi.

Buyuk mutafakkir ajdodlarimiz asos solgan ilmiy maktablar va yonalishlar davomiyligini taminlash, oliy va orta maxsus diniy talim oquv yurtlari, ilmiy tadqiqotlar markazlarini yuqori ilmiy saviya va malakaga ega mutaxassislar bilan taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ozbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Ozbekiston musulmonlari idorasi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti taklifiga asosan Ozbekiston Islom akademiyasi tashkil etilmoqda.

Mamlakatimizdagi amaldagi qonunchilik va dunyoviy mamlakatlar qonunchiligini etiborga olgan holda tuzilayotgan mazkur akademiya nodavlat oliy diniy talim muassasasi maqomida faoliyat olib boradi.

Akademiya huzurida magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish, islomshunoslik fanlari magistri, falsafa doktori va islomshunoslik fanlari doktori ilmiy darajalarini berish boyicha Ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyati yolga qoyiladi.

Akademiyaning tashkil qilinishi yurtimizda islom dini nazariyasini chuqur egallagan, buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy-marifiy merosini teran organgan, diniy va dunyoviy ilmlar, xorijiy tillarni puxta ozlashtirgan har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlash imkonini yaratadi.

Akademiyada mashgulotlar otkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayoniga Ozbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, Ozbekiston Milliy universitetining professorlari, fan doktorlari va nomzodlari, shuningdek, xorijiy davlatlaridan islomshunos olim va mutaxassislar jalb etiladi.

Ozbekiston Islom akademiyasi huzurida magistratura (2 yil), tayanch doktorantura (3 yil) va doktorantura (3 yil) faoliyat yuritadi. Oqish va ilmiy mashgulotlar kontrakt-grant asosida tashkil qilinadi. Mustaqil tadqiqotchilar uchun masofadan oqish, tadqiqot ishlarini mustaqil olib borish imkoniyati yaratiladi, xorijdan doktorantlar va tadqiqotchilar oqish va amaliyotga shartnoma asosida qabul qilinadi.

Akademiyada olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida Ozbekiston Islom ensiklopediyasi, buyuk ajdodlarimiz togrisida ilmiy-ommabop adabiyotlar, ilmiy-marifiy kitoblar yaratiladi, ilmiy jurnal chop etiladi.

Ozbekiston Islom akademiyasining tashkil qilinishi oliy diniy talim tizimini yanada takomillashtirish, diniy oquv yurtlarida talim sifatini oshirish va zamon talablariga javob beradigan yuqori ilmiy saviyali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: